Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabuslari bilan davlatimiz mis va



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/27
tarix13.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#129608
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Farrux dis

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


31 
II BOB “YOSHLIK-1” KONIDA BURGʻILASH-PORTLATISH ISHLARI 
 .1. Kon sha oitida u ilash-portlatish ishlarini qoʻllash sharoitlari va 
texnologiyasi 
Qazib olish jarayonlarida kon jinslarining holati turli ta‘sirlar (zarba, 
surilish, zichlanish va boshqalar) natijasida oʻzgaradi. 
Ochiq usulda kon qazish ishlarining obyekti sifatida kon jinslarini 
tavsiflovchi fizik-texnik xususiyatlarni ularning zichlik, gʻovakdorlik, namlik, turli 
ta‘sirlarga chidamlilik, tirnovchanlik, yopishqoqlik, moʻrtlik, turgʻunlik, koʻpchish 
(maydalanganda hajmining koʻpayishi) kabi qator koʻrsatkichlar tashkil qiladi. 
Konlarni ochiq usulda qazib olishda barcha kon jinslari quyidagi guruhlarga 
boʻlinadi: buzilmagan (tegilmagan), qoyasimon (qattiq), yarimqoyasimon (tabiiy 
holatda), buzilgan (tabiiy yoki sun‘iy ta‘sirda), yumshoq va sochilma. 
Kon jinslarning qaysi guruhga mansub ekanligi asosida ulami qazib 
olishning turli usullaridan foydalaniladi. 
Namligi 3-5% boʻlib, 50 MPa dan ortiq bosim ostida ezilganda buzilishi 
mumkin boʻlgan qattiq kon jinslari qoyasimon jinslar guruhini tashkil qiladi. 
Magmatik, metamorfik (kvartsilar, granitlar, bazaltlar, gabbro va boshqalar), 
shuningdek, ba‘zi choʻkindi jinslar (pishiq ohaktoshlar, qumtoshlar, qumtoshli 
slaneslar, konglomeratlar va boshqalar) qoyasimon jinslar hisoblanadi. 
Namligi 3-5 % boyigan jins boʻlagining 20-50 MPa bosim oraligʻida bir oʻq 
yoʻnalishi boʻyicha siqilganda buzilishga koʻrsatadigan nisbiy qarshilikka ega 
jinslar yarim qoyasimon jinslar guruhini tashkil qiladi. Bularga nuragan magmatik, 
metamorfik va tub choʻkindi jinslar (glinalar, qumtosh-glinali slaneslar, glinali va 
ohaktoshli qumtoshlar, gemotitlar, rudalar, mergellar, rakushka-ohaktoshlar, pishiq 
qoʻngʻir koʻmir, argellitlar, alevrolitlar. gips, tosh tuz va boshqalar) kiradi. 
Qoyasimon va yarimqoyasimon jinslarni qazib-yuklash va tashish ishlarini 
mavjud texnik vositalar yordamida bajarish uchun jins massivlarini portlatish yoki 
mexanik usulda oldindan maydalab olish zarur boʻladi. 
Maydalangan jinslaming maydalanish sifati bo
ʻl
akdorlik va boʻlaklar 
oʻrtasidagi bogʻliqlik bilan tavsiflanadi. 


32 
Maydalangan jinslaming boʻlakdorligi yuqori darajadagi aniqlikda boʻlaklar 
oʻrtacha oʻlchami (d
oʻr
) bilan baholanishi mumkin. 
Maydalangan jinslar boʻlakdorlik boʻyicha besh kategoriyaga boʻlinadi. 
1. Juda maydalangan jinslar – d
oʻr 
<10 sm (eng yirik boʻlaklarning oʻlchami 40 - 
60 sm). 
2. Mayda maydalangan jinslar – d
oʻr
= 15
25 sm (eng yirik boʻlaklarning oʻlchami 
60-400 sm). 
3. O‗rtacha maydalangan jinslar - d
oʻr
=25
35 sm (eng yirik boʻlaklarning 
oʻlchami 100 - 140 sm). 
4. Yirik maydalangan jinslar – d
oʻr
= 40 
60 sm (eng yirik boʻlaklarning oʻlchami 
150-200 sm). 
5. Juda yirik maydalangan jinslar – d
oʻr 
= 70 
90 sm (eng yirik boʻlaklarning 
oʻlchami 250-300 sm). 
Kon jinslarini buzilishga boʻlgan qarshiligini baholash uchun akademik V.V. 
Rjevskiy jinslarning buzilish qiyinligi koʻrsatkichini tavsiya etgan va bu 
koʻrsatkich quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: 

)
(2.1) 
bunda 
 jinslarning darzdorlik darajasini hisobga oluvchi koeffitsiyent; 
y-jinslarning tabiiy holatdagi zichligi, gr/sm
3

,-jinslarni 
qisilishga, surilishga va choʻzilishga koʻrsatadigan nisbiy qarshiligi, Pa. 
Jinslar buzilish qiyinligi koʻrsatkichi boʻyicha besh sinfga boiinadi, har bir 
sinf esa besh kategoriyadan tashkil topadi. 
I-sinf - yarimqoyasimon, pishiq va boʻlaklari oʻzaro bogʻliq boʻlgan l

kategoriyalarni tashkil qiluvchi yumshoq jinslar (
). 
II-sinf-6
10 kategoriyalarni tashkil qiluvchi oson buziladigan qoyasimon 
jinslar (
5,1-5 10). 
III-sinf - oʻrtacha buzilish qiyinligiga ega boʻlgan qoyasimon jinslar bolib, 
11
15 kategoriyani tashkil qiladi ( 
). 
IV-sinf – 16
20 kategoriyalarga mansub qiyin buziladigan qoyasimon 


33 
jinslar (
). 
V-sinf-21
25 kategoriyalarni tashkil qiluvchi juda qiyin buziladigan 
qoyasimon jinslar (
). 
Buzilish qiyinligi koʻrsatkichi 
>25 boʻlgan jinslar konchilik amaliyotida 
juda kam uchraydi. 
Kon jinslarini qazishga tayyorlash keyingi jarayonlarni (kon massasini qazib 
olib transport vositalariga yuklash, qabul punktlariga tashish, otval xosil qilish, 
qayta ishlash va boshqalar) bajarish uchun qulay sharoit va texnologik 
imkoniyatlar yaratish maqsadida amalga oshiriladi[2.2.4]. 
Kon jinslarini qazishga tayyorlash turli usullarda bajarilishi mumkin. 
«Yoshlik-1» koni rudalari oʻrtacha buzilish qiyinligiga ega boʻlgan qoyasimon 
jinslar bolib, tog jinslarining qattiqlik darajasi 14-16 ni tashkil etadi. Shu sababli 
«Yoshlik-1» koni tog jinslari burg ilab-portlatish usuli orqali qazib olishga 
tayyorlanadi. 
Burgʻilab-portlatish usuli qattiq qoyasimon jinslarni qazishga tayyorlashda 
keng qoʻllaniladi. Bu usulda qazishga tayyorlangan kon jinsi boʻlaklarining chiziq 
boʻyicha maksimal 
oʻlchami 
qazib 
yuklash 
va tashish 
vositalarining 
koʻrsatkichlariga mos kelishi zarur. Jins boʻlaklarining maksimal oʻlchami 
quyidagicha boʻlishi talab etiladi: 

bir choʻmichli ekskavatorlar uchun -

avto va temiryoʻl transporti uchun - 

konveyer transporti uchun - l
max
< 0,5B
l
 - 0,1; 

maydalash uskunasi (tegirmon) uchun - l
max
 5-0,75-.B; 
bunda Q- ekskavator choʻmichining hajmi, m
3
;
Q -avtoagʻdargich yoki dumpkar (vagon) kuzovi hajmi, m
3
;
B
t
konveyer tasmasi kengligi, m; 
В - maydalagich qabul qilish panjarasi kengligi, m. 
Yuqorida keltirilgan (talab etiladigan) oʻlchamlardan katta boʻlgan kon 
jinslari boʻlaklari negabarit deyiladi va ulami qayta (ikkilamchi) maydalash lozim 


34 
boʻladi[2.2.4]. «Yoshlik-1» koni hududida yirik oʻlchamli togʻ jinslarning 
oʻlchami hozirgi kunda 70-150 sm ni tashkil qiladi va bu ikkilamchi maydalashga 
boʻlgan ehtiyojni yanada oshiradi. 
Yirik oʻlchamli togʻ jinslari chiqishi 1.5 – 2% dan oshmasligi kerak. Yirik 
oʻlchamli togʻ jinslarini maydalash ishlari ustquyma zaryadlar yoki gidromolotkali 
ekskavatorlar yordamida amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin