48
Qozon zaryadlari usulida burgʻilash jarayonida xosil boʻlgan
maxsus
oʻyiqlarga (qozonlarga) joylashtirilgan konsentratsiyalangan zaryadlar uzilmali
yoki yaxlit zaryadlanib portlatish amalga oshiriladi.
Qozonli zaryadlash usulidan
foydalanilganda portlashdan keyingi yirik oʻlchamli togʻ jinslarini chiqishi
ehtimoli kam boʻladi va bu oʻz navbatida qoʻshimcha burgʻilash
portlatish
ishlariga boʻlgan talabni kamaytiradi[2.2.5].
Qozonli zaryad bilan skvajina zaryadini kombinatsiyalashtirish orqali portlash
samaradorligini bir necha barobarga yaxshilash mumkin. Bunda qozonli zaryad
portlaganda xosil boʻladigan energiyani skvajinali zaryaddan
chiqadigan energiya
orqali toʻgʻri yoʻnaltira olish yetarli. Bu kombinatsiyalashgan zaryadlar
portlatishidagi detonatsiya vaqtini shunday aniqlik
bilan tanlay bilish kerakki,
shundagina portlatish ishlari samaradorligi portlashdan keyin chiqadigan togʻ
jinslari oʻlchamiga qarab baho berish mumkin[2.2.7].