42
II bob boʻyicha xulosalar
1. «Yoshlik-1» koni rudalari oʻrtacha buzilish qiyinligiga ega boʻlgan
qoyasimon jinslardan iborat boʻlib, tog jinslarining qattiqlik darajasi 14-16 ni
tashkil etadi. Shu sababli Yoshlik -1 koni tog jinslari
burg ilab-portlatish usuli
orqali qazib olishga tayyorlanadi.
«Yoshlik-1» konida togʻ jinslarini burgʻilash uchun SBSH-250 MNA 32
burgʻilash dastgohidan foydalaniladi. Konda burgʻilangan
skvajinalarni diametri
ni tashkil qiladi Ushbu burg ilash stanogining 2022-
yil holati
boʻyicha soni 12 tani tashkil qilmoqda. Kon murakkab kon geologik va qoyali togʻ
jinslaridan iborat boʻlib pogʻonalarni balandligi 15-20 m gacha hattoki ba‘zi
pogʻonalar balandligi 25mgacha ham yetadi. Konda portlatish ishlaridan soʻng
yirik oʻlchamli togʻ jinslari chiqishi 1.5-2 % yirik oʻlchamli togʻ
jinslarini
maydalash ishlari quyma zaryadlar yoki gidromolotkali
ekskavatorlar metodi
orqali amalga oshiriladi.
«Yoshlik-1» konida togʻ jinslari darzdorligi darajasi boʻyicha 3 ta
kategoriyaga ajratilgan:
I-kategoriya – oson portlovchi jinslar;
II-kategoriya - oʻrtacha portlovchi jinslar;
III-kategoriya – qiyin portlovchi jinslar.
2. «Yoshlik-1» koni sharoitida portlatish ishlari koʻrsatgichlari quyidagicha:
bitta skvajinadagi portlovchi modda 767 kg, zaryad kolonkasining uzunligi 13 m,
bitta skvajina portlaganda chiqadigan kon massasi hajmi 936 m
3
,
bir haftada
portlatish uchun talab etiladigan portlovchi modda miqdori 23456 kg.
«Yoshlik-1» konida portlatish ishlari kombinatning portlovchi moddalarlarni
ishlab chiqaruvchi maxsus sexi tomonidan ishlab chiqariladigan 30, 50 va 60
markali Emulsion portlovchi moddasi orqali amalga oshiriladi.
Portlovchi modda
uncha katta boʻlmagan miqdordagi dizel yoqilg isi, olien kislotasi,suvli ammiak va
shisha mikrosferalari bilan ammiak silitrasining aralashmasidan tashkil topgan.