Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabuslari bilan davlatimiz mis va



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/27
tarix13.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#129608
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27
Farrux dis

2.2-rasm. 
Skvajina zaryad konstruksiyalari
a - yaxlit joylashtirilgan;b - uzilmali joylashtirilgan
Skvajina ostki qismiga joylashtirilgan yaxlit PM zaryadi portlatilganda, 
asosan, pogʻonaning pastki qismiga ta‘sir koʻrsatadi. Shuning uchun yaxlit 
zaryadlarni (ayniqsa qiyin maydalanadigan qattiq jinslarni portlatganda) yirik 
oʻlchamli togʻ jinsi xosil boʻladi. Skvajinada uzulmali joylashtirilgan zaryad 
portlatilganda yaxlit zaryad portlatilgandagiga nisbatan jinslarning bir tekis va 
sifatli maydalanishiga erishiladi[2.2.6]. 
Skvajina PM zaryadining massasi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: 
(2.6) 
q - PM solishtirma sarfi, kg/m
3
;
V
j
.
h
-zaryad bilan portlatiladigan jins hajmi, m
3

Portlovchi modda solishtirma sarfi jinslarning portlovchanligi va 
maydalanish darajasiga bogʻliq boʻlib, uning miqdori karyerlarda 0,15
1,9 kg/m
3
va undan ham koʻproqni tashkil qiladi. Qattiq qoyasimon va yarim qoyasimon 
jinslarni qazib olishda burgʻilab - portlatish ishlari karyerda bajariladigan qazib-
yuklash, tashish, mexanik usulda jinslarni maydalash jarayonlarini samarali va 
xavfsiz olib borishga ta‘sir etadi. PM zaryadining solishtirma sarfini koʻpaytirish 
hisobiga jinslarning sifatli maydalanishi taminlangan boʻlsa (nogabaritlar 


39 
minimum boʻlishi), burgʻilab-portlatishga sarflangan ortiqcha xarajat portlatishdan 
keyingi jarayonlarni samarali bajarilishi hisobiga qoplanadi. Shuning uchun 
burgʻilab-portlatish ishlari samaradorligi (birinchi navbatda PM solishtirma sarfi 
samaradorligi) karyerda bajariladigan barcha texnologik jarayonlarga bogʻliq holda 
baholanadi. 
Amaliyotda zaryad massasi quyidagi ifodalar orqali aniqlanadi:
birinchi qator skvajinalari uchun 
(2.7) 
keyingi qatorlar uchun
(2.8)
Karyerlarda portlatish ishlarini loyihalashda w, b, a qiymatlari kon 
jinslarining portlovchanlik darajasiga mos ravishda belgilanadi. Belgilangan 
qiymatlarning mosligi muayyan sharoitda erishilgan qiymatlar bilan solishtirish 
asosida aniqlanadi. Tarqoq zaryadlar uchun pastki qismining massasi quyidagi 
ifodadan aniqlanadi: 
(2.9) 
Yaxlit zaryaddagi tiqin uzunligi quyidagi emperik formula boʻyicha 
aniqlanadi:
(2.10) 
Bunda
tiqinlash koeffitsiyenti. 
Tarqoq zaryadlar oʻrtasidagi havoli boʻshliq uzunligi quyidagicha 
aniqlanadi: 
(2.11) 
Bunda 
- zaryad uzunligi,m 
(2.12) 
bunda P - 1 m skvajinaning PM sigʻdirish imkoniyati, kg; 
(2.13) 
d- skvajina diametri, dm;
-zaryadlangan skvajinadagi PM zichligi, kg/ dm
3



40 
Skvajinani qoʻlda va mexanik usulda zaryadlanganda 
ning qiymati 0,9 va 
1 kg/ dm
3
, suvga toʻyingan PM dan foydalanilganda esa, 1,14
1,16 kg/ dm
3
ni 
tashkil qiladi. 
«Yoshlik-1» 
konida 
portlatish 
ishlari 
kombinatning 
portlovchi 
moddalarlarni ishlab chiqaruvchi maxsus sexi tomonidan ishlab chiqariladigan 30, 
50 va 60 markali Emulgit portlovchi moddasi yordamida amalga oshiriladi. 
Portlovchi modda uncha katta boʻlmagan miqdordagi dizel yoqilg isi, olien 
kislotasi, suvli ammiak va shisha mikrosferalari bilan ammiak silitrasining 
aralashmasidan tashkil topgan. Tayyor holatda u quyuq pasta holatidagi aralshma 
koʻrinishida boʻladi.
Skvajinalarni zaryadlash ishlari maxsus zaryadlash mashinalarida amalga 
oshiriladi. 
Portlatish ishi sifatiga qoʻyiladigan asosiy talab bu – xosil boʻlgan ruda 
boʻlaklarining oʻlchami 1.0 m (shartli ravishda mis boyitish fabrikasidagi 
maydalash jihozining qabul qilish teshigi oʻlchami) dan oshmasligi va boʻsh tog
jinslari uchun 1.5 m (shartli ravishda ekskavator kovushi, dumkarlar va 
avtomobillarning mexanik mustahkamligi koʻrsatkichi) dan oshmasligi kerak.
Skvajinali zaryadlarni portlatishning asosiy usuli bu – noelektrik Sistema va 
kombinatsiyalashgan usullar hisoblanadi. 
Portlatish ishlari grafikka muvofiq seshanba va juma kunlari soat 14 dan 16 
gacha amalga oshiriladi.
Portlatish vaqtida BPI loyihasiga koʻra barcha ishchilar xavfsiz masofaga 
koʻchiriladi. Jihozlar esa portlatish uchastkasidan xavsiz boʻlgan masofadagi 
hududga koʻchiriladi[3.1.2]. 
Skvajina zaryadlari konstruksiyasini hisoblash. 
Bitta skvajinadagi portlovchi modda massasi quyidagi formula boʻyicha 
aniqlanadi: 
Birinchi qator skvajinalar uchun: 
(2.14) 


41 
Ikkinchi qator skvajinalar uchun: 
(2.15) 
q – portlovchi moddaning solishtirma sarfi boʻlib, uning qiymati karyer 
sharoiti uchun quruq skvajinalarda 0.68 va suvli skvajinalarda 0.72 kg/m
3
ga teng.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin