XULOSA VA TAKLIFLAR
Mavzu yuzasidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari, amaliy tajriba
natijalaridan kelib chiqib quyidagilarni xulosa qilish mumkin:
Konchilik sanoatiga asoslangan mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanish tezligi
va samaradorligini oshirishni taminlash, kon jinsi massasini qayta ishlash va
yakuniy mahsulotni olish uchun kon jinsi massasini qazishga tayyorlash sifatiga
bogʻliq hisoblanadi.
Portlatish texnologiyalarni takomillashtirish orqali qazib olish ishlari
samaradorligining ortishi mamlakat konchilik sanoati iqtisodiyotini rivojlantirish
surati va samaradorligini oshirishga imkon beradi.
Konchilik korxonalarining zamonaviy ish sharoitida burgʻilash va portlatish
ishlari(BPI) hanuzgacha mustahkam togʻ jinslar massivini maydalashning yagona
va samarali usuli hisoblanadi. Kon qazish texnologiyasining dastlabki jarayoni
sifatida burgʻilash va portlatish ishlari keyingi barcha jarayonlarning
samaradorligini belgilaydi: yuklash va tashishdan tortib, mineral xom ashyoni
mexanik ravishda maydalash va qayta ishlashgacha. Turli xil mustahkamlikdagi
togʻ jinsi massivi maydalashining bir xilligi va kattaligi, yirik oʻlchamli togʻ jinslar
chiqishining foizi, pogʻona osti boʻylab maydalanishi, skvajinalarda perebur
(ortiqcha burgʻilash) miqdori, massiv portlatilgandagi uyum kengligi - bu va
boshqa xususiyatlar asosida amalga oshirilgan BPI sifatni aniqlaydi.
Yirik oʻlchamli togʻ jinslarni ikkilamchi maydalash, perebur burgʻilash va
portlovchi modda sarfi uchun qoʻshimcha xarajatlari talab qilinadi. Bu esa
burgʻilash va portlatish ishlarining samaradorligini pasaytiradi.
Yuqoridagilar bilan bogʻliq ravishda burgʻilash va portlatish ishlarining
samaradorligini
oshirish
uchun
skvajinalarning
oʻlchamlari,
ularning
konstruksiyasi va kon sharoiti uchun maqbul porlovchi modda turini toʻgri tanlash
konchilikning dolzarb ilmiy-texnik vazifasidir.
1. Ilmiy ishimning 1-bobida yoshlik konining kon geologik tasnifi, konning
oʻrganilganlik darajasi haqida qisqacha ma‘lumotlar keltirilgan boʻlib, unga koʻra
«Yoshlik-1» koni maydoni asosan intruziv jinslardan iborat: siyenit-diorit ˗ 71,3%;
56
diorit ˗ 21,8% Olmaliq tipidagi granodiorit-porfir ˗ 0,7%. Kondagi qatlamli
choʻkindi jinslar Devon vulkanik va qumli-karbonat jinslaridan tashkil topgan.
Quyi Devon ikki gorizont bilan tasvirlangan; a) kvarts porfirlar (
)
b) andezit-datsit porfirlar (
). «Yoshlik-1» konining asosiy ma'danli jinslari
siyenit-dioritlar (ruda zaxirasining 58%), ozroq darajada dioritlar (35%) va nihoyat
granodiorit-porfirlar (zaxiralarning taxminan 7%) hisoblanadi. Ruda jismlarini
lokalizatsiya qilishda boshqa jinslarning roli ahamiyatsiz hisoblanadi.
«Yoshlik-1» va Qalmoqir konlari yagona ruda birlashmasini - "Katta
Olmaliq" ni tashkil etadi. Ularning har birida, birinchi qarashda, yoriqlar bilan
ajralib turadigan joylar mavjud. Ilgari alohida konlar sifatida oʻrganilgan bu
maydonlar chuqurlikda murakkab shakldagi yagona ruda tanasi shtokverkiga
birlashadi. Rudalarni boshqaruvchi yoriqlar tizimining rivojlanishi bilan bogʻliq
holda, «Yoshlik-1» konining maydoni Karabulakskiy, Markaziy va Shimoliy-
Gʻarbiy Balikti (ikkinchisi eng baland) uchastkalariga (bloklarga) boʻlinadi.
Konning barcha uchastkalari mis-porfirli rudali shtokverk koʻrinishida boʻlib,
ammo asosiy sulfidli jinslar (kvarts-pirit-molibdenit-xalkopirit) keng tarqalgan.
Sulfidli rudalardagi ruda minerallarining umumiy miqdori konning barcha
uchastkalarida deyarli oʻxshash – 2.35 dan 5.25 gacha. Faqat Markaziy
uchastkaning sharqida, tarkibida xalkopirit kam boʻlgan (0.8-0.9 %) ruda saqlovchi
dioritlarni intensiv ravishda piritlashi tufayli ruda minerallari miqdori yuqori – 4.2-
7.0 %.
Eng qadimgi mineral birikmalar - kvarts-seritsit-pirit tarkibli metall
boʻlmagan qismlar va mis rudali yon qanot shtokverk zonalaridagi mayda tomirlar
hisoblanadi.
Kechroq
birikkan
mineral
birikmalar
-
kvarts-karbonat-
polissulfidining mineral birikmalari asosiy tarkibli jinslarda kenglikdagi mis rudali
shtokverklardagi kabi yon qanot shtokverklarida ham uchraydi.
2. Konning oʻrganilganlik darajasini tahlil qiladigan boʻlsak, konni oʻrganish
jarayoni 1927 -1982- yillarni oʻz ichiga olgan boʻlib, bu davrda dastlabki razvedka
skvajinalari
burg ilangan.
Ushbu
hududda
konlarning
mavjudligini
S.F.Mashkovtsev 1927-yilda taxmin qilgan. 1925-1928-yillardagi qidiruv-syomka
57
ishlari toʻgʻrisidagi hisobotida u Olmaliq rudali rayoni ostida konlar mavjudligini
taxmin qilish uchun yetarlicha asoslar borligini, ammo ularni aniqlashning geofizik
metodlarsiz iloji yoʻqligini yozgan. A.V. Korolev (1935-1939-yillarda) ham
Qalmoqir konidan gʻarbda joylashgan kuchli torflashgan hududda sanoat
minerallarining mavjud boʻlishi mumkinligi haqida gʻoyani aytadi. Biroq, bu
bayonotlar oʻz vaqtida yetarli darajada isbotlanmagan. 1963-1964 yillarda
«Yoshlik-1» uchastkasi hududida mis minerallarini chuqur burgʻilash yoʻli bilan
dastlabki qidiruv ishlari amalga oshirildi. Dastlabki razvedka ishlarining ikki yillik
davri natijalari asosida «Yoshlik-1» koni rudalari vaqtinchalik konditsiyalar
loyihasini tuzish uchun materiallar tayyorlandi (E.R. Butyeva, A.T. Raxubenkov).
―Olmaliq kon-metallurgiya kombinati‖ AJ ga qarashli «Yoshlik-1» karyeri 2017-
yil 27-iyul kuni Muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahriga
tashrifida ochish ishlariga ruhsat bergan edilar. Shuningdek Dalnee koni nomini
«Yoshlik-1» ga oʻzgartirgan edilar[1.1.2].
3. «Yoshlik-1» koni rudalari oʻrtacha buzilish qiyinligiga ega boʻlgan
qoyasimon jinslardan iborat boʻlib, tog jinslarining qattiqlik darajasi 14-16 ni
tashkil etadi. Shu sababli Yoshlik -1 koni tog jinslari burg ilab-portlatish usuli
orqali qazib olishga tayyorlanadi.
«Yoshlik-1» konida togʻ jinslarini burgʻilash uchun SBSH-250 MNA 32
burgʻilash dastgohidan foydalaniladi. Konda burgʻilangan skvajinalarni diametri
ni tashkil qiladi Ushbu burg ilash stanogining 2022- yil holati
boʻyicha soni 12 tani tashkil qilmoqda. Kon murakkab kon geologik va qoyali togʻ
jinslaridan iborat boʻlib pogʻonalarni balandligi 15-20 m gacha hattoki ba‘zi
pogʻonalar balandligi 25mgacha ham yetadi. Konda portlatish ishlaridan soʻng
yirik oʻlchamli togʻ jinslari chiqishi 1.5-2 % yirik oʻlchamli togʻ jinslarini
maydalash ishlari quyma zaryadlar yoki gidromolotkali ekskavatorlar metodi
orqali amalga oshiriladi.
«Yoshlik-1» konida togʻ jinslari darzdorligi darajasi boʻyicha 3 ta
kategoriyaga ajratilgan:
58
I-kategoriya – oson portlovchi jinslar;
II-kategoriya - oʻrtacha portlovchi jinslar;
III-kategoriya – qiyin portlovchi jinslar.
4. «Yoshlik-1» koni sharoitida portlatish ishlari koʻrsatgichlari quyidagicha:
bitta skvajinadagi portlovchi modda 767 kg, zaryad kolonkasining uzunligi 13 m,
bitta skvajina portlaganda chiqadigan kon massasi hajmi 936 m
3
, bir haftada
portlatish uchun talab etiladigan portlovchi modda miqdori 23456 kg.
«Yoshlik-1» konida portlatish ishlari kombinatning portlovchi moddalarlarni
ishlab chiqaruvchi maxsus sexi tomonidan ishlab chiqariladigan 30, 50 va 60
markali Emulsion portlovchi moddasi orqali amalga oshiriladi. Portlovchi modda
uncha katta boʻlmagan miqdordagi dizel yoqilg isi, olien kislotasi, suvli ammiak va
shisha mikrosferalari bilan ammiak silitrasining aralashmasidan tashkil topgan.
5. «Yoshlik-1» konining kon-texnik sharoitlarini hisobga olib sharoshkali
burgʻilash dastgohlarini qoʻllash iqtisodiy va texnologik tomondan samarali
hisoblanadi. Hozirgi kunda «Yoshlik-1» konida dolotasi diametri 244,5 mmdan
269.9 mmli boʻlgan SBSH-250 MNA-32 hamda SBSH-250 MN-32 rusumli
sharoshkali burgʻilash dastgohlaridan foydalanilmoqda.
«Yoshlik-1» koni sharoitida burgʻilash ishlari koʻrsatgichlari quyidagicha:
burgʻilashning oʻrtacha texnik tezligi 14 m/soat, burgʻilash dastgohining oʻrtacha
smenalik ish unumdorligi 107 m/smena, burgʻilanadigan skvajina uzunligi 18 m,
perebur uzunligi 3 m, zaryad uzunligi 13 m, zaboyka uzunligi 5 m, portlovchi
moddaning oʻrtacha solishtirma sarfi 0.72 kg/m
3
boʻlyapti.
Skvajina
zaryadlari
oʻz
konstruksiyasi
boʻyicha
uzilmali
va
markazlashtirilgan konstruksiyali boʻladi. Markazlashtirilgan zaryad skvajinaning
pastki qismida joylashib, u asosan pogʻonaning pastki qismiga ta‘sir qiladi.
Shuning uchun portlatish ishlarida bir tekis toʻldirilgan zaryadlarni qoʻllanilganda
yirik oʻlchamli togʻ jinslari koʻproq xosil boʻladi. Hozirgi kunda «Yoshlik-1»
konida portlatish ishlarida markazlashtirilgan skvajina zaryadi konstruksiyasidan
59
foydalaniladi.Shu bois portlatilayotgan skvajinaning yuqori qismida yirik
oʻlchamli togʻ jinslari boʻlaklari chiqishi koʻp miqdorda kuzatilmoqda.
6. Konda yanada samaradorlikni taminlash maqsadida chet el olimlari hamda
yurtimiz olimlari tomonidan samaradorlikni taminlovchi konchilik sohasida
muammoli tomonlariga yechimlar izlanmoqda. Bu muammolar faqatgina bizni
yurtimizda uchramaydi balki dunyo konlarida ham uchrayotgan muammolar
hisoblanadi. Bu muammolardan biri portlatish ishlaridan soʻng yirik oʻlchamli togʻ
jinslari chiqishi yoki konditsiya boʻlagini normadan ortib ketishi bilan qoʻshimcha
burgʻilash portlatish ishlarini talab etilishi hisoblanadi. Bu esa oʻz navbatida
rejadan ortda qolishni hamda iqtisodiy tomondan ham oʻz ta‘sirini oʻtkazmay
qoʻymaydi.
Rivojlanish tizimining parametrlarining oʻzgarishi, xususan, yuqori
pogʻonalardan foydalanish, yuqorida ta'kidlab oʻtilganidek, portlashdan soʻng yirik
oʻlchamli togʻ jinslarini chiqishi, pogʻona ostki qismi qarshilik chizigʻining
kattalashishiga olib keladi. Portlashning umumiy talablaridan kelib chiqqan holda,
togʻ jinslarining portlashda maydalanish darajasi sifati portlash samaradorligining
muhim koʻrsatkichidir. Parallel juftlashgan skvajina zaryadlari togʻ jinslarining
pastki qismida yaxshiroq maydalanishini, portlash vaqtida xosil boʻladigan
portlash energiyasini toʻgʻri boshqara olish orqali konditsiya boʻlagini normadan
ortib ketishini oldini olishni taminlaydi.
Qozonli zaryad bilan skvajina zaryadini kombinatsiyalashtirish orqali portlash
samaradorligini bir necha barobarga yaxshilash mumkin. Bunda qozonli zaryad
portlaganda xosil boʻladigan energiyani skvajinali zaryaddan chiqadigan energiya
orqali toʻgʻri yoʻnaltira olish yetarli. Bu kombinatsiyalashgan zaryadlar
portlatishidagi detonatsiy vaqtini shundan aniqlik bilan tanlay bilish kerakki
shundagina portlatish ishlari samaradorligi portlashdan keyin chiqadigan togʻ
jinslari oʻlchamiga qarab baho berish mumkin boʻladi.
|