54
Rivojlanish tizimining parametrlarining oʻzgarishi, xususan, yuqori
pogʻonalardan foydalanish, yuqorida ta'kidlab oʻtilganidek, portlashdan soʻng yirik
oʻlchamli togʻ
jinslarini chiqishi, pogʻona ostki qismi qarshilik chizigʻining
kattalashishiga olib keladi. Portlashning umumiy talablaridan kelib chiqqan holda,
togʻ jinslarining portlashda maydalanish darajasi sifati portlash samaradorligining
muhim koʻrsatkichidir. Parallel juftlashgan skvajina zaryadlari togʻ jinslarining
pastki qismida
yaxshiroq maydalanishini, portlash vaqtida xosil boʻladigan
portlash energiyasini toʻgʻri boshqara olish orqali konditsiya boʻlagini normadan
ortib ketishini oldini olishni taminlaydi.
Qozonli zaryad bilan skvajina zaryadini kombinatsiyalashtirish orqali portlash
samaradorligini bir necha barobarga yaxshilash mumkin.
Bunda qozonli zaryad
portlaganda xosil boʻladigan energiyani skvajinali zaryaddan chiqadigan energiya
orqali toʻgʻri yoʻnaltira olish yetarli. Bu kombinatsiyalashgan zaryadlar
portlatishidagi detonatsiy vaqtini shundan aniqlik
bilan tanlay bilish kerakki
shundagina portlatish ishlari samaradorligi portlashdan keyin chiqadigan togʻ
jinslari oʻlchamiga qarab baho berish mumkin boʻladi.