30
2. Konning oʻrganilganlik darajasini tahlil qiladigan boʻlsak, konni oʻrganish
jarayoni 1927 -1982- yillarni oʻz ichiga olgan boʻlib, bu davrda dastlabki razvedka
skvajinalari
burg ilangan.
Ushbu
hududda
konlarning
mavjudligini
S.F.Mashkovtsev 1927-yilda taxmin qilgan. 1925-1928-yillardagi
qidiruv-syomka
ishlari toʻgʻrisidagi hisobotida u Olmaliq rudali rayoni ostida konlar mavjudligini
taxmin qilish uchun yetarlicha asoslar borligini, ammo ularni aniqlashning geofizik
metodlarsiz iloji yoʻqligini yozgan. A.V. Korolev (1935-1939-yillarda) ham
Qalmoqir konidan gʻarbda joylashgan kuchli
torflashgan hududda sanoat
minerallarining mavjud boʻlishi mumkinligi haqida gʻoyani aytadi. Biroq, bu
bayonotlar oʻz vaqtida yetarli darajada isbotlanmagan. 1963-1964 yillarda
«Yoshlik-1» uchastkasi hududida mis minerallarini chuqur burgʻilash yoʻli bilan
dastlabki qidiruv ishlari amalga oshirildi. Dastlabki razvedka ishlarining ikki yillik
davri natijalari asosida «Yoshlik-1» koni rudalari vaqtinchalik konditsiyalar
loyihasini tuzish uchun materiallar tayyorlandi (E.R. Butyeva, A.T. Raxubenkov).
―Olmaliq kon-metallurgiya kombinati‖ AJ ga qarashli «Yoshlik-1» karyeri 2017-
yil 27-iyul kuni Muhtaram prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev Olmaliq shahriga
tashrifida ochish ishlariga ruhsat bergan edilar. Shuningdek Dalnee koni nomini
«Yoshlik-1» ga oʻzgartirgan edilar[1.1.2].
Dostları ilə paylaş: