Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabuslari bilan davlatimiz mis va



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/27
tarix13.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#129608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Farrux dis

Karbonat yotqiziqlari (
) faqat shimoliy-g arbiy Balikti hududida uncha 
katta boʻlmagan yemirilgan jinslar koʻrinishida (maydoni 27 ming m
2
gacha) 
uchraydi. Bundan tashqari, ular kichik ksenolitlar shaklida (100 m
2
gacha) 
Markaziy uchastkaning 100 m gacha boʻlgan chuqurlikdagi va shimoliy-g arbiy 


12 
Balikti uchastkasida 800 m gacha chuqurlikdagi skvajinalarda uchraydi (287, 482, 
310 skvajinalar va boshqalar). 
Yuqori darajadagi oʻzgarishlar tufayli karbonatli jinslarning qaysi 
stratigrafik qatlamga tegishliligini ishonchli aniqlash imkoni yoʻq. Extimollik 
bilan, ular, Jivet va Frans yaruslariga tegishli boʻlishi mumkin. 
Karbonatli jinslarning tarkibini oʻrganish uchun I.M. Golovanov 16 ta 
namunani (267 va 482-skvajinalar) kimyoviy va termik tahlillarini oʻtkazgan. 
Ushbu tahlillar yetarli darajada aniqlik bilan ohaktosh va dolomitlarni, shuningdek 
ularning magmatik (magneziyali skarnlari) va postmagmatik (serpantinatsiya) 
jarayonlaridagi oʻzgarishlarini ajratib olishga imkon beradi. Karbonatli jinslarning 
qatlamlariga granitoid magmaning singishi magneziali skarnlar va aralash 
jinslarning (kvars dioritlar, gabbro-dioritlar, gabbroslar) xosil boʻlishi bilan tog
jinslarini magma bilan aralashish jarayonlarining keng rivojlanishiga olib kelgan. 
 Syenit-dioritlar (C)- konning markaziy va gʻarbiy qismlarida rivojlangan va 
keng tarqalgan asosiy madanli jinslar hisoblanadi (ruda zaxirasining taxminan 
58%), shuning uchun ular batafsilroq tavsiflanadi. Makroskopik tarzda, u ba'zan 
porfirga oʻxshash kulrangdan pushti-kulranggacha boʻlgan bir xil donali tog
jinsidir. Uning tarkibida plagioklaz (55%), kaliyli dala shpati (20%), kvarts (7-
10%), biotit (10%), shox aldamchisi (3-5%) va qoʻshimcha minerallar (magnetit, 
zirkon, apatit va boshqa minerallar 4% gacha) mavjud. 
Biotit 0,2 - 0,8 mm oʻlchamdagi nisbatan jigarrang tusdagi, oʻziga xos 
shaklga ega boʻlgan (idiomorfik) tangachalar xosil qiladi. Hamma joyda biotit 
xlorit bilan faol uchraydi va odatda tangachalarning markaziy qismlarida faqat 
kichik qoldiqlar (organizmlar) shaklida saqlanib qoladi. Biotitni xloritlash 
jarayonida doimo ortiqcha temir, titan va fosfor ajralib chiqadi, bu esa bu 
jarayonga hamroh boʻladigan dispers magnetit, rutil va apatit xosil boʻlishi bilan 
bogʻliq. Boshqa toʻq rangli minerallardan ikkilamchi biotit bilan koʻp uchraydigan 
oddiy shox aldamchisini oz miqdorini (3-5%) oʻz ichiga oladi. 
Kaliyli dala shpati struktura tuzilishini yoʻqotgan koʻrinishlarda, ba'zida 
kam nomoyon boʻladigan mayda dogʻli pertitlar bilan, oʻz kristall shaklini 


13 
yoʻqotgan ya`ni ksenomorf shaklida uchraydi. Ba'zi uchastkalardagi tog jinslarida 
monsonit stukturasiga ega elementlar kuzatiladi: aniq kristalli strukturaga ega 
boʻlgan plagioklaz bilan kaliyli dala shpatining yirik donalarini qoʻshilib yoki 
aralashib ketishi kuzatiladi. Kaliyli dala shpatidagi ikkilamchi oʻzgarishlardan 
koʻpincha kuchli pelitizatsiya (pelitizatsiya - dala shpatlari, asosan, kaliy, ularni 
loy minerallari bilan qisman almashtirish natijasida oʻzgarishining dastlabki 
bosqichi) qayd etiladi. 
Kvarts togʻ jinslarining asosiy minerallaridan eng kam idiomorfizmiga 
egaligi bilan ajralib turadi. U tog jinslarida bir tekkis ajralgan oʻndan bir millimetr 
kattalikdagi tartibsiz koʻrinishdagi izometrik konturlar bilan shakllanadi. Kaliyli 
dala shpati va kvarts tog jinslarining kristallanishini yakunlaydi. 
Eng keng tarqalgan qoʻshimcha minerallardan biri magnetit boʻlib, ular tog
jinslarida 0,01-0,5 mm oʻlchamdagi izometrik donalar shaklida teng ravishda 
taqsimlanadi. Aksariyat ingichka boʻlaklarda apatitning kichik donalari va 0.01-0.1 
mm oʻlchamda boʻlgan katta prizmalari mavjud boʻlib, ular odatda biotit bilan 
fazoviy ravishda bogʻlanadi. 
Tog jinslarining teksturasi massivli. Kvarts doimiy ravishda 7% dan 10% 
gacha tog jinslarining tarkibida boʻladi, shuning uchun tog jinslarini kvartsli 
siyenit-diorit va plutonik jinslarning yangi tasnifiga muvofiq - kvartsli 
monzodioritlar deb tasniflash kerak. 
Dioritlar (C
2
) Markaziy uchastkaning sharqiy qismini va qisman shimoliy-
g arbiy Balikti ni tashkil qiladi va ruda zaxiralarining 35 foizini oʻz ichiga oladi. 
Markaziy qismda dioritlar gʻarbdan sharqqa choʻzilgan va gʻarbda 85 m dan 
sharqda 565 m gacha boʻlgan yoʻnalishda choʻzilgan ruda tanasini xosil qiladi; 
chuqurlikda dioritlar asta-sekin siyenit-dioritlarga aylanadi. Shimoliy-g arbiy 
Balikti hududida dioritlar 482 skvajina hududidagi karbonatli jinslarning chiqishi 
bilan chegaralanadi. Dioritlar mineral tarkibining barqarorligi bilan ajralib turadi 
va batafsil oʻrganish natijasida faqat bioititli diorit, shox aldamchili dioritning 
mahalliy koʻrinishlarini ajratib koʻrsatish mumkin; ba'zida dioritning gabbro-
dioritga oʻtishi qayd etiladi (260, 300, 307 skvajinalari boʻylab). Mavjud geologik 


14 
ma'lumotlar (dioritlarning karbonat jinslari bilan kantaklashishib asta-sekin siyenit-
dioritlarga oʻtishi, morfologik xususiyatlari va boshqalar) shuni koʻrsatadiki, 
dioritlar karbonat jinslar (
) ustki qatlamining siyenit-diorit bilan birikishi 
natijasida xosil boʻladi. 
Makroskopik tarzdagi dioritlar – toʻq kulrang rangdagi, zich, massivli 
teksturaga ega boʻlgan kichik va oʻrta donali tog jinslaridir. Dioritlarning tarkibi: 
plagioklaz (55-60%), biotit va shox aldamchisi (40%), magnetit (2-3%). Boshqa 
qoʻshimcha minerallar 1% dan kamroq qismini tashkil qiladi (apatit, ilmenit). 
Plagioklaz jadvalsimon kristallar shaklida uchraydi; massiv atrofiga qarab 
donalarning shakli aniq (idiomorfik) choʻzilgan prizmatikka oʻzgaradi, polisintetik 
egizak xarakterlidir, bu koʻp hollarda deyarli sezilmaydi, chunki asosiy mineral 
moddalar seritsit, karbonat va xlorit, prenit, albit bilan intensiv ravishda 
almashinadi. 
Biotit mayda (1 mm gacha) tangachalar shaklida rivojlanadi, rangi jigarrang 
va och jigarrang, leykoksen va ma'danli mineral (odatda pirit) paydo boʻlishi bilan 
xloritga aylanadi.
Shox aldamchisi oddiy, turli xildagi yashil rangli, donalarning shakli 
choʻzilgan-prizmatik, kamroq olti qirrali, og ish burchagi 21-23° boʻlgan tog jinsi. 
Ikkilamchi transformatsiya paytida shox aldamchisi odatda xloritga, tremolit-
aktinolit seriyasining ikkilamchi amfiboliga, karbonat, Epidotga aylanadi. 
Olmaliq tipidagi granodiorit-porfirlari siyeno-dioritlar va dioritlar orqali 
parchalanadi; yer yuzasida ular faqat shimoliy-g arbiy Balikti hududida paydo 
boʻladi va Markaziy uchastkaning lyossimon jinslari ostida va 100m chuqurlikdagi 
alohida skvajinalarda joylashadi. Yer yuzasidan taxminan 1000 m chuqurlikda 
granodiorit-porfirning apofizlari bitta shtokverk shaklidagi tanaga birikadi. 
Fenokristallar odatda tog jinslari hajmining 10-20% ini tashkil qiladi, ammo 
ba'zi hollarda ularning soni keskin oshib, 75% ga yetadi. Plagioklaz boshqa 
minerallarga qaraganda tez-tez uchraydi (fenokristallar umumiy miqdorining 70-
75%). Plagioklaz fenokristallarining oʻlchamlari odatda 0,5 dan 2,5 mm gacha 
oʻzgarib turadi, ularning shakli, odatda, idiomorfik, jadvalsimon shaklida boʻladi.


15 
―«Yoshlik-1»‖ koninin strukturasi 
«Yoshlik-1» va Qalmoqir konlari yagona ruda birlashmasini - "Katta 
Olmaliq" ni tashkil etadi. Ularning har birida, birinchi qarashda, yoriqlar bilan 
ajralib turadigan joylar mavjud (1.2-rasm). Ilgari alohida konlar sifatida 
oʻrganilgan bu maydonlar chuqurlikda murakkab shakldagi yagona ruda tanasi 
shtokverkiga birlashadi.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin