Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabuslari bilan davlatimiz mis va



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/27
tarix13.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#129608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Farrux dis

 
Tadqiqot maqsadi va vazifalari:
Tadqiqot maqsadi konlarni baland 
pogʻonalar bilan qazib olishda burgʻilash-portlatish ishlari samaradorligini 



oshiruvchi skvajina zaryadi konstruktsiyasini ishlab chiqish orqali yirik oʻlchamli 
togʻ jinslarini chiqishini oldini olish va maydalanish darajasini oshirishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari etib quyidagilar belgilangan: 
-baland pogʻonali karyerlarda burgʻilash-portlatish ishlari samaradorligini 
oshirishda skvajina zaryadining optimal konstruktsiyasini ishlab chiqish boʻyicha 
bajarilgan tadqiqotlarni tahlil qilish; 
-skvajina zaryadlariga sarflanadigan portlovchi moddalar miqdorini 
aniqlash; 
-portlovchi modda zaryadlarini portlatishda qisqa sekinlatish intervallarini 
aniqlash; 
-tajriba sinovlari tadqiqotlarini о‗tkazish, ishlab chiqilgan texnologiyaning 
texnik-iqtisodiy samaradorligini aniqlash va uni amalga oshirish bо‗yicha 
tavsiyalar berish

 
Ilmiy yangiligi: Skvajina zaryad konstruksiyasini oʻzgartirish orqali 
portlatish ishlari vaqtida xosil boʻladigan energiya toʻlqini dinamik ta‘sirinini 
kuchaytirish orqali togʻ jinslari maydalanuvchanlik koeffitsiyentini oshirish. 
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Ilmiy ishning masalalaridan 
biri bu katta oʻlchamli togʻ jinsi boʻlaklari chiqishining oldini olish hisoblanadi 
bundan tashqari portlovchi modda sarfi, texnikalar uchun pogʻonani ostki qismini 
sifatli portlatilishi.  
Tadqiqiot mavzusi boʻyicha adabiyotlar sharhi(tahlili): Konchilik 
sanoati doimiy ravishda boshqa sanoat tarmoqlari uchun xomashyo tayanch sanoat 
tarmogʻi vazifasini bajarib kelgan va hozirgacha shunday boʻlib kelmoqda. 
Konchilik sanoati yirik konchilik korxonalari tomonidan yetkazib beriladigan 
mineral xomashyo qazilmalari, sanoatning yirik tarmoqlari boʻlgan energetika, 
yoqilgʻi, qurilish, kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi, mashinasozlik va shu kabi bir 
qator sanoat tarmoqlarining xomashyo resurslariga boʻlgan ehtiyojini qondirib 
kelmoqda.Yildan-yilga oʻsib borayotgan bu ehtiyojlar esa oʻz navbatida konchilik 
sanoatining ishlab chiqarish rejasiga qoʻshimcha yuklamalarni qoʻyib kelmoqda va 
zamonaviy texnika va texnologiya yutuqlaridan foydalanib, jadal rivojlanish 



talabini keltirib chiqarmoqda. Konchilik sanoatining asosini foydali qazilma 
konlarini ochiq usulda qazib olish korxonalarini karyerlar tashkil qiladi. Chunki 
yer qa‘ridan qazib olinayotgan foydali qazilmalarning katta qismi ochiq usulda 
qazib olinmoqda. 
Ochiq konchilik ishlarida asosiy ishlab chiqarish jarayonlardan biri boʻlgan 
togʻ jinslarini qazib olishga tayyorlashning bir necha usullari mavjud. Hozirgi 
kunda foydali qazilma konlarini qazib oluvchi karyerlarda togʻ jinslarini qazib 
olishga tayyorlashning eng samarali usuli burgʻilash-portlatish usuli oqilona usul 
boʻlib kelmoqda. Burgʻilash-portlatish usuli Prof. M.M.Protodyakonov shkalasi 
boʻyicha mustahkamlik koeffitsiyenti katta boʻlgan togʻ jinslari(f>7dan)ni qazib 
olishga tayyorlashda qoʻllaniladi. Bunda portlatiladigan massivda maxsus oʻyiqlar 
xosil qilinib (shpur, skvajina), unga portlovchi modda zaryadlari joylashtiriladi. 
Hozirda ochiq kon ishlarida asosan skvajina zaryadlari bilan massivni portlatish 
qoʻllanilmoqda. Skvajina zaryadi bilan portlatish ishlarini amalga oshirishda
hisobga olinadigan asosiy jihatlar portlatish uchun skvajinalarni burgʻilash-
portlatish texnologiyasi, skvajinalarni joylashtirish sxemasi, portlovchi modda 
solishtirma sarfi, skvajina zaryadi konstruksiyasidir. Shu bois ushbu keltirilgan 
jihatlar yuzasidan doimiy ilmiy izlanish va yangiliklar qilish talab etilgan. Bu 
mavzularda koʻplab professor-olimlar ilmiy izlanish qilganlar. G.P.Demidyuk, 
A.V.Polskiy, I.A.Pustavalov, S.A.Gorinov, P.A.Bragin, M.F.Drukovaniy, V.I.Ilin, 
E.I.Efremov, G.P.Paramonov, E.A.Inoyatov, M.N.Tleugaliyev, Sh.D.Krebayeva, 
E.B.Shevkun, A.V.Leshinskiylar skavajina zaryadi konstruksiyasining maqbul 
turini tanlash boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borganlar[2.2.3]. Jumladan, 
A.A.Skochinskiy nomidagi Konchilik ishi institutida N.V.Melnikov rahbarligida 
skvajina zaryadi konstruksiyalari ustida olib borgan ilmiy ishida uzaytirilgan va 
markazlashtirilgan skvajina zaryadi konstruksiyalarini oʻrganib chiqib, uzaytirilgan 
konstruksiyali skvajina zaryadlari portlatilganda portlash ta‘siri asosan 
skvajinaning ostki qismiga nisbatan ta‘sir qilishi va buning natijasida skvajinaning 
ostki qismida yirik oʻlchamli togʻ jinslari chiqishi me‘yoridan ortiq boʻlishini ilmiy 
asoslab bergan. N.V.Melnikov oʻrgangan markazlashtirilgan skvajina zaryadi 



konstruksiyasi bilan portlatish ishlari amalga oshirilganida zaryad orasida havoli 
boʻshliq qoldirib, portlashning energiyasining qoʻshimcha qismidan, ya‘ni 
uzaytirilgan zaryadda skvajinaning zaryad joylashtirilgan qismida ortiqcha 
maydalanishga sarflanadigan energiyadan toʻliq foydalanish hisobiga togʻ 
jinslarini maydalanishini me‘yorda boʻlishini amaliy jihatdan amaliyotda sinab 
ilmiy asoslab bergan. Bazi bir olimlar esa bu muammoga boshqa yechim 
topishgan. Bular: V.N.Mosintsa, A.M.Musin, S.K.Rubtsova, S.D.Viktorova, 
Yu.P.Galchenko, V.M.Zakalinskiy – yaqin va bir-biriga yaqin-parallel skvajina 
zaryadli 
konstruksiyani 
taklif 
qilishgan; 
A.V.Dugartsyrenova, 
S.I.Kima, 
K.I.Dolzhikova, S.A. Goncharova - bu maqsadda skvajina ostida qozon yaratish 
yoki skvajinaning pastki qismida termal kengayishdan foydalanishgan.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin