LABORATORIYA ISH № 19 mavzu: Fosfor va uning birikmalarining olinishi va xossalari. Ishning maqsadi: fosfor va uning birikmalarini olinish usullarini va kimyoviy xossalarini amaliyotda sinab ko‘rish
Reaktivlar: H2O-distillangan suv, HCl-xlorid kislota (rangsiz eritma), HNO3-nitrat kislota (rangsiz eritma), H2SO4 -sulfat kislota (rangsiz eritma), NaOH -natriy gidroksid (rangsiz eritma), FeCl3- temir (III) xlorid (sariq eritma), P(qizil) -fosfor (qizil kukun), Na3PO4-natriy fosfat (rangsiz eritma), Na2HPO4-natriy gidrofosfat (rangsiz eritma), NaH2PO4-natriy digidrofosfat (rangsiz eritma), universal indikator qog‘ozi, lakmus qizil qog‘ozi. Ca3P2-kalsiy fosfid, AgNO3-kumush nitrat, (NH4)2MoO4-ammoniy molibdat eritmasi, oqsilning suvdagi eritmasi, NaPO3-natriy metafosfat, Na4P2O7-natriy pirofosfat, soda eritmasi, Al2(SO4)3-alyuminiy sulfat, PCl5-fosfor (V) xlorid, PCl3-fosfor (III) xlorid
Asbob uskunalar: shtativ, Vyurs kolbasi, o`lchov silindiri, vanna, probirkalar, shisha stakanlar, spirt lampa, shisha plastinkalar, metall qoshiqcha, qisqich, Shuster tomizg‘ichi, gaz o`tkazgichli tiqin va naylar, Kipp apparati, mo‘rili shkaf, tigel, xlorkalsiyli nay, chinni xovoncha
Oq fosfor bilan ishlash qoidalari
Oq fosfor - zaharli va tez alangalanuvchan modda (alangalanish harorati 400C), og‘riqli va qiyin tuzaladigan darajada terini kuydiradi. Oq fosfor bilan ishlaganda quyidagi xavfsizlik choralariga e’tibor berish kerak:
Oq fosforni suv tagida saqlash;
Qo‘lga tekkizmasdan qisqich bilan olish;
Qalin devorli idishda (masalan, chinni xovonchada) xona haroratida yoki 25-300C da suv tagida kesish kerak. Agar oq fosforni kesish uchun iliq suvdan foydalanilsa, tajriba oldidan fosforni sovuq suvda saqlash kerak;
Kesilgan fosforni iloji boricha tezroq quritish kerak, ayniqsa, xona iliq bo‘lsa. Fosforning ustiga filtr qog‘ozlarni bosib, ishqalamasdan quriting;
Fosfor bo‘lakchasini erga tushirmang, tushgan bo‘lakchani tezda toping;
Mayda bo‘lakchalarni suvga soling, filtrlab, nam filtr qog‘oz bilan, mo‘rili shkafda yoqib yuboring;
Yonayotgan fosforga qum sepib o‘chiring;
Qo‘l yoki tanada yonayotgan fosforni sochiq bilan o‘chiring va tez 10%li kumush nitrat yoki kaliy permanganat eritmasi bilan yaxshilab yuving, keyin bog‘lab qo‘ying. Kuchli kuygan xollarda, birinchi tibbiy yordamdan so‘ng, shifokorga murojaat qiling.