Laboratoriya ish №19 mavzu: Fosfor va uning birikmalarining olinishi va xossalari


Fosfor kislotalari ionlariga sifat reaksiyalar



Yüklə 40,74 Kb.
səhifə3/4
tarix24.12.2023
ölçüsü40,74 Kb.
#192137
1   2   3   4
LABORATORIYA ISH 19

Fosfor kislotalari ionlariga sifat reaksiyalar

a) Natriy gidrofosfat eritmasiga AgNO3 eritmasidan soling. Qanday cho‘kma hosil bo‘ladi? Ranggi qanaqa? Cho‘kmani nitrat kislota eritmasiga munosabatini sinab ko‘ring. Mos reaksiya tenglamalarini yozing.
b) HNO3 eritmasi qo‘shilgan ammoniy molibdat eritmasiga H3PO4 yoki uning tuzi eritmasidan bir necha tomchi qo‘shing. aralashmani qizdiring. Nima kuzatiladi? Cho‘kmaning ko‘rinishi va rangi qanday? Bu reaksiyaning tenglamasi:

H3PO4 + 12(NH4)2MoO4 + 21HNO3  (NH4)3H4[P(Mo2O7)6] +21NH4NO3 + 10H2O


v) Alohida probirkalardagi natriy meta- va pirofosfat eritmalariga AgNO3 eritmasidan qo‘shing. Hosil bo‘lgan cho‘kmalar rangi qanday? Ularni HNO3 eritmasiga munosabatini sinab ko‘ring. Reaksiya tenglamasini yozing. Meta- va pirofosfat kislotalarining kumush tuzlari qanday muhitda cho‘kadi?


g) Ikkita probirkaga oqsilning suvdagi eritmasidan ozgina soling. Birinchi probirkaga natriy metafosfat, ikkinchisiga-natriy pirofosfat eritmasidan qo‘shing. So‘ng ikkala probirkaga sirka kislotasi eritmasidan soling. Natriy metafosfat va sirka kislotasi qo‘shilgan probirkadagi oqsil bilan qanday xodisa kuzatiladi?
Yuqoridagi a), b), v), g) tajribalar asosida eritmada PO3-, P2O74-, PO43- ionlari mavjudligini qanday aniqlash haqida xulosa chiqaring.



  1. Fosfor kislotalarini olinishi

( b) tajriba mo‘rili shkafda bajarilsin)
a) Fosfor kislotasini fosfor (V) oksididan olinishi.
3-tajribada olingan fosfor (V) oksidini, voronka devorlaridan disstillangan suv bilan yuvib, probirkaga tushiring. Eritma tiniqlashgandan so‘ng, ozginasini boshqa probirkaga quyib oling, eritmani bir necha tomchi soda eritmasi bilan kuchsiz kislotali muhitigacha neytrallang (indikator qog‘ozi yordamida). Tajriba natijasida qanday modda hosil bo‘lganligini isbotlang. Sodir bo‘lgan reaksiya tenglamalarini yozing.
Eritmaning qolgan qismini stakanga soling, 10-15 ml suv va 1-2 ml kons. HNO3 eritmasidan qo‘shing (birikish reaksiyasini tezlashtirish uchun). Oz-ozdan suv qo‘shib 5-10 daqiqa qaynating. So‘ngra eritmadan ozginasini probirkaga olib, soda eritmasi bilan, kuchsiz kislotali muhitgacha neytrallang va AgNO3 eritmasini qo‘shing. Cho‘kmaning rangiga qarab, birikish reaksiyasi tugallanganligini va qanday kislota hosil bo‘lganligini aniqlang. Agar birikish reaksiyasi tugallanmagan bo‘lsa, qolgan eritmani yana 5-10 daqiqa qaynating, so‘ngra hosil bo‘lgan eritmani qaytatdan analiz qiling. Reaksiya tenglamalarini yozing.
b) Qizil fosforni oksidlab, ortofosfat kislotasining olinishi.
Chinni kosachada ozgina qizil fosforni 5-6 ml kons. HNO3 eritmasi bilan qizdiring. Agar fosforning hammasi reaksiyaga kirishmagan bo‘lsa, yana ozroq HNO3 eritmasidan qo‘shing va eritmani bug‘lating (nima uchun?). Qoldiqni suv bilan suyultiring, kuchsiz kislotali muhitgacha soda eritmasi bilan neytrallang va AgNO3 eritmasi bilan sinab ko‘ring. Tajriba natijasida qanday kislota hosil bo‘ldi? Reaksiya tenglamalarini yozing.
v) Fosforit yoki suyak kulidan ortofosfat kislotasining olinishi.
Probirkaga ozgina suyak kulidan yoki maydalangan fosfritdan soling va ustiga sulfat kislotasi eritmasidan (1:1) qo‘shing. Aralashmani qaynating, cho‘kmani filtrlab ajrating. Ammoniy molibdat eritmasidan foydalanib, filtratda fosfat kislotasi borligini isbotlang. Reaksiya tenglamalarini yozing.

6. Ortofosfat kislotasining tuzlari


a) natriy fosfatlari va ularning gidrolizi.
Ortofosfat kislotasining dissotsilanish konstantasi qiymatiga qarab, ishqoriy metall fosfatlari gidrolizga uchraydimi yoki yo‘qligini tahlil qiling. Natriy fosfatning gidrodizi qaysi bosqichida tugallanishi kerak?
Natriy gidro-, digidrofosfat va natriy fosfat eritmalarini indikator qog‘ozi bilan sinab ko‘ring va tahlillaringizni tekshiring. Natriy fosfat gidrolizining birinchi bosqich reaksiya tenglamasini yozing. Qanday ionlarni hosil bo‘lishi bu tuzning keyingi gidroliziga qarshilik ko‘rsatadi? Universal indikator qog‘ozi bilan eritmalarning pH ni aniqlang.
b) Kalsiy fosfatlarning olinishi.
Laboratoriyada mavjud reaktivlardan foydalanib, kalsiy gidro-, digidro- va fosfat tuzlarini hosil qiling. Reaksiya tenglamalarini yozing. Olingan tuzlarni suvdagi eruvchanligini tekshiring va xulosa qiling. CaHPO4 cho‘kmasiga sirka kislotasi eritmasidan qo‘shing. Nima kuzatiladi? Tushuntiring. Reaksiya tenglamalarini yozing.

v) Temir va alyuminiy fosfatlarining olinishi.


Bitta probirkaga ozgina temir (III) xlorid, ikkinchisiga esa, alyuminiy sulfat eritmasidan soling. Xar bir probirkaga ozginadan natriy atsetat va natriy gidrofosfat eritmalaridan qo‘shing. Hosil bo‘lgan cho‘kmalarni rangiga e’tibor bering. Bular qanday cho‘kmalar? Atsetat-ionining roli nimada? Temir va alyuminiy fosfatlarining olinish reaksiya tenglamalarini yozing. Cho‘kmalarga HCl eritmasining munosabatini sinab ko‘ring.


  1. Yüklə 40,74 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin