Laboratoriya ish №19 mavzu: Fosfor va uning birikmalarining olinishi va xossalari


Fosfor galogenidlarining olinishi va xossalari



Yüklə 40,74 Kb.
səhifə4/4
tarix24.12.2023
ölçüsü40,74 Kb.
#192137
1   2   3   4
LABORATORIYA ISH 19

Fosfor galogenidlarining olinishi va xossalari

a) Fosfor (V) xloridining (PCl5) olinishi.
Xlor bilan to‘ldirilgan probirkaga ozgina qizil fosfor tashlang. Nima kuzatiladi? Olingan birikmaning rangiga va agregat holatiga e’tibor bering. Reaksiya tenglamasini yozing.
b) Fosfor (V) xloridining (PCl5) gidrolizi.
Probirkaga ozgina PCl5 soling, 3-5 ml suv qo‘shib qaynating. Olingan eritmani indikator qog‘ozi bilan sinab ko‘ring. So‘ngra ortiqcha miqdorda AgNO3 eritmasidan qo‘shing. Nima sodir bo‘ldi? Cho‘kmaning rangi va tarkibi qanday? Cho‘kmani filtrlab suyuqlikdan ajrating va filtratga sariq cho‘kma hosil bo‘lguncha Na2CO3 eritmasidan qo‘shing. PCl5 ni suv bilan ta’sirlashishidan hosil bo‘lgan qanday moddalarni AgNO3 orqali aniqlash mumkin? Reaksiya tenglamalarini yozing.
v) Fosfor (III) xloridining gidrolizi.
Probirkadagi ozroq hajmdagi suvga bir necha tomchi PCl3 dan qo‘shing. eritmani indikator qog‘ozi bilan sinab ko‘ring. Reaksiya tenglamasini yozing. Chinni kosachadagi eritmani suv hammomida yoki past olovda bug‘lating. Kosachada rangsiz, qattiq H3PO4 modda qoladi. Sovugandan so‘ng uni suvda eriting, soda bilan neytrallang va AgNO3 eritmasidan soling. Qanday cho‘kma hosil bo‘ldi? Reaksiya tenglamasini yozing. Bu reaksiyada H3PO4 qanday xosalarni namoyon qiladi?
Mashq va masalalar.

  1. O‘zining kimyoviy xossalari bilan fosfor azotdan qanday farq qiladi? Bu farqni atomlarning tuzilishi va davriy sistemadagi joylanishi asosida tushuntiring.

  2. Kalsiy gidro-, digidrofosfat, natriy fosfat, natriy va kalsiy gidrofosfatlarning grafik formulalarini yozing.

  3. Ortofosfor kislotasining bosqichli dissotsilanish reaksiya tenglamasini va bosqichli dissotsilanish konstantasi ifodalarini yozing. Ortofosfor kislotasi eritmasida qanday ionlar ko‘proq bo‘ladi? Tushuntirish bering.

Yüklə 40,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin