Laboratoriya ish №19 mavzu: Fosfor va uning birikmalarining olinishi va xossalari



Yüklə 40,74 Kb.
səhifə2/4
tarix24.12.2023
ölçüsü40,74 Kb.
#192137
1   2   3   4
LABORATORIYA ISH 19

Fosforning allotropiyasi

(ish mo‘rili shkafda o‘tkazilsin)
a) Probirkaga ozgina quruq qizil fosfordan soling, og‘zini paxta bilan berkiting. Shtativga qiya qilib o‘rnatib, past gaz alangasida qizdiring. Probirkada chiqayotgan fosforning bug‘lari yonib ketmasligi uchun, ehtiyotlik bilan qizdiring.
Probirkani sovuq qismlarida oq fosfor hosil bo‘lishini kuzating. Probirkani qorong‘i joyga qo‘yib oq fosforning nurlanishini kuzating. Shisha tayoqcha bilan probirkadan ozgina oq fosfor oling. Nima kuzatiladi? Sodir bo‘lgan reaksiya tenglamasini yozing. Bajarilgan tajribaga asoslanib, fosforning qaysi allotropik shakli kimyoviy faol ekanligi haqida hulosa qiling. (Tajribadan so‘ng probirkani laborantga topshiring).
b) Bu tajribani olovdan uzoqroqda bajaring. Filtr qog‘oz bilan quritilgan ozgina oq fosforni probirkada 1 ml serouglerdda eriting. Filtr qog‘oz bo‘lagini hosil bo‘lgan eritma bilan namlang. Filtr qog‘ozni qisqich bilan tunika yaprog‘i ustida ushlang, serouglerodning bug‘lanishini va oq fosforni alangalanishini kuzating (eritmali probirkani laborantga topshiring). Qizil fosforni ham serouglerodda erishini sinab ko‘ring, oq va qizil fosforning eruvchanligini solishtiring.

2. Fosfinning olinishi va xossalari


Kamroq miqdorda 4n HCl eritmasi solingan chinni kosachaga yoki tigelga qisqich bilan kichkina 2-3 bo‘lakcha kalsiy fosfididan Ca3P2 soling, ajralayotgan gaz va uni o‘z-o‘zidan alangalanishini kuzating. Sodir bo‘lgan reaksiya tenglamalarini yozing. Fosfor va azotning vodorodli birikmalarini barqarorligini solishtiring. (Reaksiyani ehtiyotlik bilan mo‘rili shkafda o‘tkazing. Chunki zaharli gaz ajralib chiqadi).

3. Fosfor (V) oksidining (fosfor angidridini) olinishi


(Ish mo‘rili shkafda bajarilsin)
Asbest to‘riga qo‘yilgan chinni kosachaga 0,4-0,5 g qizil fosfor soling. Kosacha ustiga taxminan 0,5 sm oraliqda quruq voronkani joylashtiring. Qizdirilgan shisha tayoqcha bilan fosforni yondiring. Voronka devorlariga qanday birikma cho‘kadi? Reaksiya tenglamasini yozing.
Hamma fosfor yonib bo‘lganidan so‘ng, voronkani shtativning xalqasiga joylashtiring va 5 a) tajriba uchun saqlab qo‘ying.




  1. Yüklə 40,74 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin