Foiz konsentratsiyali eritmalariga oid masalalar yechish



Yüklə 131,72 Kb.
səhifə1/2
tarix16.05.2023
ölçüsü131,72 Kb.
#114297
  1   2

Foiz konsentratsiyali eritmalariga oid masalalar yechish


Reja:



  1. Kirish:

Ta’lim to’g’risidagi qonun. Mavzuning maqsadi va vazifalari.
II. Asosiy qism:
II. 1. Konsentratsiya haqida umumiy ma’lumot.
II. 2. Foiz konsentratsiya
II. 3. Foiz konsentratsiyaga oid masalalar ishlash.
III. Xulosa.
IV. Foydalanilgan adabiyotlar.

Ta’lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyot sohasida ustuvor deb e’lon qilinadi.


Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;

  • ta’limning uzluksizligi va izchilligi;

  • umumiy o’rta, shuningdek o’rta maxsus, kasb hunar ta’limining majburiyligi

  • o’rta maxsus, kasb hunar ta’limining yo’nalishini: akadmik litseyda yoki kasb hunar kollejida o’qishning tanlashning ixtiyoriyligi;

  • ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi:

  • davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi:

  • ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv:

  • ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish:

Ta’lim sohasida davlat boshqaruvi organlari nodavlat ta’lim muassasalarida ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi. Nodavlat ta’lim muassasalari ta’lim to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, akkridatsiya qilgan organlar ularning faoliyatini qonun hujjatlariga muofiq to’xtab qo’yishga haqli. Nodavlat ta’lim muassasalariga qabul davlat o’quv yurtlari uchun belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi. Voyaga yetmagan bolalarning ota- onalari yoki qonuniy vakillari bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, maktabgacha, umumiy o’rta maxsus, kasb hunar ta’limi olishlari uchun javobgardirlar.
Barcha eritmalar erigan modda va erituvchidan tashkil topgan bo’ladi, bunday muhitga moddalar molekula yoki ionlar holida bir tekis tarqaladi.eritmalar tarkibining doimiymasligi ularning mehanik aralashmalarga yaqinlashtiradi, ammo o’zining bir jinsliligi bilan ulardan farq qiladi.
Erigan moddalar fazasi bilan muvozanatda bo’lgan eritma to’yingan hisoblanadi. Bular kam tarqalganligi sababli u qadar amaliy ahamiyatga ega emas. Amaliyotda to’yinmagan eritmalar, ya’ni tarkibida erigan modda konsentratsiyasi kamroq bo’lgan eritmalar ko’p ishlatiladi.
Eritmalarning asosiy miqdoriy tavsifnomasi sifatida ularning konsentratsiyalardan foyadalaniladi. Masalan, osh tuzning 10% li eritmasi, kalsiy xloridning 5% li eritmasi, sulfat kislotaning 20 % li eritmasi, natriy gidroksidning 0,1 normal, kaliy gidroksidning 1 molyar eritmalari, degan tavsiflari ko’p uchrydi. Bularning hammasida bitta assosiy tushuncha – ”eritma konsentratsiyasi ” to’g’risida so’z boradi.
Eritma yoki erituvchining ma’lum hajmida erigan moddaning miqdori eritmaning konsentratsiyasi deyiladi, yoki eritmaning biror hajm yoki massa birligida erigan modda miqdorini ko’rsatuvchi kattalik eritmaning konsentratsiyasi deyiladi va C – harfi bilan belgilanadi.
Eritmada erigan modda konsentratsiyasi yuqori bo’lganda konsentrlangan, kam bo’lganda suyultirilgan eritma deb yuritiladi.
Konsentratsiyani ifodalashning bir necha miqdoriy usullari ma’lum.
1. Foiz konsentratsiya (erigan moddaning massa ulushi (ω))– bu eritmaning 100 birlik massasida erigan moddaning massalar soni yoki grammlar soni bilan belgilanadi.
2. Molyar konsentratsiya – 1 litr eritmada erigan moddalarning mollar soni bilan belgilanadi.
3. Ekvivalent yoki normal konsentratsiya – 1 litr eritmada erigan moddaning ekvivalentlar soni bilan ifodalanadi.
4. Molyal konsentratsiya – 1000 g erituvchida erigan moddaning mollar soni bilan ifodalanadi.
Normal konsentratsiya. 1000 ml yoki 1 litr eritmada erigan moddaning ekvivalentlar miqdoriga normal konsentratsiya deyiladi. Uni shartli ravishda CN yoki N bilan ishoralanadi.
Normal konsentratsiyani hisoblash formulalari:
Cn = yoki
n (g∙ekv) = m modda / E modda va (1)
V = 1000 ml ekanlini hisobga olsak:
CN = (H) (g∙ekv/l)

yoki
CN = kabi formula kelib chiqadi (2)


Bu yerda Cn – eritmaning normal konsentratsiyasi:
M – eruvchining massasi;
E – eruvchining ekvivalenti;
V – eritmaning hajmi;
CN = (3)
Bunda ρ – modda zichligi;
w- eruvchining foiz miqdori;
E - eruvchining ekvivalenti;
Bu mavzuga oid masalalarni yechishdan oldin ekvivalent tushunchasi bilan tanishishimizga to’g’ri keladi. Moddaning ekvivalenti deb, reaksiya vaqtida 1 mol vodorod yoki 0.5 mol kislorod bilan birikadigan yoki shuncha miqdor vodorod va kislorodning o’rnini oladigan modda miqdoriga aytiladi.
Birorta elementning ekvivalentini topish uchun uning atom massasini valentligiga bo’lish kerak.
Masalan, Ar(Al) = 27, valentligi 3 ga teng, uni EAl = 27/3 = 9 bo’ladi.
Oksidning ekvivalenti uning molyar massasini kislorod bilan bog’langan element atomi sonini valentligi ko’paytmasining yig’indisiga bo’linganiga teng. Masalan, alyuminiy osid ekvivalentini topishda:
Mr ( Al2O3 ) = 54+48=102,
E Al2O3 = bo’ladi.
Asosning ekvivalenti uning molyar massasini asosning kislotaligigabo’linganiga teng.
Masalan, Ca(OH)2 ning ekvivalenti,
Mr [Ca(OH)2]=40+34 = 74,
E Ca(OH)2 = bo’ladi.
Kislotaning ekvivalentini topish uchun, uning molyar massasi asosligiga bo’linadi. Masalan,
EH2SO4= , EHCl = ;
EH3PO4 =
va hokazolar.
Tuzlarning ekvivalentini topish uchun uning molyar massasini tuz tarkibidagi metal atomi sonini uning valentligiga ko’paytirib, yig’indisiga bo’lish kerak. Masalan,
ECaSO4 = ,
EAl2(SO4)3 = bo’ladi.
Molyar konsentratsiya – 1 litr eritmada erigan moddalarning mollar soni bilan belgilanadi yoki molyar konsentratsiya bu – erigan modda miqdorining eritma hajmiga bo’lgan nisbati bo’lib, u quyidagi formula bilan ifodalanadi.
C = n(mol) / V(litr) (1)
bu yerda: C – moddaning molyar konsentratsiyasi;
V – eritmaning hajmi,
n – hajmga ega bo’lgan eritmada erigan moddaning miqdori, ya’ni ”mollar ” soni. Agar n= m / M va hajmni millilitrda ifodalasak, u holda:
C = ∙1000 bo’ladi. (2)
Bu yerda: m modda – erigan modda massasi, g;
M – erigan moddaning molyar massasi, g/mol.
Eritmaning molyar konsentratsiyasi yoki molyarlik deb, 1 litr eritmadagi erigan moddaning mollar soniga aytiladi. 1 litr eritmada 1 mol modda erigan bo’lsa, 1 molyar, 0,5 mol modda erigan bo’lsa, 0,5 molyar ertima hisoblanadi. Molyar konsentratsiya birligi – mol/m3 yoki mol/l bilan ifodalanadi. Molyar konsentratsiyani M harfi bilan belgilanadi. Masalan, 0,2 M yozuvi molyar konsentratsiyasining 0,2 mol/l ga tengligini ifodalaydi.
Bundan tashqari eritmaning molyar konsetratsiyasi quyidagi formula asosida topiladi.
CM = (3)
Bu yerda Cm = eritmaning molyar konsentratsiyasi;
m1 = erigan moddaning massasi;
M = erigan moddaning molar massasi;
V = eritmaning hajmi;
CM = (4)
Bunda ρ – modda zichligi;
w- eruvchining foiz miqdori;
M - erigan moddaning molar massasi;
1l eritmadagi erigan moddaning mollar sonini molyar kontsentratsiyasi (Cm) bilan ifodalanadi.
1 litr eritmada 1 mol modda erigan bo’lsa bir molli yoki molyar eritma deyiladi va 1M deb belgilanadi. Agar 1 litr eritmada 0,1 mol modda erigan bo’lsa,-detsilmolyar eritma deyiladi va 0,1M deb belgilanadi va x.k.
Cm , bunda n-erigan moddaning mol miqdori yoki Cm  , bunda m-modda massasi,(g); M-uning molekulyar massasi; V-eritma xajmi(litr)
Misol. 2,5 g natriy gidroksidi bo’lgan 250 ml eritmaning molyar kontsentratsiyasini aniqlang.
Echish. M(NaOH)40gmol
Sm Cm 0,25 moll
Agar, H2SO4 ning 0,5 mol/l konsentratsiyali eritmalar deyilsa, har bir litr eritmada 0,5 mol yoki (0,5 ∙98 = 49 g) H2SO4 erigan degan ma’noni tushunish kerak.
Molyar konsentratsiyaga doir masalalar ishlash.
1 - Masala. 300 ml eritmada 6 g NaOH erigan bo’lsa, shu eritmaning molyar konsentratsiyasini hioblang.
Berilgan:
Veritma = 300 ml
mNaOH = 6 g
MNaOH = 40 g / mol
C M = ?
Yechish. (1 - usul) Proporsiya usuli bilan hisoblash.
300 ml eritmada 6 g NaOH 6/ 40 = 0,15 mol
Agar 300 ml eritmada 0,15 mol NaOH bo’lsa, shu eritmaning 1000 ml da Cm bo’ladi.
Bundan;
CM = = 0,5 mol = 0,5 M
kelib chiqadi.
2 – Masala: 400 ml eritma tarkibida 41 g Ca(NO3)2 bor. Eritmaning molyar konsentratsiyasini toping.
Berilgan:
V = 400 ml;
m Ca(NO3)2 = 41 g;
M Ca(NO3)2 = 164 g
CM = ?
Yechish: (1 - usul)
CM = (3)
formuladan foydalangan holda berilgan sonlarni o’rniga qo’yib hisoblaymiz.
CM = = 0,625 M
Yechish: (2 - usul); Proporsiya usulidan foydalanamiz.
1 litr eritmada 164 g Ca(NO3)2 bo’lsa, 1 molyar. 400 ml eritmada 41 g Ca(NO3)2 necha molyar ekanligini hisoblaymiz.
1000 – 164 g -1 M
400 ml – 41 g – x M
x = = 0,625 M
3 – Masala. 0,125 Molyar eritma hosil qilish uchun 250 ml eritmada necha gramm CuSO4∙5H2O eritish kerak.
Berilgan:
CM = 0,125 mol/l
V = 250 ml
M modda = 250 g/mol
mmodda = ?
(1 -usul). Yechish: Molyar konsentratsiyasinini topish formulasi asosida hisoblaymiz bunda;
CM = (3)
Formuladan m ni topib olamiz.
mmodda = ;
mmodda = = 7,81 g
demak, 7,81 g mis ko’porusi kerak bo’ladi.
(2 - usul)
C = (1)
Formuladan foydalanib n ni topib olamiz. Bunda ml ni litrga aylantiramiz.
n = C ∙ V
n = 0,125 ∙ 0,25 = 0,03125 mol
topilgan mol asosida mis ko’porusini massasini topamiz.

1 250 g

0,03125 x
x = 7.81 g CuSO4∙5H2O

4 – masala. Konsentratsiyasi 1,5 mol/l bo’lgan 3,1 l eritma tarkibida necha kg alyuminiy sulfat bor?


Berilgan:
CM = 1,5 mol/l
V = 3.1 l
MAl2(SO4)3 = 342
m= ?
Yechish: 1 – usul.

  1. Mr [Al2(SO4)3 ] = 342;

  2. Proporsiya usulidan foydalangan holda Al2(SO4)3 ni massasini topamiz.

1 l : 342 = 3,1 l : x;
x = = 1060,2 g Al2(SO4)3
3. 1 M eritmada 1060,2 g tuz bo’lsa, 1,5 l eirtmada x g tuz bo’ladi.
1:1060,2 = 1,5 : x1;
x1 = = 1590g.
Demak, 1,5 mol/l 3,1 l eritmada 1590 g (1,59 kg ) Al2(SO4)3 bor.
2 – usul. : Molyar konsentratsiyasinini topish formulasi asosida hisoblash bunda;
CM = (3)
Formuladan m ni topib olamiz.
mmodda = CM ∙ M ∙V asosida hisoblanadi. Bunda C – 1,5 mol/l
Mr [Al2(SO4)3 ] = 342; V = 3,1 l;
m = 1,5∙ 342 ∙ 3,1 = 1590 g.
3 – usul. 1. 1 mol : 342 = 1,5 : x;
x = = 513 g.
2. 1 l (1,5 mol/l ) eritmada 513 g Al2(SO4)3 bo’lsa, 3,1 l eritmada x tuz bo’ladi.
1: 513 = 3,1: x;
X= = 1590 g yoki 1,59 kg.
5 – masala. Massasi 11,2 g bo’lgan kaliy gidroksidi suvda eritildi va hajmi 200 ml gacha yetkazildi. Hosil bo’lgan eritmaning molyar konsentratsiyasini aniqlang.
Yechish. 1 – usul. Erigan KOH ning miqdori hisoblab topiladi.
n(KOH) = ;
m (KOH) = mol = 0,2 mol.
C = (1);
formuladan foydalanib, eritmaning molyar konsentratsiyasi aniqlanadi. (200 ml = 0,2 l):
C = mol/l = 1mol/l.
2 – usul. Molyar konsentratsiyasinini topish formulasi asosida hisoblash bunda;
CM = (3)
Endi formulaga berilgan qiymatlarni joylashtirib chiqsak,
CM = = 1 mol/l
6 – misol. Massasi 42,6 g bo’lgan natriy sulfatni massasi 300 g bo’lgan suvda eritilishidan hosil bo’lgan eritmaning zichligi 1,12 g/ml bo’lsa, shu eritmaning molyar konsentratsiyasini aniqlang.
Yechish. 1 – usul. Hosil bo’lgan eritma massasi aniqlanadi.
m = m ( Na2SO4 ) + m ( H2O );
m = (42,6 + 300 ) = 342,6 g.
Eritmaning hajmi hisoblab topiladi.
V = ; V = ml = 306 ml 0,306 ml
Natriy sulfatning miqdori:
n(Na2SO4) = :
n= mol = 0,3 mol.
Eritmaning molyar konsentratsiyasi:
C = = mol/l = 0,98 mol/l.
2 –usul.
Yechish. 1. CM = (3) dan foydalanib topamiz.
2. Eritma tayyorlab olamiz.
m = m ( Na2SO4 ) + m ( H2O );
m = (42,6 + 300 ) = 342,6 g.
Berilgan zichligi asosida eritmaning hajmi hisoblab topiladi.
V = ;
V = ml = 306 ml = 0,306 l
3. Endi (3) ga qo’yib hisoblab chiqamiz.
CM = mol/l = 0,98 mol/l.
7 -Misol. 500 ml 0,1M kaliy bixromat K2Cr2O7 eritmasini tayyorlang.
Echish. K2Cr2O7 ni molyar massasi 294 g mol.
Berilgan xajmda va konsentrasiyali eritma tayyorlash uchun zarur bo’lgan K2Cr2O7 ni massasini hisoblaymiz:
Sm , bunda
m Sm  M  V
m0,12940,514,7; m14,7g
8 - Misol. 100 ml 1 M temir (III) xlorid FeCl3 eritmasida xlor-ionlarini kumush xlorid holida to’la cho’ktirsh uchun 1 M kumush nitrat AgNO3 eritmasidan qancha xajmda qo’shish kerak?
Echish. Reaktsiya tenglamasidan
FeCl3  3AgNO3  Fe(NO3)3  3AgCl
ma`lumki, 1 mol FeCl3 ga 3 mol AgNO3 to’g`ri keladi. Berilgan eritmalrini molyar kontsentratsiyalari bir xil bo’lganligi sababli teng xajmdagi eritmalarda teng mollar soni bo’ladi.
Demak, 100 ml FeCl3 eritmasiga 300 ml AgNO3 eritmasidan qo’shish kerak.
9 - Misol. 20 ml 0,5 M mis (II) sulfat eritmasidan hamma mis ionlarini Cu(OH)2 holida chktirish uchun qancha xajm 2 M NaOH eritmasidan olish kerak?
Echish. Reaktsiya tenglamasidan
CuSO4  2NaOH  Cu(OH)2  Na2SO4
ma`lumki, 1 mol CuSO4 ga 2 mol NaOH to’g`ri keladi. Demak, 20 ml 0,5 M CuSO4 eritmasiga teng kontsentratsiyali NaOH eritmasidan 40 ml qo’shish lozim bo’ladi. Lekin, NaOH eritmasini molyar kontsentratsiyasi CuSO4 eritmasining molyar kontsentratsiyasidan qancha katta bo’lsa, shuncha kam xajmda NaOH eritmasi kerak bo’ladi.
bunda X
x  10 ml 2 M NaOH eritmasidan qo’shish kerak
Normal konsentratsiyaga doir masalalar ishlash.
1- misol. 48,8 g BaCl2∙2H2O kristallgidratini suvda eritib uning hajmi 500ml ga yetkaziladi. Hosil bo’lgan eritmaning normal konsentratsiyasini aniqlang.
Berilgan:
M BaCl2∙2H2O = 48,8 g;
V = 500 ml;
N = ?
Mr (BaCl2∙2H2O) = 244;
Yechish. Kristallgidratni ekvivalentini topib olamiz.
Mr (BaCl2∙2H2O) = 244,
Etuz = ga teng.
122 : 1 ekv = 48,8 : x;
x = ekvivalent.
BaCl2 ning ekvivalenti quyidagicha topiladi.
500 ml eritmada : 0,4 = 1000 : x1,
x1 = = 0,8 ekv.
Demak, eritmaning normalligi: CN = 0,8 ekv/l ekan.
2 – misol. 450 ml 1,5 normalli kaliy sulfat eritmasini tayyorlash uchun qancha tuz olish kerak.
Berilgan:
V = 450 ml
N = 1,5 n
Mr (K2SO4) = 174
Yechish: (1 - usul) Kaliy sulfatning tegishli ekvivalentini topib olamiz.
1000 ml : 1,5 : 450 : x1,
x = = 0,675 ekv
Kaliy sulfatning miqdori Mr (K2SO4) = 78 + 98 = 174
ekanligidan foydalanib,
E K2SO4 = = 87, 87 ∙ 0,675 = 58,725 g tuz olish kerak.
(2 – usul) Kaliy sulfatning ekvivalentini topib, uni normal konsentratsiyani topish formulasiga qo’yamiz.
Mr (K2SO4) = 174 E K2SO4 = = 87
1000 ml – 87 – 1 N
450 ml – x – 1,5 N
x = = 58,725 g tuz olish kerak.
(3 - usul)
CN =
formuladan m (modda) ni topib olamiz.
Mmodda =
E K2SO4 = = 87 g∙ekv bo’ladi.
Qiymatlarni o’rniga qo’yadigan bo’lsak

Mmodda = = 58,725 g tuz olish kerak.


3 – misol. 0,4 l 0,2 n KOH eritmasini tayyorlash uchun, 2 n KOH eritmasidan necha ml olish kerak?


Berilgan:
V1 = 0,4 l
N1 = 0,2 n
N2 = 2 n
V2 = ?
Yechish. (1 -usul). KOH ning tegishli ekvivalenti aniqlanadi.
1 l 0,2 n KOH : 0,2 ekv, KOH = 0,4 l ∙0,2 n : x;
x = = 1,08
ekvivalent KOH mavjud.
1l 2n eritmada : 2 ekv = x1 : 0,08 : x1;
x = = 0,04 l eritma.
Javob: 0,04 l yoki 40 ml.
2 –usul. Yechish. Bu tipdagi masalalarni yechish uchun quyidagi formuladan foydalanamiz.

V1 = 1 – eritmaning hajmi litr hisobida.
V2 = 2 – eritmaning hajmi litr hisobida.
Cn-1 = 1 – eritmaning normal konsentratsiyasi.
Cn-2 = 2 - eritmaning normal konsentratsiyasi.
Berilgan:
V1 = 0,4 l
Cn-1 = 0,2 n
Cn-2 = 2 n
V2 = ?
Yuqorida berilgan formuladan V2 ni topib olamiz.
V2 =
V2 = = 0.04 l
4 – misol. 10 l 0,5 n li eritma tayyorlash uchun qancha mis ko’porusi kerak bo’ladi?
Berilgan:
V = 10 l
N = 0,5 n
M CuSO4∙5H2O = 250g/mol
m= ?
Yechish. (1 -usul). Mis ko’porusining tegishli ekvivalentini topib olamiz.
1l : 0,5 : 10 l : x1
x1 = = 5 ekv;
Mis ko’porusining miqdori
Mr (CuSO4∙5H2O) = 160 + 90 = 250
ekanligidan foydalanib,
E CuSO4∙5H2O = = 125, 125 ∙ 5 = 625 g tuz olish kerak.
(2 – usul) Mis ko’porusining ekvivalentini topib, uni normal konsentratsiyani topish formulasiga qo’yamiz.
Mr (CuSO4 ∙5H2O) = 250 ECuSO4∙5H2O = = 125
1 l – 125 – 1 N
10l – x – 0,5 N
x = = 625 g tuz olish kerak.
(3 - usul)
CN =
formuladan m modda ni topib olamiz.
Mmodda =
E CuSO4 = = 125 g∙ekv bo’ladi.
Qiymatlarni o’rniga qo’yadigan bo’lsak

Mmodda = = 625 g tuz olish kerak.


5 –misol. 10 ml H2SO4 eritmasidan 0,245g erigan modda bo’lsa, uning normalligi qanday bo’ladi?
Berilgan:
M H2SO4 = 0,245 g;
V = 10 ml;
N = ?
Mr (H2 SO4) = 98;
Yechish. Sulfat kislotani ekvivalentini topib olamiz.
Mr (H2SO4) = 98,
Etuz = = 49 ga teng.
Normal konsentratsiyani hisoblash formulalari:
Cn = yoki
n (g∙ekv) = m modda / E modda va (1)
V = 1000 ml ekanlini hisobga olsak:
CN = (H) (g∙ekv/l)
yoki
CN = kabi formula kelib chiqadi (2)
va shu formulaga qo’yib hisoblaymiz.
CN = = 0,5 n.
6 –misol. 500 ml 0,25 n li eritma tayyorlash uchun sarflanadigan 2 n li KOH eritmasining hajmini aniqlang.
Berilgan:
V1 = 500 ml = 0.5 l
Cn-1 = 0,25 n
Cn-2 = 2 n
V2 = ?
Yechish. Berilgan(1) formuladan V2 ni topib olamiz.
(1)
V2 =
V2 = = 0.0625 l = 625 ml.

7 – misol. 500 ml 3 n li eritmani suyultirib, 0.5 n li eritmaga aylantirish uchun uning hajmini qanchaga yetkazish mumkin?


Berilgan:
V1 = 500 ml = 0.5 l
Cn-1 = 3 n
Cn-2 = 0,5 n
V2 = ?
Yechish. Yuqorida berilgan formuladan V2 ni topib olamiz.
V2 =
V2 = = 3 l
Javob: 3000 ml yoki 3 l ga yetkazish mumkin.
8 – Misol. 200 ml xajmda 1,96 g sulfat kislotasi bo’lgan eritmani normal kontsentratsiyasini hisoblang.
Echish. M (H2SO4)  98 gmol; E(H2SO4)12 mol
me (H2SO4)  98 12  49: me 49g
Cn  n

Berilgan normal kontsentratsiyali eritmalarni tayyorlash.


Berilgan normal kontsentratsiyali eritmani tayyorlash molyar eritmalarni tayyorlashga o’xshash. Faqat bu xolda molyar massa o’rniga ekvivalent massa olinadi.
9-Misol. 250 ml 0,1 n K2SO4 eritmasini tayyorlang. M(K2SO4)  174gmol,
E(K2SO4)  12 mol, me(K2SO4)1741287 g.
Formula orqali 250 ml 0,1 n eritmasi tayyorlash uchun kerak bo’lgan K2SO4 massasini hisoblaymiz:
Cn  , bunda
m Cn  me V 0,1  87  0,25  2,175; m 2,175g
Ko’pincha, amalda eritma tarkibini ifodalashni bir usulidan ikkinchi usuliga o’tishga to’g`ri keladi. Masalan, eritmalarni massa ulushi va molyalligi eritma va erituvchining ma`lum massasiga ta`luqli. Molyar va normal kontsentratsilar eritmani xajmiga bog`liq. SHuning bir usulidagi kontsentratsiyada ikkinchisiga o’tishi uchun eritmaning zichligidan foydalaniladi.
Misol: 20% li H2SO4 eritmani zichligi 1,14 gsm3 ga teng. SHu eritmaning Cm, Cn va Cml kontsentratsiyalarini aniqlang
Echish. Cm va Cn kontsentratsiyalarini topish uchun 1l eritmaning massasini bilish kerak.
Me-ma=Ve-mag  1000 ml 1,14 gml  1140. Bir litr 20% eritmadagi H2SO4 massasi m(H2SO4) 1140 0,2228 g
Endi Cm aniqlash uchun 228 g dagi H2SO4 ning mollar sonini Sn-uchun ekvivalent massasini topish kerak.
M(H2SO4)  98 gmol, me(H2SO4) 981249g
Demak, C(m) ; C(n)
yoki Cn  Cm  2  2,33  4,66.
Eritmaning molyal (Cml) kontsentratsiyasini aniqlash uchun uni massasini, keyin 1000 g erituvchida erigan moddaning miqdorini topish kerak, Berilgan ma`lumotlardan ma`lumki, har bir 100 g 20% eritmada 20 g H2SO4 va 80 g H2O bor. Demak, 80 g H2O da 20 g H2SO4 bor bo’lsa 1000 g H2O da xg H2SO4 bo’ladi.

X ; X 250g


Endi 250g H2SO4 dagi mollar sonini (modda miqdorini) topamiz:


Cml

Eritma kontsentratsiyasini ifodalashni bir usulidan boshqa usulga qayta hisoblash uchun fizik kattaliklarni o’zaro bog`liqlik formulalaridan foydalanish mumkin.


W(%), Cm, Cn va Cml kattaliklar quydagicha o’zaro bog`langan:
Cm
Cn
Cml
Bunda g-eritmaning zichligi, gsm3;
W-eritmadagi moddaning massa ulushi, %;
M-erigan moddaning molyar massasi, gmol;
me-erigan moddaning ekvivalent massasi, g;

Xulosa: Eritmalar barchasi xayotimiz uchun juda zarur va kerakli hisoblanadi. Deyarli barcha sohalarda, har xil sanoat texnikasida, kimyo ishlab chiqarish korxonalarida,oziq-ovqat sanoatida, kiyim-kechak, dorishunoslikda, neft va boshqa ko’pgina sohalarda salmoqli ravishda ko’p yillardan buyon ishlatilib kelinmoqda.
Eruvchanlikni o’rganar ekanmiz, ularning noyob xususiyatlarini gapirib o’tmay ilojimiz yo’q. Ba’zi korxona va zovodlarni eritmalarsiz ta’savur qilib bo’lmaydi. Har bir fanni o’qir ekanmiz avval nazariy so’ngra amaliy ishlar natijasida takomillashtirib boramiz. Eruvchanliknining xossalarini o’rganishda ham xuddi shu yo’ldan foydalanmoq kerak deb o’yliman.
Avvalombor eruvchanlikning xossalarini mukammal egallab, so’ng esa egallagan bilimlarimizni mustahkamlash uchun topshiriq,masala va mashqlarni yechib o’rgansak,bilimimiz yanada takomillashgan bo’lar edi. Ayniqsa masala yechishga alohida to’xtalib o’tish zarur.Masala yechish natijasida eruvchanlik xossalarini yanada chuqurroq o’rganishga imkoniyat yaratiladi.
Asosan masalalar 3 xil usulda yechiladi.
Kimyoviy usul.
Arifmetik usul.
Algebraik usul.
Har bir usulda metallarning xossalariga oid masala yechib shunga amin bo’lish mumkinki, eritmalar va eruvchanlikni o’rganish cheksiz ya’ni chegara bilmaydi. Har bir usulda yechilgan masalalarda eruvchanlikning o’ziga xos xossalari namoyon bo’ladi. Masala yechishimizdan saosiy maqsadimiz shuki o’rgangan eruvchanlik mavzusini chuqurroq,mukammalroq egalashimizdir.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki nafaqat eruvchanlik balki har bir mavzuni o’qib nazariy bilimga ega bo’lganimizdan so’ng,albattda amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish va masala,mashq,topshiriq va tenglamalarni yechish bilan olgan bilimlarimizni yanada mustahkamlashimiz zarurdir. Shundagina biz kutilayotgan yuksak natijalarga erishamiz deb o’yliman.
Barcha o’quvchi va talabalarni o’zlarini olgan bilimlarini mustaxkamlash uchun faqatgina nazariy qism bilan chegaralanib qolmaslik kerak ekanligini , amaliy yo’l bilan ham o’zlarining onglarini charxlab borishga undab qolaman.

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 6 apreldagi “O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 20 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g’risidagi” qarori

Yüklə 131,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin