Book · January 022 citations reads 484 author


Nutqning so‘zlovchi va tinglovchining madaniy saviyasiga ko‘ra



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

Nutqning so‘zlovchi va tinglovchining madaniy saviyasiga ko‘ra 
xoslanishi. 
Nutqiy muloqotninng qanday kechishi, unda lisoniy vositalarning qay 
birinining qo‘llanilishi, bu vositalar muloqot ishtirokchilariga qanday ta’sir etishi 
muloqotning tarkibiy qismlari bo‘lmish – ichki va tashqi omillarining o‘zaro 
hamkorligi bilan belgilanadi. Bunda eng kichik bir xususiyat ham juda kuchli – 
ba’zan hal qiluvchi ta’sir kuchiga ega. Shuning uchun nutqiy muloqot 
ta’sirchanligini ta’minlash uchun “ikkinchi darajali” narsa bo‘lishi mumkin
emas – muloqot tarkibiy qismlarnining garmoniyasi, simmetriyasigina uning 
ta’sirchanligi va mukammalligini ta’minlaydi. Nutqning xarakteri so‘zlovchi va 
tinglovchining madaniy saviyasi bilan ham uzviy bog‘liq. Shuning uchun 
muloqot shakl va tarzini belgilashda, tasnif etishda kommunikantlar saviyasi 
muhim asoslardan bo‘lib xizmat qila oladi. 
So‘zlashuv nutqida noverbal vositalarning qo‘llanishi. 
Uzatilayotgan 
axborot tilning muayyan qonun-qoidalari asosida shakllangani (intralingvistika) 
uning matn talablariga javob berishini bildiradi, axborotning adresant tomonidan 
adresatga 
uzatilishida 
kommunikant-larning 
o‘zaro 
munosabatlari 
(ekstralingvistika) katta ahamiyatga molik bo‘ladi. 
Kommunikativ aktda ishtirok etuvchilar – shaxslarning tiplari, ularning 
psixologik, 
sotsiologik, 
milliy, 
mantiqiy, 
etik, 
etnolingvistik, 
mental 
xususiyatlarini aniqlash va shu asnoda lisoniy shaxs tipologiyasini o‘rganish ichki 
va tashqi lingvistikaning mushtarak holda kommunikatsiyaga xizmat qilishini 
anglatadi.
Bu esa nuqtiy akt, nutq uslubi, nutqiy taktika va strategiya, nutqiy situatsiya, 
kommunikantlar o‘rtasidagi hamkorlik (hurmat, mulozamat, e’zoz; kinoya, 
e’tiborsizlik, mensimaslik...), noverbal va supersegment vositalar kabi 
masalalarni ko‘rib chiqishni taqozo etadi.

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin