Book · January 022 citations reads 484 author



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213



See discussions, stats, and author profiles for this publication at: 
https://www.researchgate.net/publication/358242350
D.Elova, G.Safarova SOTSIOLINGVISTIKA
Book
· January 2022
CITATIONS
0
READS
484
1 author:
Safarova Guzal
Alisher Navoiy nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
9
PUBLICATIONS
2
CITATIONS
SEE PROFILE
All content following this page was uploaded by 
Safarova Guzal
on 31 January 2022.
The user has requested enhancement of the downloaded file.



 
D.Elova, G.Safarova 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
SOTSIOLINGVISTIKA
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS 
TA’LIM VAZIRLIGI 
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK 
TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI 
 
 
 
D.Elova, G.Safarova 
 
 
 
 
 
 
SOTSIOLINGVISTIKA 
O‘quv-uslubiy qo‘llanma 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent – 2021 



UDK..... 
Elova Dilrabo, Safarova Go‘zal 
Sotsiolingvistika // o‘quv-uslubiy qo‘llanma // Toshkent – 2021, 100 b. 
Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanma filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili 
hamda o‘zbek tili va adabiyoti bakalavr yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. 
O‘quv- uslubiy qo‘llanma “Sotsiolingvistika” fani bo‘yicha Alisher Navoiy 
nomidagi o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv 
dasturi (2020-yil) asosida yaratildi. O‘quv-uslubiy qo‘llanmani yaratishda 
sohaning yetakchi mutaxassislari Hamidulla Dadaboyev, Zulxumor Xolmonova, 
Laylo Raupova, Shoira Usmonova va boshqalarning sotsiolingvistikaga doir 
darslik hamda ilmiy manbalaridan unumli foydalanildi. O‘quv-uslubiy qo‘llanma 
sohaning barcha bakalavr yo‘nalishdagi talabalari, mutaxassislar hamda 
qiziquvchilarga mo‘ljallandi. 
Mas’ul moharrir: 
Laylo Raupova, 
filologiya fanlari doktori, professor 
 
Taqrizchilar: 
Ikrom Islomov, 
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
G‘ofir Hamrayev, 
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
O‘quv uslubiy qo‘llanma Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek 
tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 
Kengashining 2021-yil 5 maydagi 9-sonli qarori bilan foydalanishga tavsiya 
qilingan.
Elova D., Safarova G., 2021. 
… nashriyot, 2021 



 
SO‘ZBOSHI 
 
Jahon tilshunosligida lisoniy imkoniyatlarning amaliy voqelanishi, undan 
samarali foydalanish masalalari bilan shug‘ullanuvchi amaliy tilshunoslikning 
sotsiolingvistika, 
etnolingvistika, 
psixolingvistika, 
pragmalingvistika, 
lingvokognitologiya, 
lingvokulturologiya, 
neyrolingvistika, 
kompyuter 
lingvistikasi, korpus lingvistikasi kabi zamonaviy fan yo‘nalishlari aspektida 
sohaga tegishli dolzarb muammolarning hal etilayotganligi ahamiyatga molikdir. 
Dunyo tilshunosligida tilning amaliy, nutq, jamiyat, madaniyat, milliy tafakkur, 
hatto sun’iy intellekt bilan uzviy munosabatini tekshirayotgan yangi 
yo‘nalishlarning allaqachon shakllanib bo‘lganligi fanimiz oldiga yangi 
vazifalarni qo‘ymoqda. D. Elova va G. Safarovalar tomonidan tayyorlanilgan 
o‘quv-uslubiy qo‘llanma mazkur yo‘nalishlarga daxldorligi bilan ahamiyatlidir. 
Tilshunoslik atamalari lug‘atida ta’kidlanishicha: “Sotsiolingvistika (lot. soci 
(etas) – jamiyat + lingvistika) tilshunoslikning tilni ijtimoiy yashashi va ijtimoiy 
taraqqiyot sharoitlarini o‘rganuvchi sohasi. Sotsiologiya va lingvistikaning 
sintezidan iborat bo‘lgan bu soha til bilan ijtimoiy hayot faktlari aloqasi
nolisoniy omillar ta’sirida til taraqqiyotidagi faol jarayonlar; radio, televideniye, 
kino kabilarning keng tarqalishi bilan tilning og‘zaki va yozma shakli o‘rtasidagi 
nisbatning o‘zgarishi, til siyosatini yuritishning vazifa va shakllari; keng xalq 
ommasining nutq madaniyatini ko‘tarish kabi muammolar bilan shug‘ullanadi. 
Ilmiy adabiyotlar tahliliga ko‘ra sotsiolingvistik kompetensiya, ijtimoiy-madaniy 
kompetensiyani o‘z ichiga olib, autentik nutqning milliy xususiyatlarini: o‘zi 
yashayotgan mamlakatning urf-odatlari, qadriyatlari, marosimlari va boshqa 
milliy-madaniy xususiyatlarini bilish hamda tili o‘rganilayotgan mamlakat bilan 
taqqoslagan holda taqdim eta olish qobiliyatini nazarda tutadi. Ya’ni mos 
kommunikativ vaziyatda diskurs tanlay olish; yuzaga kelgan muammoning 
mohiyatini tushuntira olish va mijozga zaruriyat tug‘ilganda rozilik borasidagi 
xizmatni taqdim qiluvchi shaxsga tushuntira bilish; til shakllarini tanlay bilish va 
ularni nutqiy mavzu bo‘yicha kommunikativ vaziyatlar doirasida kasbiy matnga 
muvofiq tarzda qo‘llay olish va o‘zgartirish; til egalarida hayratlanish yoki 
achchiqlanishni uyg‘otmaydigan, ular uchun tabiiy, odatiy sanalgan muomalada 
muloqot qila olish kabilarni o‘zida mujassam etadi. Bir so‘z bilan aytganda, 
sotsiolingvistika jamiyatshunoslik va tilshunoslik kesishgan nuqtada paydo 
bo‘lgan soha sifatida tilning asoslarini jamiyatdan, jamiyatning asoslarini tildan 
qidiradi, ijtimoiy-siyosiy omillarning tilga ta’siri va yana boshqa masalalarni 
tekshiradi. Tadqiqotlarda sotsiolingvistikaning rasman AQShda shakllangani ko‘p 
aytilsa ham, uning markaziy masalasi bo‘lgan til va jamiyatning o‘zaro ta’siri, 



tilning jamiyatda tutgan o‘rni, milliy tillar va davlat tili, til siyosatiga doir 
qarashlar hind, yapon, ingliz, nemis va chex tilshunosliklarida sotsiolingvistika 
nomi ostida bo‘lmasa-da, o‘rganilgan edi. Amerika tilshunosi U. Labov 
faol sotsiolingvistik tadqiqotlar ko‘p tilli Hindistonda hindiyni yagona davlat 
tiliga aylantirish g‘oyasi bilan bog‘liq vaqtlardayoq boshlanganini qayd etadi. 
O‘zbek tilshunosligida tilning ijtimoiy tabiati, jamiyatning tilga ta’siri masalasiga 
o‘tgan asrning 80-yillarida “Tilshunoslikka kirish” qo‘llanmasida alohida 
to‘xtalgan bo‘lsa ham, til va jamiyat muammolari ancha avvalroq tilga olina 
boshlangan. Fitrat, Elbek, Botu singari jadidlarning asarlarida bu masala 
xususidagi qaydlar bor. Tilshunos olim S. Mo‘minovning “O‘zbek muloqot 
nutqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari” nomli doktorlik dissertatsiyasini 
sotsiolingvistik aspektdagi ilk ish sifatida qayd etish mumkin. Ilmiy-nazariy 
manbalar tahlili shundan dalolat beradiki, sotsiolingvistikada tilning uch vazifasi 
mavjud bo‘lib, ular tayanch, etnoijtimoiy va ijtimoiy tarzida tasnif etiladi. Bu 
o‘rinda uning tayanch funksiyasi – aloqa qilish, etnoijtimoiy-turli etnik tillar 
vositasida ijtimoiy-etnik tarixiy va hozirgi davr voqea-xodisalar; ijtimoiyda esa u 
yoki bu xalqning tarixi, urf-odatlari va ularning an’analari boshqa xalqlar urf-
odatlari, an’analari, rasm-rusumlari, turmush tarzi bilan o‘xshashliklari hamda 
farqi, madaniyati, san’ati, adabiyoti, iqtisodiy holati, milliy boyligi, shevalari va 
boshqa jihatlari ifoda etiladi. Anglashiladiki, sotsiolingvistik kommunikatsiya 
shakllari quyidagicha tasnif etiladi: ta’lim jarayonida, oila muhitida; ijtimoiy 
guruhlar ichida; turar joylarda, vaqtinchalik jamoa ichida; ta’lim muassasalari 
ichida, ishlab chiqarish jamoasi ichida; keng xalq ommasi, jamoatchilik ichida; 
millatlararo, etnik guruhlararo; halqaro ya’ni umuminsoniyat ichida; yosh 
toifalariga ko‘ra fuqarolararo; shaxslararo; kundalik maishiy hayotda. Tadqiqotlar 
jarayonida sotsiolingvistik kompetentlikni shakllantirishda maqsadni to‘g‘ri 
qo‘yish, ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etishni aniq loyihalashtirish, 
o‘zga tilda aytiladigan fikrlarni eshitish va tushunishga o‘rganish, suhbatdosh 
tilida to‘g‘ri, aniq va ravon muloqot olib borish; fikrlar almashinuvida muloqot 
madaniyatiga ega bo‘lish; natijani doimiy manitoring qilib borish, tashxislash, til 
o‘rganish va o‘rgatish texnikasini chuqur bilish, pedagogik jarayonni to‘g‘ri 
tashkil etish va boshqarish malakasiga egalik, linsoniy muhit yarata olish 
texnikasini bilish kabi indikatorlar aniqlanishi va ular tajriba-sinov ishlari 
jarayoniga tatbiq etilishi lozim.
Mazkur o‘quv-uslubiy qo‘llanma “Sotsiolingvistika” fanidan O‘zbek tili va 
adabiyoti ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan o‘quv dasturi asosida ishlab 
chiqilgan. “Sotsiolingvistika” fanining maqsadi tilning ijtimoiy tabiati, til bilan 
jamiyatning o‘zaro bog‘liqligi, lisoniy vaziyatlar, tilning funksional tasniflari, 
sotsiolingvistikada savodxonlik masalalari haqida ma’lumot berishdir. Mualliflar 



D. Elova va G. Safarovalar mana shu maqsadni to‘g‘ri anglagan holatda bugungi 
kungacha fan doirsaida amalga oshirilgan tadqiqotlarni o‘rganib chiqishgan. 
Xususan, 
o‘quv-uslubiy 
qo‘llanmani 
tayyorlashda 
tilshunos 
olimlar
H. Dadaboyev, Z. Xolmonova, Sh. Usmonova, N. Bekmuxamedovalarning ilmiy 
nashrlaridan 
unumli 
foydalanishgan. Shuningdek
mavjud 
manbalardan 
foydalanish bilan birga ularni mantiqan to‘ldirishga harakat qilishgan. Ayniqsa, 
fan doirasida talabalarning mustaqil ishlashlari uchun tavsiya etilgan didaktik 
matnlar, testlar, savol va topshiriqlar o‘quv-uslubiy qo‘llanmaning yutug‘i bo‘la 
olgan. Yana bir alohida e’tirof etish mumkin bo‘lgan holat: o‘quv-uslubiy 
qo‘llanmada sotsiolingvistik metodlar haqida alohida to‘xtalingan. Mualliflar 
tomonidan yoritilgan muammoning o‘ziga xos muhim ahamiyati shundaki, 
mazkur o‘ziga xoslik ishning har qanday fanda, jumladan, tilshunoslikda, alohida 
mavqega ega bo‘lgan ilmiy tadqiqot metodlari masalasiga bag‘ishlanganligi bilan 
bog‘liqdir. Yunon olimi Arximedning: “Tayanch nuqtani bering, men richag bilan 
Yerni ko‘taraman” degan gapi bejiz emas: har bir tadqiqotchi uchun 
metodologiya, dunyoqarash tayanch nukta bo‘lsa, uning “richag”i tadqiq 
metodlari, o‘rganish manbaining ayrim-ayrim qirralarini tavsiflash usul, yo‘l va 
vositalaridir. Ongli, puxta o‘zlashtirilgan va o‘qilgan tadqiq metodi bilan 
qurollanmagan olimni ish qurollariga ega bo‘lmagan va nima qilishi kerakligini 
bilmagan “ustahunarmand”ga qiyoslash mumkin. Aytish mumkinki, mualliflar
D. Elova va G. Safarovalarning “Sotsiolingvistika” fanidan tayyorlanilgan o‘quv-
uslubiy qo‘llanmasi fan doirasida tayyorlanilan dasturga muvofiq tuzilgan, 
uslubiy qo‘llanma talab darajasida rasmiylashtirilgan.
Ushbu o‘quv-uslubiy qo‘llanma ma’ruza materiallari (ma’ruza matni, 
adabiyotlar ro‘yxati, mustaqil ta’lim mavzulari, glossariy, keyslar banki, nazorat 
savollari) va amaliy mashg‘ulotlar materiallari (amaliy topshiriqlar, namuna, 
adabiyotlar ro‘yxati, tarqatma materiallar, keyslar banki)dan tashkil topgan.

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin