Book · January 022 citations reads 484 author



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

Makro sotsiolingvistika 
tilning u yoki bu darajada ijtimoiy omillar bilan 
shartlangan yirik ko‘lamdagi jarayonlarini o‘rganadi. Bu jarayon va munosabatlar 
jamiyatga to‘liqligicha yoki uning katta majmuasiga: ijtimoiy qatlam, etnos, etnik 
guruh kabilarga xos bo‘ladi. Masalan, tilning ijtimoiy differensiatsiyasini 
o‘rganish makro qatlamni: mazkur milliy til va uning kichik tizimlarini o‘z ichiga 
oladi.
Makroyondashuv ikki tillilikka bag‘ishlangan ko‘plab ishlarda keng 
kuzatiladi; tilni me’yorlashtirish va kodifikatsiyalash muammolari, shuningdek, 
til siyosati va lisoniy rejalashtirish masalalari ham eng avvalo, makro 
sotsiolingvistik yondashuv doirasida o‘rganiladi. Chunki bu masalalar mazkur til 
(yoki tillar)dan foydalanuvchi butun aholining yoki uning katta qismiga tegishli 
manfaatlarga taalluqli bo‘ladi. Masalan, bir davlatda yashovchi kichik elatlar 
tiliga xos siyosiy masalalarda tadqiqotchi shu etnos tilining alohida vakillari 
misolida emas, balki bu tilning u yoki bu darajada saqlanib qolganini butun etnos 
misolida o‘rganib chiqadi. Ko‘p millatli jamiyatda u yoki bu etnos tilining 
funksional xossalari, shakllari, ularning qandaydir tarkibiy qism sifatida biror bir 
milliy tilga kirganini tekshirish uchun ham mikroyondashuv talab qilinadi.
17
Журавлев В.К. Диахроническая социолингвистика (предмет, задачи, проблемы) // Диахроническая 
социолингвистика / Отв. ред. В.К. Журавлев. –М., 1993. –C. 7.


19 
Makro sotsiolingvistikaga ijtimoiy darajada o‘ta muhim – lisoniy vaziyatlar 
tahlili bilan bog‘liq muammolar ham kiradi. Jamiyatning lisoniy hayotida 
makroyondashuv asosida tadqiq qilinishi kerak bo‘lgan muammolar ko‘p. Bu 
muammolarning turli tumanligi va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini 
“Dunyoning turli hududlaridagi sotsiolingvistik muammolar” nomli yirik 
to‘plamga murojaat qilib ham bilib olish mumkin.
Ikki tillilik muammosi ham makro sotsiolingvistikada o‘rganiladi. Tilning 
sayqallanishi va uni kodlashtirish; til siyosati va tilni prognozlashtirish 
muammolari makro sotsiolingvistikaning obyekti hisoblanadi.
Lisoniy 
vaziyatlarning 
tahliliga 
bog‘liq 
muammolar 
ham 
makro 
sotsiolingvistika doirasida o‘rganiladi. Biror bir ijtimoiy-kommunikativ tizimning 
muloqot sohalariga bo‘linishi, kommunikativlik darajasini aniqlash kabilar shular 
jumlasidandir.

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin