28
TILNING RIVOJLANISH OMILLARI
Reja:
1. Tilning tаriхiy tаrаqqiyoti vа o‘zgаruvchаnligi.
2. Sinхrоniya vа diахrоniya.
3. Tilshunоslik vа ungа yondоsh prеdmеtlаrning o‘zаrо munоsаbаti.
4. Til tаrаqqiyotidаgi fоnеtik, lеksik, grаmmаtik o‘zgаrishlаrni tаhlil etishdа
yozmа tаriхiy mаnbаlаrning аhаmiyati.
5. Tildаgi qоnuniy o‘zgаrishlаr vа nutqiy hоdisаlаr.
Tаyanch tushunchаlаr:
til tаrаqqiyoti, til hоdisаlаrining o‘zgаruvchаnligi,
sоddаlаshuv, qаytа tuzilish, murаkkаblаshuv, diахrоniya, sinхrоniya, tilshunоslik
vа fаlsаfа, tilshunоslik vа mаntiq, tilshunоslik vа tаriх, yozmа tаriхiy mаnbаlаr
vа til, tilning umumiy qоnuniyatlаri, tilning хususiy qоnuniyatlаri.
Til va jamiyatning o‘zaro uzviy munosabatini sotsiolingvistika fani
o‘rganadi. Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi
insoniyat jamiyati bilan
mustahkam bog‘liq. Til insoniyat tarixi qadar qadimiydir.
Umumiy til tushunchasining shevadan farqi bor: til butun bir xalqqa xizmat
qiladi, sheva esa xalqning bir guruhigagina taalluqlidir. Til ko‘p vazifali, hamma
uchun umumiy bo‘lgan
aloqa-munosabat vositasidir; sheva esa, vazifa nuqtayi
nazaridan chegaralangan bo‘lib, tilning nutqiy ko‘rinishini tashkil etadi.
Masalan, o‘zbek tiliga qarluq-chigil-uyg‘ur dialekti asos bo‘lgan.
Bu sheva
Farg‘ona, Toshkent, Samarqand-Buxoro shevalarini o‘z ichiga oladi. O‘zbek tili –
ko‘p dialektli til. Bu hol o‘zbek tilining o‘ziga xos murakkab tarixiy rivojlanish
sharoiti va o‘zbek millatining o‘tmishdagi xilma-xil etnik tarkibi bilan izohlanadi.
Ta’kidlanganidek, til jamiyat taraqqiyoti bilan birga rivojlanadi,
tilning
grammatik qurilishi takomillasha boradi. Til taraqqiyoti jamiyat taraqqiyoti bilan
uzviy bog‘langan. Kishilik tarixidan shu narsa ma’lumki, avval urug‘ tili, keyin
qabila tili, elat, xalq va millat tili shakllangan.
Dialektlar urug‘chilik davridan boshlab, jamiyat
taraqqiyotining keyingi
bosqichiga qadar son jihatdan ko‘payib boradi. Bu qabilalarning yashash tarzi
bilan bog‘liq. Avval bir qabila ittifoqiga kirgan tillar markazdan uzoqlashgan sari
ulardagi dialektal farq orta boradi va bu dialektal farqlar oxir-oqibatda yangi til
paydo bo‘lishi uchun asos bo‘ladi. Dialektlar sonining ko‘payishi va ular asosida
yangi-yangi tillarning vujudga
kelishi til taraqqiyotining
differensiatsiya
jarayonini tashkil qiladi. Differensiatsiya tillarning dialektlarga parchalanishidir.
Har bir millat o‘z adabiy tilining mustahkamlanishi uchun harakat qiladi.
Jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida dialektlar kamayib, adabiy tilga
29
yaqinlasha borishi kuzatiladi. Buni adabiy til ta’sirining kengayishi bilan izohlash
mumkin. Til
taraqqiyotidagi bu jarayon
Dostları ilə paylaş: