Book · January 022 citations reads 484 author


Diaxron sotsiolingvistika



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

Diaxron sotsiolingvistika 
til rivojlanishining jamiyat rivojlanishi bilan 
aloqasini ko‘rsatuvchi jarayonlarni, ya’ni til tarixini xalq tarixi bilan bog‘lab 
o‘rganuvchi sotsiolingvistik tadqiqotlar yo‘nalishidir.
Til faktlari va ijtimoiy jarayonlarning 
sistematik, tadrijiy
o‘zaro 
munosabatini aniqlash sotsiolingvistik tadqiqotlarga xos xususiyatdir. Agar 
tadqiqotchi biror bir til tarixini o‘rganish jarayonida xalq tarixiga oid hodisalarni 
shunchaki qayd qilgan bo‘lsa, unda bunday ishni sotsiolingvistik tadqiqot sifatida 
qabul qilish qiyin bo‘ladi. Agar tadqiqot tilning rivojlanishiga xos bo‘lgan ichki 
qonuniyatlar va tashqi ijtimoiy omillarning til rivojiga ta’sirini aniq 
chegaralashga asoslangan bo‘lsa va til o‘zgarishlarini u yoki bu hodisaga ta’sirini 
tahlil qilgan bo‘lsa, u holda, bunday ishni diaxron sotsiolingvistik tadqiqot, deb 
aytish mumkin.
Til taraqqiyoti va jamiyat taraqqiyoti o‘rtasidagi muntazam aloqalarni til 
tadrijiy rivojlanishining muayyan qisqa muddati ichida kuzatish mumkin. 
Masalan, P. Lafarg Buyuk fransuz inqilobi davrida fransuz tilida yuzaga kelgan 
yangiliklarni tadqiq qilgan
14
; A. Selishev o‘zining mashhur “Inqilob davri tili” 
asarida rus tilining inqilobdan keyingi 10 yil davomida yuz bergan o‘zgarishlarini 
tahlil qilgan va bu o‘zgarishlarni 1917-yil oktabr to‘ntarishi natijasida Rossiyada 
sodir bo‘lgan o‘zgarishlar bilan qiyoslagan
15
. Nemis tadqiqotchisi L. Sibatovning 
kitobida XX asrning 80-90-yillaridagi rus tiliga xos bo‘lgan o‘zgarishlar mazkur 
davrdagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlar bilan bog‘liq holda tahlil 
qilingan
16

 
Tilni diaxron nuqtayi nazardan sotsiolingvistik o‘rganishning maqsadi – til 
tarixi, tarixiy taraqqiyot natijasida yuz bergan o‘zgarishlar va shu tilga xizmat 
qiluvchi jamiyat tarixi, shuningdek, jamiyat va uning iqtisodiy institutlarining 
tadrijini tavsiflovchi ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy o‘zgarishlarni qamrab olish 
hisoblanadi. Mazkur maqsadga erishish yo‘lida tadqiqotchi qator masalalarni 
yechishga harakat qiladi, ular orasida lisoniy va ijtimoiy hodisalar o‘rtasidagi 
aloqalarning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish muhim ahamiyat kasb etadi.
Diaxron sotsiolingvistikaning vazifalariga jamiyatdagi o‘zgarishlar ta’sirida 
lisoniy vaziyatda vujudga kelgan o‘zgarishlarni o‘rganish, til (yoki tillar) 
funksiyalari yig‘indisi va unga xos o‘zgarishlar tahlili, milliy tilning adabiy shakli 
va sotsiolektlarning ijtimoiy va kommunikativ mavqeyidagi o‘zgarishlar, 
jamiyatning butunicha yoki alohida ijtimoiy guruhlar munosabatida o‘z tiliga 
yoki uning biror bir shakliga, tildagi yangiliklarga nisbatan o‘zgarishining tadqiqi 
va h.k. kiradi. 
14
Лафарг П. Язык и революция. – М.; – Л. 1930. 
15
Селищев А. М. Язык революционной эпохи. – М., 1928. 
16
Zybatow L. N. Russisch im Wandel. Die russische Sprache seit der Perestrojka. – Wiesbaden, 1995. Vol. II. 


18 
Diaxron sotsiolingvistikaga muayyan tadqiqotlar uchun sinalgan tamoyillar 
xosdir: til tarixi shu til egalarining tarixi bilan, ularning kundalik hayoti bilan 
chambarchars bog‘liq holda o‘rganilishi kerak. “So‘z dialektdan dialektga, tildan 
tilga bozor yoki ko‘rgazma, ibodatxona yoki muqaddas joylar, olimpiya o‘yinlari, 
teatr yoki sirk, korrida yoki futbol namoyishiga borayotgan odamlar bilan birga 
sayohat qiladi. So‘z mahsulot yorlig‘i, har qanday moddiy yoki ma’naviy ishlab 
chiqarish bilan birga sayohat qiladi”
17

Sotsiolingvistika shug‘ullanadigan obyektlarning ko‘lamiga ko‘ra, makro va 
mikro sotsiolingvistikaga bo‘linadi. Makro va mikro sotsiolingvistikaning 
farqlanishi muayyan ma’noda sotsiologiyaning makro va mikro sotsiologiyaga 
ajralishiga o‘xshaydi. Binobarin, makro sotsiologiya butun bir jamiyatning 
rivojlanishi va faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq global jarayonlar bilan 
shug‘ullansa, mikro sotsiologiyani insonning u yoki bu ijtimoiy guruhning a’zosi 
ekanligi qiziqtiradi.
Ba’zi mualliflar til hodisalarini makro va mikro yo‘nalishda emas, balki 
sotsiolingvistik tahlil qatlamlari sifatida farqlaydilar (masalan, Berruto 1974,
4 bob). Biroq sotsiolingvistikaning taraqqiyoti mobaynida bu tahlil darajalari 
mustaqillasha bordi va sotsiolingvistikaning o‘zaro kam kesishuvchi ikki 
yo‘nalishiga aylandi.

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin