SOTSIOLINGVISTIK METODLAR
Reja:
1. Sotsiolingvistik metodlarning turlari.
2. Sotsiolingvistik tadqiqot dasturi.
3. Sotsiolingvistik tadqiqotlar o‘tkazishga tayyorgarlik.
Tayanch so‘z va iboralar:
sotsiolingvistik metodlar, manba to‘plash
metodlari, kuzatish metodi, so‘rovnoma metodi, yozma manbalarni umumilmiy
tahlil metodi, bevosita aralashma kuzatuv metodi, anketalashtirish, og‘zaki
so‘rovlar, testlar, statistik tahlil, korrelatsion tahlil, sotsiolingvistik tadqiqot
dasturi.
Sotsiolingvistik
metodlarning
turlari.
Sotsiolingvistikadagi
mavjud
metodlarni uch turga ajratish mumkin:
1) manba (material) to‘plash metodlari;
2) materialni qayta ishlash metodlari;
3) olingan ma’lumotlar haqqoniyligini baholash metodlari.
Birinchi
guruhda
sotsiologiya,
sotsial
psixologiya
va
qisman
dialektologiyaga taalluqli bo‘lgan metodlar, ikkinchi va uchinchi guruhda
matematik statistika metodlari salmoqli o‘rin egallaydi. Sotsiolingvistik
materiallarni taqdim etishning ham o‘ziga xos xususiyati bor. Bundan tashqari
to‘plangan, qayta ishlangan va statistik mezonlar yordamida baholangan material
til va ijtimoiy institutlar o‘rtasidagi obyektiv qonuniyatlarga asoslangan
aloqalarni ko‘rsatib bera oladigan sotsolingvistik talqinga muhtoj bo‘ladi
23
.
Sotsiolingvistlar
ma’lumot
to‘plashda
ko‘proq
kuzatish
va
turli
xil
so‘rovnomalardan, shuningdek, yozma manbalarni umumilmiy tahlil metodidan
foydalanadilar. Tabiiyki, ko‘pincha bu metodlar qorishtiriladi: yozma
manbalarning dastlabki tahlilidan keyin tadqiqotchi muayyan taxminni
shakllantiradi va uni kuzatish jarayonida tekshiradi; to‘plangan ma’lumotlarni
tekshirish uchun u o‘zini qiziqtirgan ijtimoiy uyushmaning ma’lum qismini
so‘rovga tortishi ham mumkin. Sotsiolingvistlar oddiy kuzatuv bilan bir qatorda
ba’zan bevosita aralashma kuzatuv metodini qo‘llaydilar. Insonlar xulqini
o‘rganuvchi bevosita kuzatuv usulida kuzatuvchining o‘zi ham kuzatilayotgan
guruh a’zosiga aylanadi. Bunda kuzatuvchi kuzatilayotgan ijtimoiy guruh
a’zolaridan biror-bir belgisiga ko‘ra, masalan, millati, tili va boshqa belgilari
bilan ajralib turmasligi kerak. Chunonchi, yevropalik kuzatuvchi xitoyliklar yoki
23
Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. – М., 2001. – C. 190-191.
24
negrlar
guruhida
bevosita
kuzatuv
olib
borolmaydi;
katta
yoshdagi
tadqiqotchining o‘smirlar guruhi bilan o‘tkazilayotgan kuzatuvga to‘liq moslashib
ketishi qiyin bo‘ladi; shaharlik dialektologni qishloq aholisi o‘z muhitiga begona
odam sifatida qabul qiladi. Masalan, mashhur rus tilshunosi Y. D. Polivanov
yapon tilining Nagasaki dialektini o‘rganish jarayonida uni shunchalik yaxshi
o‘zlashtirib olgan ediki, hatto, unda bemalol gapira olgan; biroq bu holat mahalliy
aholida salbiy munosabat uyg‘otgan
24
. Yaponlar xorijlik olimni har qanday
vaziyatda ham “o‘ziniki” hisoblashmagan. Agar bunday to‘siqlar bo‘lmasa,
kuzatuvchi guruhga “xuddi hamma kabi singib ketgan bo‘lsa, u o‘z kuzatuvchilik
maqsadlarini, xatti-harakatlari”ni bemalol yashirishi mumkin. “Oshkor qilish”
omadsizlikka olib keladi, ba’zi hollarda, hatto, kuzatuvchi hayotiga tahdid solishi
ham mumkin. Bunga quyidagi misollarni keltirish mumkin. Ikki yevropalik
etnograf darveshlarning turmush tarzi, xulq-atvori va tilini o‘rganish maqsadida
ko‘chmanchi musulmonlarga qo‘shilib, ular orasida o‘zlarini xuddi darveshlardek
tutishgan. Darveshlar ham olimlarni “o‘ziniki” deb qabul qilishgan. Biroq
olimlarning musiqiy ohangga oyoqlarini g‘ayriixtiyoriy qimirlatib o‘tirishlari
ularni fosh qilib qo‘ygan, chunki bunday odat darveshlarga xos bo‘lmagan. Yoki
filolog mahbus bilan yuz bergan voqea ham ko‘pchilikka ma’lum bo‘lgan.
Filolog qamoqxonada o‘g‘rilar jargonini mahbuslardan yashirincha yozib olishga
harakat qilgan. Biroq olimning ziyoli qiyofasi jinoyatchilarni shubhalantiradi va
uni fosh qilishib, “sotqin” deb hisoblashadi. Tadqiqotchi bu mashg‘ulotining
ilmiy tomonini zo‘rg‘a tushuntirib, isbotlab bergandan keyin jinoyatchilarning
o‘zlari unga material to‘plashda yordam berishgan
25
. Tashqi kuzatuvda ham,
bevosita kuzatuvda ham kuzatuvchi kuzatilayotgan nutqiy materialni qayd etib
borishi kerak. Bu ikki xil usulda – qo‘lda yozish yoki instrument vositasida
amalga oshirilishi mumkin. Qo‘lda yozish usuli juda qulay bo‘lib, u maxsus
tayyorgarlikni talab qilmaydi. Qog‘oz va qalam bo‘lsa, quloqlar nutqdagi
muayyan dalillarni qabul qilishga “shay bo‘lsa”, kuzatilayotgan obyekt (kishi
yoki kishilar guruhi) tadqiqotchining maqsadini payqamasa yoki bundan xabardor
bo‘lsa ham qarshilik qilmasa, qayd nisbatan oson va muvaffaqiyatli amalga
oshirilishi mumkin. Ayniqsa, bu usul nutqiy oqimda faqvulodda kam uchraydigan
so‘zlar, so‘z shakllari va sintaktik konstruksiyalarni kuzatishda samarador
hisoblanadi. Agar vazifa alohida dalillarni emas, balki ravon nutqni, muloqot
jarayonida kishilarning dialogik o‘zaro munosabatlari va talaffuz xususiyatlarini,
ohang va nutqiy muomalani to‘laligicha tekshirishdan iborat bo‘lsa, u holda,
24
Сугито Миеко. Нагасакикэн-миэмура-ни окэру Порива: но-фу (Поливанов в деревне Миэ префектуры
Нагасаки) // О:сака-сѐ:ин-дзесидайгаку-ронсю: (Труды женского колледжа Осака-сѐин). – № 20. – Осака,
1983. – С. 199.
25
Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. – М., 2001. – C. 202.
25
qo‘lda yozish samarali bo‘lmaydi. Unda kuzatuvchi nutqiy zanjirdagi ba’zi
xossalarnigina qayd etishga ulguradi va bu zanjirlarni tanlash har doim
subyektivligicha qoladi. Shuning uchun zamonaviy sotsiolingvistikada tadqiq
qilinayotgan og‘zaki nutqqa doir aksariyat masalalarning yechimida instrumental
texnikani, xususan, magnitofon va diktofonlarni (xatti-harakat va imoishorali
muloqotlarni qayd qilishda videokameralardan ham foylaniladi) qo‘llash
maqsadga muvofiqdir. Mazkur vositalardan ochiq yoki yashirin foydalanish
mumkin. Qayd qiluvchi vositalardan ochiq foydalanganda kuzatuvchi
informantlarni o‘z maqsadi (haqiqiy yoki yolg‘on) haqida ogohlantiradi va
kuzatuv jarayonida o‘rganilayotgan individlar nutqidagi tabiiy muomalani u yoki
bu darajada bo‘g‘ib qo‘yuvchi mikrofon ta’sirini kamaytirishga harakat qiladi.
Biroq so‘zlovchi o‘z nutqini qayd qilinayotganligini bilmaganda uning nutqi
ko‘proq tabiiy va erkin chiqadi. Shuning uchun sotsiolingvistlar imkon qadar
yashirin vositalardan keng foydalanishadi. Buning imkoni bo‘lmagan holatlarda
ayrim tadqiqotchilar ochiq va yashirin vositalardan aralash foydalanishadi.
Masalan, U. Labov o‘zining informantlari bilan ishlash jarayonida magnitofon va
videokameradan ochiq foydalangan. Tanaffus paytida informantlar bir-birlari
bilan erkin muloqotga kirishgan chog‘ida esa magnitofon va videokamerani
yashirin qo‘llagan
26
. Sotsiolingvistikada anketalashtirish, og‘zaki so‘rovlar, testlar
va ma’lumotlar to‘plashning boshqa usullari ham keng qo‘llaniladi. Bu usullar
tilni egallashdagi
ma’lum qonuniyatlarni aniqlashtirish
va shu tilda
so‘zlashuvchilarning u yoki bu muloqot sharoitlarida til qo‘llashlarini
tekshirishga qaratilgan. To‘plangan ma’lumotlar jadvalga solinadi. Agar
ma’lumot ko‘p bo‘lmasa, u qo‘lda yoziladi. Keyin olingan ma’lumotlar va uning
mazmuniy tahlili, matematik-statistik bahosi aniqlashtiriladi. Buning natijasida
tadqiqotchi tildan foydalanish va til egalarining ma’lum ijtimoiy xususiyatlari
o‘rtasidagi aloqadorlikni aniqlashga muvaffaq bo‘ladi.
Sotsiolingvistik tadqiqot dasturi yosh mutaxassis aniq sotsiolingvistik
tadqiqot o‘tkazishda qator qiyinchiliklarga duch keladi.
Bu qiyinchiliklar quyidagi masalalarda kuzatiladi:
1) kimdan ma’lumot olish;
2) ma’lumot olishda qanday metodlardan foydalanish;
3) ma’lumotlarni qanday ishlash, tahlil qilish va talqin qilish.
Mazkur savollarga javob topish uchun sotsiologlar bir qator tadqiqotlarning
ishchi strategik rejalariga asoslangan dasturni taklif qilishadi. Tadqiqot dasturi
ikki: metodologik va prosedura (yoki tashkiliy-texnik) bo‘limdan tashkil topadi.
Tadqiqotning metodologik asosi sifatida sotsiolingvistik tamoyillar va metodlar
26
Labov W. The effect of social mobility on linguistic behavior // Sociological Inquiry. 1966. Vol. 36. № 2.
26
belgilanadi. Prosedura bo‘limida tadqiqotning ikki xil strategik rejasi ishlab
chiqiladi. Sotsiologiyada ular surishtirib biluvchi va tahliliy rejalar, deb
nomlanadi.
Tadqiqotning surishtirib bilish rejasiga quyidagilar kiradi:
1) tanlangan mavzu bo‘yicha adabiyotlarni o‘rganish;
2) tanlangan muammolarni sotsiolingvist olimlar bilan muhokama qilish,
sotsiologlardan, shuningdek, tilshunoslardan maslahat olish;
3) aholini ro‘yxatga olish bo‘yicha statistik dalillar va boshqa tegishli
ma’lumotlarni o‘rganish;
4) dastlabki kuzatuvlarni o‘tkazish va ishchi taxminlarni chiqarish;
5) ma’lumotni tahlil qilish usullarini tanlash.
Tadqiqotning tahliliy rejasi quyidagilardan tashkil topadi:
1) sotsiolingvistik anketa, test yoki suhbatni ishlab chiqish;
2) dastlabki tadqiqotlar o‘tkazish;
3) anketaning oxirgi variantini ishlab chiqish;
4) tanlov turi va hajmini aniqlash;
5) materialning haqqoniyligi va taqdimot bopligini ta’minlash;
6) anketa so‘rovlarini o‘tkazish;
7) to‘plangan ma’lumotlarni ishlab chiqish;
8) olingan natijalarni tahlil qilish va bayon etish.
Tadqiqot jarayonida quyidagi usullar qo‘llaniladi:
a) anketa so‘rovnomalari (bilvosita va bevosita);
b) suhbat usuli;
d) kuzatish yoki bevosita kuzatish;
e) statistik tahlil;
f) korrelatsion tahlil.
Sotsiolingvistik tadqiqot oldiga qo‘yiladigan bunday shart-sharoitlar va
rejani amalga oshirish o‘z navbatida qator muhim masalalarni yechishni talab
qiladi. Mazkur kuzatuvning muvaffaqiyatli chiqishi uchun ko‘p vaqt va kuch sarf
qilinadi. Qator xorijlik tadqiqotchilar (masalan, Yevropa, Amerika maktablari)
vaqt va kuchlardan unumli foydalanish uchun eng muhim savollarni (shu
jumladan, sinov savollarini ham) oldindan tuzib olishni maslahat berishadi. Bu
usul ilmiy tadqiqotning barcha bosqichlarida mavzuni shakllantirishdan tortib, to
olingan ma’lumotlarni ishlash yoki ishni xulosa qilishda juda qo‘l keladi.
Dostları ilə paylaş: |