20
Bu savollarning javobi bir qarashda ma’lumday ko‘rinadi.
Agar muayyan
guruh qandaydir uni qamrab olgan jamiyat (millat, mamlakat, etnos va sh.k.)
ichida mavjud bo‘lsa, guruh a’zolari guruh ichidagi muloqotda shu jamiyatda
amalda bo‘lgan til hosilalaridan foydalanishi kerak.
Guruh a’zolari foydalanuvchi til umummilliy til bo‘lmaydi. Buni “oilaviy”
deb ataluvchi tillarning mavjudligi isbotlaydi: umumiste’moldagi til vositalari bu
o‘rinda muayyan transformatsiyaga uchraydi. Guruhlarda alohida “tillar”ning
ishlab chiqilishini ham shunga qiyoslash mumkin: ishlab chiqarish, o‘yin, sport
yoki boshqa biror bir qiziqishlari birlashtirgan jamoa a’zolarining tillari (bunda
ijtimoiy va professional jargonlar emas, balki o‘ta tor doiradagi guruhlarda
mavjud bo‘lgan o‘ziga xos muloqot vositasi nazarda tutiladi). Bunga guruh
ichidagi muloqotda nutq qoliplarining shakllanishini misol qilib ko‘rsatish
mumkin. Bu jamoaviy faoliyat jarayonida kishilar
tomonidan muayyan xulq
stereotiplari ishlab chiqiladi, guruh a’zolarining o‘zaro kommunikativ aloqalari
nutq qoliplarining shakllanishiga olib keladi. Bunday qoliplar qatoriga alohida
nutq birliklari, shuningdek, mazkur guruhning kommunikativ tajribasini aks
ettiruvchi jumla va suhbatlarning turli qismlari,
u yoki bu nutqiy aktlarning
boshlanishi yoki tugallanishini ifodalovchi o‘ziga xos shakllar, badiiy asarlarda
yoki biron bir guruh a’zosining og‘zaki gaplarini kiritish mumkin
19
.
Mikro sotsiolingvistikada nutqiy muloqotning diada va triada turlarini tadqiq
etish keng tarqalgan. Masalan, shifokor va bemor, er va xotin, o‘qituvchi va
o‘quvchi, sudya va sudlanuvchi yoki advokat va h.k. Bunday “mikroguruh”
a’zolarining nutqiy muomalasini batafsil tadqiq etish natijasida muloqotchilarning
turli darajadagi mavqeyi va rollarini boshqaruvchi nutqiy muloqot mexanizmlari
ochib beriladi.
Nutqiy o‘zaro munosabatning bunday mikrotahliliga U. Labov va
D. Fenshellarning “Терапевтический дискурс. Психотерапия как общение”
асарини мисол сифатида кўрсатиш мумкин
20
.
Mazkur
asarda
psixoterapevtning bemorlar bilan olib borgan suhbatlari
asosida muloqotchilar
nutqiy usulini xarakterlovchi umumiy qoidalar va uning verbal va noverbal
(harakat, imo-ishora, o‘tirish holati va h.k.) ko‘rinishlari tadqiq etilgan.
Til tadqiqiga ijtimoiy nazar bilan yondashishning dastlabki bosqichida
ijtimoiy-lisoniy aloqalar tahliliga aqliy yondashuv xos bo‘lib, mazkur sohaga
tegishli daliliy materiallar hali yetarli emas edi. “Til – jamiyat” munosabatiga oid
masalalar endigina o‘rtaga tashlangan va ular umumiy nuqtayi nazardan
19
Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. – М., 2001. – C. 178.
20
Labov W., Fanshel D. Therapeutic discourse. Psychotherapy as conversation. – New York; -San-Francisco;
– London, 1977.
21
muhokama qilinar edi. Bunday tadqiqotlarga Y. Polivanov va A. Meyening
ishlarini misol qilib keltirish mumkin.
Dastlabki
sotsiolingvistik
tadqiqotlar
sotsiolingvistika
nazariyasini
shakllantirishda asos vazifasini o‘tadi. Sotsiolingvistik tadqiqotlarning mazkur
yo‘nalishi, asosan, “til – jamiyat” munosabatlariga aloqador bo‘lgan umumiy
muammolarning tadqiqi bilan shug‘ullanadi.
Bu muammolar quyidagilardan
iborat:
– tilning ijtimoiy hodisa ekanligi haqidagi umumiy tezis atrofida
guruhlangan aksiomalar tizimini shakllantirish;
– til taraqqiyotiga xos qonuniyatlarni aniqlash va ularning ijtimoiy tabiatini
isbotlash;
– til mavjudligining ijtimoiy shartlanganligini tekshirish, uning turli muloqot
muhitlari va ijtimoiy vaziyatlarga bog‘liqligini ko‘rsatish;
– kommunikatsiya ishtirokchilarining ijtimoiy rollari tizimi yoki bu nutqiy
aktlarni amalga oshirishdagi ijtimoiy-psixologik sharoitlar, so‘zlovchining bir
koddan boshqasiga o‘ta olishi kabi qator omillarning ahamiyatini aniqlash va
h.k.
21
Sotsiolingvistikaning nazariyachilari tilning ijtimoiy omillariga ommaviy
empirik materiallarni bog‘lash zaruratini dastlabki bosqichlardayoq anglab
yetishgan edi. XX asrning 60-yillarida Rossiyada M. Panov, AQShda U. Labov
bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda sotsiolingvistik
tadqiqotlarning zaruriy
bosqichi va muayyan nazariy asoslarni isbotlash usuli sifatida tajribaga murojaat
qilishgan. Mazkur xatti-harakatlar tajribaviy sotsiolingvistikaning rivojlanishiga
turtki bo‘lgan.
Zamonaviy sotsiolingvistik tajriba ulkan tashkiliy faoliyat va muayyan
moliyaviy xarajatlarni talab qiladigan murakkab ishdir. Binobarin, tajriba
o‘tkazuvchi tadqiqotchi kishilar nutqiy muomalasining o‘ziga xos tomonlari yoki
lisoniy hamjamiyatlarni tashkil qilgan turli ijtimoiy guruhlar haqida imkon qadar
xolis va yetarli ma’lumotlar olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. O‘z
navbatida, tajriba o‘tkazishning ishonchli vositalari, sinalgan usullar,
maxsus
tajriba dasturiga amal qiluvchi axborot beruvchi informantlar jamoasini to‘g‘ri
tanlay olish ham muhim hisoblanadi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, fan tarixida qo‘pol sotsiolingvistik tajribalar
ham o‘tkazilgan. R. Bell yarim hazil, yarim chin ma’noda ilk sotsiolingvist
tajribachi sifatida galaadityan qabilasiga mansub qadimgi lashkarboshi Ieftayni
ko‘rsatadi. U dushman “beshinchi kolonna” efremliklar qabilasi vakillarining o‘z
harbiy kuchlariga kirib olishining oldini olish maqsadida Iordan daryosi
21
Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. – М., 2001. – C. 182.
22
kechuviga kelgan har bir jangchiga “shibbolet” (yahudiy tilida “oqim” degani)
deb aytishni buyurgan. Galaaditliklar “shibbolet” so‘zi boshidagi [v] tovushini
qiynalmasdan to‘g‘ri talaffuz qilishgan, efremliklar esa uni talaffuz qila
olishmagan. Bu tajribaning natijasi qonli bo‘lib, “shibbolet”ni galaaditcha
aytolmagan 42 ming efremlik o‘z hayoti bilan vidolashgan
22
.
Tajribaviy tadqiqotlarni o‘tkazish uchun maxsus
uslublar majmuyi ishlab
chiqilmoqda. Bunday uslublardan ayrimlari U. Labov va uning izdoshlari
tomonidan ingliz tilining Amerika variantini o‘rganishda, shuningdek, M. Panov
rahbarligidagi moskvalik tilshunoslar tomonidan muvaffaqiyatli qo‘llanilgan.
22
Белл Р. Социолингвистика. Цели, методы и проблемы. – М.: Международные отношения, 1980. – С.
299-300.