Book · January 022 citations reads 484 author



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

sotsiolingvistikaning
predmeti
ni qisqacha “inson va jamiyat”, deb belgilash mumkin.
Ferdinand de Sossyur davridan boshlab lingvistikada til tadqiqining sinxron 
va diaxron jihatlari farqlanadi. Shunga ko‘ra, sinxron lingvistika va diaxron 
lingvistika 
ajratiladi. 
Olimlar 
bunday 
bo‘linishning 
shartli 
ekanligini 
ta’kidlaydilar, binobarin, tilning u yoki bu holatini tadqiq etishda (sinxron 
lingvistikaning shug‘ullanish sohasi) uning tarixiy omili(diaxron lingvistikaning 
o‘rganish predmeti)ni ham hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shuningdek, aksincha, til tarixining samarali tadqiqi ba’zan tilning u yoki bu 
davrdagi rivojlanish holatini tavsiflovchi sinxron rivojlanishning muayyan bir 
paytini qiyoslash yo‘li orqali amalga oshiriladi. Tilni o‘rganishdagi bunday 
sinxron va diaxron bo‘linish sotsiolingvistikada ham mavjud. Sinxron 
sotsiolingvistika til va jamiyat munosabatlarini, diaxron sotsiolingvistika til 
rivojlanishining jamiyat rivojlanishi bilan aloqasini tavsiflovchi jarayonlarni 
o‘rganadi.
10
Wunderlich D. Zum Status der Soziolinguistik // Aspecte der Soziolinguistik. – Frankfurt,1971. – P. 316-
317. 
11
Эрвин-Трипп С. М. Язык. Тема. Слушатель. Анализ взаимодействия // Новое в лингвистике. Вып. 
VII. Социолингвистика. – М., 1975. – С. 336.


16 
Sinxron sotsiolingvistika 
til va jamiyat aloqalariga tegishli munosabatlar va 
jarayonlarni o‘rganadi. Munosabatlar bu aloqalarning statikasini, jarayonlar esa 
ularning dinamikasini ifodalaydi.
U yoki bu til egasi muayyan ijtimoiy xususiyatlarga, xususan, ma’lum ta’lim 
darajasi, kasb-hunar, qadriyatlar yo‘nalishi tizimi va boshqalarga ega. “Til egasi” 
va “ijtimoiy xususiyatlar egasi” maqomining o‘zaro munosabati zamonda o‘tib 
boruvchi qandaydir jarayonlar bilan bog‘liq emas. Lekin turli ijtimoiy tabiatga 
ega bo‘lgan kishilarning tildan foydalanish xususiyatlarini mazkur shart-
sharoitlardan tashqarida, nutqiy muloqot jarayonini kuzatish orqaligina tadqiq 
etish mumkin. Statika dinamika bilan o‘rin almashadi 
12
.
Ko‘p tilli jamiyatda tillar til egalari orasida ularning etnik xosligiga ko‘ra 
taqsimlanadi: masalan, hozirgi Rossiyada ruslar bilan birga tatarlar, yoqutlar, 
osetin va boshqa xalqlar ham istiqomat qiladi, ularning har biri o‘z ona tiliga ega. 
Bu o‘rinda shuni ta’kidlash joizki, tillar va etnoslar orasidagi munosabat bir xil 
bo‘lmaydi: bir tomondan, ko‘p millat vakillari o‘z ona tilidan tashqari shu 
jamiyatda keng qo‘llanuvchi boshqa tillardan ham foydalanadilar; boshqa 
tomondan, shunday tillar borki, masalan, suaxili tili, “bu tilda so‘zlashuvchi tub 
etnik qatlam yo‘q, chunki Afrikada ona tili suaxili bo‘lgan avtoxton etnosi 
mavjud emas”
13

Yana bir misol. Qandaydir milliy tilni uning ijtimoiy differensiatsiyasi 
nuqtayi nazaridan tasvirlashda, odatda, unda muayyan til tizimlari – adabiy til 
shakllari, hududiy dialektlar, kasbiy va ijtimoiy jargonlar, shahar koynesi va 
h.k.ning mavjudligi qayd qilinadi. Mazkur til tizimlari bir-biridan ihotalanmagan 
holda mavjud, ya’ni ular o‘zaro munosabatda bo‘ladi. So‘zlashuvchilar bu til 
tizimlaridan qanday foydalanadi? Ularning funksional munosabati qanday 
bo‘ladi? – kabi savollarga javob berilar ekan, tilning ijtimoiy differensiatsiyasini 
tavsiflovchi statikadan mazkur tilni tarkib toptiruvchi ost tizimlarning vazifalari 
dinamikasiga o‘tiladi.
Sinxron sotsiolingvistika sohasiga lisoniy ijtimoiylashuv, tilni o‘zlashtirishni 
ijtimoiy rollar tizimini o‘zlashtirish, “vaziyat grammatikasi” asoslarini bilish va 
boshqalar bilan bog‘liq holda o‘rganish ham kiradi. Sinxron sotsiolingvistikaning 
shug‘ullanish sohasi haqida L. Nikolskiy, J. Fishman, J. Gampers va D. Hayms 
tahriri ostida nashr qilingan “Directions in sociolinguistics” (1972)da batafsil 
ma’lumot berilgan. 
12
Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. – М., 2001. – C. 170. 
13
Рябова И. С. Различия в функциональном членении суахили в Танзании и Кении // Функциональная 
стратификация языка. – М., 1985. – С. 107.


17 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin