Book · January 022 citations reads 484 author



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

sotsiolingvistika
 
tilshunoslik, sotsiologiya 
(jamiyatshunoslik), ijtimoiy psixologiya va etnografiya fanlari tutashmasida 
rivojlanuvchi va tilning ijtimoiy tabiati, uning ijtimoiy vazifalari, ijtimoiy 
omillarning tilga taʼsir koʻrsatish mexanizmi hamda tilning jamiyat hayotida 
tutgan oʻrni bilan bogʻliq koʻplab muammolar majmuyini oʻrganuvchi ilmiy-
nazariy soha. Ushbu muammolarning ayrimlari (masalan, “til va jamiyat”) 
umumiy tilshunoslik doirasida ham oʻrganiladi. Sotsiolingvistikaning fanlararo 
maqomi u foydalanadigan tushunchalar majmuyida namoyon boʻladi. Chunonchi, 



sotsiolingvistik tahlilning asosiy tushunchasi deb qaraladigan til jamoasi ham 
ijtimoiy, ham lisoniy belgilar asosida aniqlanadi. 
“Sof” lingvistika lisoniy belgilarni, chunonchi, tovush va uning yozma 
ifodasini, uning boshqa belgilar bilan o‘zaro munosabatini, vaqt va zamonda 
o‘zgarishini va h.k. tahlil qilish bilan shug‘ullansa, sotsiolingvistika insonlar 
mazkur lisoniy belgilarni ularning yoshi, jinsi, ijtimoiy holati, bilimi va 
madaniyatlilik darajasiga ko‘ra qanday qo‘llashlarini, ya’ni ijtimoiy muhitning 
ularning nutqiy muomalasiga qanday ta’sir qilishini o‘rganadi. Masalan, “sof” 
lingvistikada 
jag‘ini ezmoq
iborasi ot va fe’ldan tarkib topgan frazeologik birlik 
sifatida talqin qilinsa, sotsiolingvistikani mazkur ibora qaysi tabaqa vakilining 
so‘zlashuv nutqida qo‘llanilgani qiziqtiradi. 
Xullas, sotsiolingvistikaning tilga nisbatan o‘ziga xos yondashuvini va uning 
“sof” lingvistikadan farqini tushunish uchun sotsiolingvistikaning manbalarini 
ko‘rib chiqish, uning tilshunoslikning boshqa yo‘nalishlari orasidagi mavqeyini 
belgilash, uning obyekti va asosiy tushunchalarini, u shug‘ullanadigan 
masalalarni aniqlab olish lozim bo‘ladi. 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin