Book · January 022 citations reads 484 author


Sotsiolingvistikaning manbalari



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

Sotsiolingvistikaning manbalari. 
XVII asrning boshlarida tilning ijtimoiy 
turli-tumanligini isbotlovchi dastlabki qarashlar shakllandi. Ispaniyadagi Salaman 
universiteti professori Gonsalo de Korreas tilning ijtimoiy turli-tumanligi haqida 
shunday fikr bildirgan: “Tilda viloyatlardagi dialektlardan tashqari, mazkur 
viloyatlarda yashovchilarning yoshi, mavqeyi, mol-mulki bilan bog‘liq ayrim 
shakllar ham mavjud bo‘ladi. Bular: qishloq aholisi, avom xalq, shaharliklar, 
zodagonlar, saroy ahli, tarixchi olimlar, din arboblari, qariyalar, erkaklar, ayollar 
va hatto, bolalarning tillaridir”
1
.
“Sotsiolingvistika” termini qachon paydo bo‘lgan? Bu terminni ilk bor 
1952-yilda 
amerikalik 
sotsiolog 
G. 
Karri 
(Currie, 
1952) 
qo‘llagan.
J. Fishmanning “Til jamiyatidagi ma’ruzalar” (“Readings in the Society of 
Language”) nomli to‘plamiga kirgan 50-yillarning lingvistlari, sotsiologlari, 
madaniyat antropologlari, dialektologlari va kommunikatsiya (muloqot) sohasi 
turli mutaxassislarining maqolalarida sotsiolingvistikaga oid muammolar ko‘tarib 
chiqildi.
Ayrim sotsiolingvistlarning 
fikricha, sotsiolingvistikaning 
ildizlarini 
Amerika tilshunosligidan emas, balki Yevropa, xususan, rus tilshunosligidan 
izlash kerak
2
.
Ma’lumki, 20-30-yillar mobaynida sotsiolingvistika ijtimoiy tilshunoslik 
fani sifatida yuzaga kelgan yangi sohalardan biri bo‘ldi. Bu davrda ijtimoiy 
1
Степанов Г. В. Типология языковых состояний и ситуаций в странах романской речи. - М., 1976. – C. 
22.
2
Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. – М., 2001. – C. 6-7. 



munosabatlarda tilning hayot taraqqiyotidagi o‘rni, jamiyat bilan bog‘liq holda 
shakllanishi, qolaversa, til va jamiyat tendensiyasining yuzaga kelishi 
sotsiolingvistika fanining rivojlanishi va taraqqiyotiga asos bo‘ldi. 
Sotsiolingvistikaning bu davrda yuzaga kelishi shunday bir holatga to‘g‘ri 
keldiki, asosan hayotda jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq masalalarni qamrab 
oluvchi faktorlar til nazariyasining yuzaga kelishida asos bo‘lgan edi. Ayniqsa, 
tilni bilish va his etish umumjamiyat masalalariga borib taqaladi. 
Professor A. P. Barannikov 1919-yilda yozgan maqolasida shunday fikrlarni 
ilgari suradi: Hozirgi tilshunoslikka e’tibor bilan qarasak, bu fan ijtimoiy til 
bilimlari hisoblanib, fan va til qonuniyatlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanish mavjud 
bo‘lib, uni quyidagicha o‘rganish mumkin. Birinchidan, til umumjamiyat 
qonuniyatlari asosidagi hodisa sifatida tushuniladi, ikkinchidan, tilni bir necha 
bor davrning taraqqiyot mevasi sifatida his etish maqsadga muvofiq. Xuddi shu 
masalada A. N. Selishev, N. M. Karinskiy, B. A. Larin singari taniqli tilshunos 
olimlar ham fikr bildirishib, sotsiolingvistika tarixi, uning yuzaga kelishi va 
muhim jihatlari xususida anchagina yaxshi ma’lumotlarni aytib o‘tadi. Ayniqsa, 
sotsiolingvistika fani sotsiologik tadqiqotlarning tekshirish obyektiga xosdir, uni 
esa ijtimoiy dialektlar, badiiy asar tilidagi adabiy va noadabiy til vositalari 
qonuniyatlariga amal qilishini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, yozma til, og‘zaki til 
va hududiy til ko‘rinishlariga xosligini ta’kidlashadi. 
Mashhur turkolog olim Y. D. Polivanov, akademik N. Y. Marr, professor
F. P. Filinlar ham ushbu masalada anchagina fikrlar bayon etishadi, 
“Sotsiolingvistika” fanining muammolarini hal etishda boshqacharoq fikrga 
kelishadi. Xususan, Y. D. Polivanov quyidagi masalalar, sotsiolingvistika fani 
uchun asosiy muammolar ekanligini ta’kidlaydi: 
1. Tilni ijtimoiy-tarixiy faktor sifatida ajrata bila olish. 
2. Tillar va dialektlarning yozilishini ijtimoiylik nuqtayi nazaridan belgilash. 
3. Tilni jamiyatning asosiy mahsuloti tarzida sintez qilish. 
4. Ijtimoiy munosabatlarda tilni his etmoqlik va uning o‘zaro bog‘liq 
jihatlari. 
5. Tilning yashash (mavjudlik) yoki alohida tomonlarini to‘g‘ri baholay 
bilish. 
6. Fan, madaniyat tarixida tilning umumiy fonologik qonuniyatlarni joriy 
etishdagi o‘rni. 
7. Til siyosatida ijtimoiy lingvistikaning ustuvor jihatlari. 
20-40-yillar tilshunosligida ijtimoiy lingvistikaning vazifaviy doirasi 
kengayib bordi. Akademik Y. N. Marr “Til va jamiyat muhim qonuniyatlarni 
o‘zida mujassam ettirgan hodisadir”, deydi. Chunki til sinfiy tushunchalarga 
egadir, negaki, u jamiyat a’zolariga xizmat qiladi. Holbuki, til va tafakkur, til va 


10 
xalq, til va jamiyat, til va davlat, til va millat, til va etnik guruhlar kabi 
muammolar tilning sinfiyligi asosida yuzaga kelishini aytib o‘tadi. 
30-40-yillarda o‘zbek tilshunosligida ham shu kabi an’analar davom etdi. 
Xususan, Fitrat, Elbek, Botu, Faxri Kamol singari olimlar qarashlaridagi ana 
shunday mulohazalar o‘zbek ijtimoiy tilshunosligi fani g‘oyasini belgilashda 
muhim ahamiyat kasb etdi. 
I. A. Boduen de Kurtenening til hodisalarining ijtimoiy shartlanganligi, 
shuningdek, tilning qo‘llanishi va rivojlanishiga ekstralingvistik ijtimoiy omillar 
ta’siri haqidagi tadqiqotlari sotsiolingvistikaning shakllanishida muhim rol 
o‘ynagan. 1974-yilda “Русский язык зарубежом” jurnalida e’lon qilingan 
maqolada N. G. Mixaylovskaya I. A. Boduen de Kurteneni “rus va sovet 
tilshunosligidagi sotsio-etnolingvistik tadqiqotlarning asoschisi” deb atagan.
I. A. Boduen de Kurtene: “Til faqat kishilar jamiyatida mavjud ekan, u holda, 
uning ruhiy tomonidan tashqari, ijtimoiy tomoniga ham har doim e’tibor 
qaratishimiz kerak. Nafaqat individual psixologiya, balki sotsiologiya ham 
tilshunoslikning asosi bo‘lib xizmat qilishi lozim”, deb yozgan
3

XX asrning birinchi yarmida Fransiya, Rossiya, Chexiya tilshunoslik 
maktablarida tillarning ijtimoiy tabiatiga katta ahamiyat berilgan. Rus 
tilshunoslari I. Boduen de Kurtene, Y. Polivanov, L. Yakubinskiy, V. Jirmunskiy, 
B. Larin, A. Selishev, G. Vinokur, fransuz tilshunoslari F. Bruno, A. Meye,
P. Lafarg, M. Koen, shved tilshunoslari Sh. Balli, A. Seshe; belgiyalik tilshunos 
J. Vandries, chex tilshunoslari B. Gavranek, A. Mateziuslarning ilmiy g‘oyalari 
sotsiolingvistikaning fan sifatida shakllanishiga turtki bo‘ldi. Binobarin,
A. Meyening til – jamiyat hayoti bilan bevosita aloqada bo‘lgan ijtimoiy hodisa 
bo‘lgani uchun uning rivojlanishida differensiatsiya va unifikatsiya jarayonlari 
mavjudligi; Sh. Ballining tilning barcha vositalari muloqot doirasiga ko‘ra 
taqsimlanishi, bunday taqsimlanishda ijtimoiy o‘zaro bog‘liqlikning salmoqli 
o‘rin tutishi; rus va chex tilshunoslarining yagona milliy til egalarining ijtimoiy 
mavqeyiga bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy differensiatsiya; Y. D. Polivanovning 
jamiyatning 
tilga 
ta’siri 
to‘g‘ridan 
to‘g‘ri 
bo‘lmasligi, 
jamiyatdagi 
o‘zgarishlarning til evolutsiyasini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkinligi 
haqidagi, 
shuningdek, 
hududiy 
dialektologiya 
bilan 
birga, 
ijtimoiy 
dialektologiyaning ham muhimligini asoslash; B. A. Larin, V. M. Jirmunskiy,
D. S. Lixachevlarning milliy til ichki tizimini tushunishda jargonlar, argolar va 
tilning boshqa kodlashmagan sohalarini o‘rganishning muhimligi to‘g‘risidagi 
g‘oyalari shular jumlasidandir
4
.
3
Бодуэн де Куртенэ И. А. Избранные труды по общему языкознанию. Том ІІ. – М.: Изд-во Академии 
наук СССР, 1963

– C. 15.
4
Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. – М., 2001. – C. 7. 


11 
Xullas, 20-40-yillarda sotsolingvistika va uni hayotga tadbiq etishning 
dastlabki bosqichlari bo‘lib o‘tdi. 50-60-yillarda ijtimoiy tilshunoslik haqidagi 
nazariyalar biroz bo‘lsa-da, rivojlandi. Sababi, bu masalada bir necha bor muhim 
yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi. 1952-yilda Milliy tillar muammmolariga doir,
54-55-yillarda “Nutq madaniyati” masalasida, badiiy asar tilini normallashtirish 
borasida bahslar bunga yaqqol misoldir. Bu davrda S. I. Denisov,
V. V. Vinogradov, F. P. Filin, V. M. Jirmunskiy kabi olimlar “Ijtimoiy dialektlar 
va ularni normalashtirish” xususida, qolaversa, ularni til taraqqiyotidagi o‘rni 
masalasida ko‘pgina ijobiy fikrlarni ilgari suradilar. Xususan, V. M. Jirmunskiy 
ijtimoiy dialektlar “terminining paydo bo‘lishi, sinfiy differensiatsiyalanishlar va 
sinfiy jamiyatlar umumiy qonuniyatlaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bir yoqlama 
hollarda yuzaga kelishini” ta’kidlaydi
5

1962-yilda Olmaotada milliy tillarning taraqqiyoti masalasida bo‘lib o‘tgan 
konfrensiyada ham milliy tillarni rivojlantirish va taraqqiy ettirish masalasida 
muhim vazifalar belgilanib olindi. O‘zbek tilshunosligida ham V. Reshetov,
A. Borovkov, A. G‘ulomov, F. Abdullayev, O. Usmonov kabi olimlarning ijodiy 
yo‘nalishlarida shu masalalar ilgari surilib kelindi. 
70-80-yillarda ijtimoiy tilshunoslikning tekshirilish obyekti ancha kengaydi 
va mustahkamlanib bordi.
Bu borada milliy tillarning rivojlanish qonuniyatlari, milliy va xalq tillari 
taraqqiyotini tez sur’atlar bilan rivojlantirish, ko‘p tillilik masalasi, shuningdek, 
tillar o‘rtasidagi aloqalar xususidagi fikr-mulohazalar o‘rin oldi. Shu masalada 
Jirmunskiy, Andreyev, Petrovskiy kabi tilshunos olimlarning tadqiqotlari 
ahamiyatlidir. Qolaversa, ijtimoiy lingvistikaning til qonuniyatlarini hayotga 
tatbiq etishdagi o‘rni alohida ta’kidlanib kelindi. Bundan tashqari, milliy tillar 
taraqqiyotida har bir tillarning o‘z ta’sir kuchini his etish, ayniqsa, shu tilda 
so‘zlashuvchi xalqlar ijtimoiy muhitidan kelib chiqqan holda ularning o‘rnini 
belgilash kabi vazifalar o‘rin olib keladi. 
Ayni paytda fanda yangicha nazariya va qarashlarni tatbiq etish asosida 
ijtimoiy lingvistikaning faoliyatini kuchaytirish o‘z-o‘zidan tillar o‘rtasidagi 
an’analarga amal qilishdir. 
Ma’lumki, har bir til o‘z rivojlanish taraqqiyotiga egadir. Tillar o‘rtasidagi 
o‘zaro aloqalar muhim ahamiyat kasb etadi. 1974-yilda bo‘lib o‘tgan yirik 
konferensiyada tillar o‘rtasidagi hamkorlik masalasi kun tartibidan o‘rin oladi. 
Ijtimoiy lingvistikaning asosiy muammolaridan biri sifatida tillarning o‘zaro 
aloqasi masalasiga alohida ahamiyat berildi. Qolaversa, bu davrda til taraqqiyoti 
5
Михайлов А. В. Ранние книги В. М. Жирмунского о немецком романтизме // Филологические науки. 
1994. № 2. 


12 
va uning qurilishida til siyosatining muhim ta’sir etgani, har bir tilning 
taraqqiyotida o‘z ta’sirini ko‘rsatayotganligi alohida ta’kidlab o‘tildi. 
70-80-yillarda Yevropa tilshunosligida sotsiologlar va tilshunoslar 
hamkorligida ijtimoiy lingvistika bilan bog‘liq tarzda shakllangan til uyushmalari 
tashkil etildi. Bular Chexiya, Polsha, Vengriya, Bolgariya, Germaniya, 
shuningdek, AQSh, Angliya, Yaponiya va boshqa mamlakatlarda til uyushmalari 
faoliyat ko‘rsatdi. Bu uyushmalarda ijtimoiy lingvistikaning eng muhim jihatlari 
sintez qilindi. Jumladan, ijtimoiy lingvistikaning xalqaro maydondagi o‘rni, 
ijtimoiy lingvistikaning birlamchiligi, “ijtimoiy lingvistikaning taraqqiyot 
muammolari” kabi masalalar til uyushmalarining asosiy muammolaridir. Keyingi 
yillarda til uyushmalarining sa’y-harakatlari natijasida bir necha ilmiy 
monografiyalar yuzaga keldi. Bunda asosan quyidagi masalalar o‘rin olgan: 
1. Ijtimoiy lingvistikaning milliy tillar taraqqiyotidagi o‘rnini tahlil etish 
hamda til qurilishi rivojidagi o‘rnini belgilash. 
2. Til muammolarini nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish, til madaniyati 
masalalarini hal etish jarayonini aniqlash, shu kabi masalalar keyingi yillarda 
ko‘pgina ilmiy va o‘quv muassasalarida keng ko‘lamda o‘rganilib kelindi. 
Ayniqsa, Kiyev, Minsk, Toshkent, Olmaota, Boku, Dushanba, Ashxabad, Tbilisi, 
Yerevan kabi shaharlarda ijtimoiy lingvistikaning muhim jihatlarini o‘rganishga 
katta e’tibor qaratildi. 
Tilning ijtimoiy va hududiy variantlari (dialektlari) ijtimoiy lingvistikaning 
asosiy o‘rganish obyektlaridan bo‘lib, ijtimoiy va hududiy variant (dialektlar)dir. 
Bu masalada Golovin, Bondaletovlarning qarashlarida muhim qonuniyatlar 
yuzaga keladi. Xususan, til va uning yuzaga kelishida ijtimoiy variant va hududiy 
(dialektlar)ning alohida o‘rni bo‘lganligini ta’kidlashadi. Shuningdek, ijtimoiy va 
hududiy dialektlar til qonuniyatlarini shakllanishining bir ko‘rinishi ekanligini 
uqtiradi. 
Akademik V. G. Stepanov tilshunoslar bilishi va o‘rganishi lozim bo‘lgan 
masalalaridan biri sifatida dialekt va tildan tashqari uslubiy ma’nolar hosil 
qiluvchi qisqa til hodisalari hamda variantlar xususida fikrlar bildiradi. 
Agar XX asrning birinchi yarmidagi sotsiolingvistika diaxronalligi, ya’ni 
tilning evolutsiyasi va jamiyatning rivojlanishi o‘zaro bog‘liqligi aytilgan bo‘lsa, 
XX asrning ikkinchi yarmidagi sotsiolingvistik tadqiqotlar sinxron xususiyatga 
ega bo‘lib, ular til tuzilishi elementlari va jamiyat tuzilishining elementlari 
o‘rtasidagi munosabatni tahlil qildi. 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin