9 – amaliy mashgʻulot koʻz oʻtkirligini aniqlash. Maqsad



Yüklə 153 Kb.
tarix19.05.2023
ölçüsü153 Kb.
#118062
9Koʻrish oʻtkirligi aniqlash


9 – AMALIY MASHGʻULOT


KOʻZ OʻTKIRLIGINI ANIQLASH.


Maqsad: Koʻrish oʻtkirligini Golovin jadvali yordamida aniqlash texnikasini oʻrganish.
Oʻquv jihozlari: Golovin jadvali, metr, koʻrsatkich
Nazariy qism:
Koʻrish oʻtkirligi deb, koʻzning 2 ta nur chiqayotgan nuqtani alohida koʻrish qobiliyatiga aytiladi. Normal koʻz 2 ta nur chiqarilayotgan nuqtani 10 burchak ostida alohida koʻrish qobiliyatiga ega. 2 ta nuqtani alohida koʻrish, bu koʻrish, bu ikkita qoʻzgʻalgan koʻzacha oʻrtasida eng oz bitta kuzacha qoʻzgʻalgan boʻlishi bilan bogʻlangan. Koʻzachaning diametri 3 mk boʻlib, 2 ta nuqtani alohida koʻrish uchun bu 2 ta nuqtaning tasviri toʻrqavatda 4 mk dan oz boʻlmasligi kerak va shunda tasvir kattaligi koʻrish burchagi 1° boʻlganda boʻladi. Shuning uchun ham 2 ta nur chiqarayotgan nuqtalar koʻrish burchagi osti 1° dan past boʻlganda koʻrilsa, nuqtalar qoʻshilib ketadi.

Golovin jadvali
Koʻrish oʻtkirligini aniqlash uchun 12 qatorda joylashgan harfli belgidan iborat standart jadvaldan (Golovin tablitsadan) foydalaniladi. Harflar kattaligi yuqoridan pastga tushgan sayin kichrayib boradi. Har bir qator yonidagi son koʻrish burchagi osti 1° boʻlganda, normal koʻzning shu qatordagi harflarni alohida koʻrishi kerak boʻlgan masofani koʻrsatadi. Jadval yaxshi yoritilgan devorga osiladi (yorugʻlik 10 lyuksdan kam boʻlmasligi kerak) yoki qoʻshimcha elektr lampasi bilan yoritiladi. Tekshiriluvchi jadvaldan 5 metr uzoqlikdagi kursiga oʻtkaziladi va bitta koʻzi mahsus moslama (shit) bilan berkitish taklifqilinadi. Tekshiruvchi koʻrsatkich tayoqchada tekshiriluvchiga harflarni koʻrsatib, ularning nomini aytishni suraydi. Aniqlash yuqori qatordan boshlanib, eng pastdagi qator topiladi va tekshiriluvchi tomonidan 2-3 s davomida harflarni aniq va ravshan koʻrib, nomini aytish soʻraladi. Qaysi qatorda xatolik boʻlgan boʻlsa oʻsha qator inobatga olinmaydi, undan bitta yuqoridagi qator hisoblanadi.
Keyin formula asosida koʻrish oʻtkirligi (visus) hisoblab chiqiladi:
;
bunda - -koʻrish oʻtkirligi, a-tekshiriluvchi bilan tablitsa oʻrtasidagi masofa, -normal koʻz shu qatordagi harflarni aniq koʻrishi kerak boʻlgan masofa.
Shundan keyin ikkinchi koʻzning koʻrish oʻtkirligi aniqlanadi.


Nazorat savollari.
1. Koʻrish oʻtkirligi deb nimaga aytiladi?
2. Golovin jadvali yordamida koʻrish oʻtkirligi qanday aniqlanadi?


Topshiriqlar

1.Golovin jadvali asosida olingan mahlumotlarni qayd eting.





Koʻz

Jadval va tekshiriluvchi orasidagi masofa

Koʻrilgan qator

Qator yonida yozilgan masofa

Koʻz oʻtkirligi

Oʻng koʻz













Chap koʻz













Yüklə 153 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin