Book · January 022 citations reads 484 author


sotsiolingvistikaning obyekti



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

sotsiolingvistikaning obyekti
til yoki tillarning ijtimoiy 
faoliyatidir. Til muayyan ijtimoiy strukturaga ega bo‘lgan jamiyatda faoliyat 
ko‘rsatadi, 
shunga 
ko‘ra, 
sotsiolingvistikani 
tilni 
ijtimoiy 
kontekstda 
o‘rganadigan fan deyish mumkin. Boshqacha aytganda, sotsiolingvistika 
insonlarga tildan qanday foydalanish, qanday gapirish kerakligini o‘rgatishni 
emas, balki ularning tildan qanday foydalanishlarini, qanday gapirishlarini 
o‘rganadi. 
Sotsiolingvistikaning predmeti
ni belgilashda nemis sotsiolingvistlari 
quyidagi fikrlarni bildirishgan. Jumladan, A. N. Dittmar sotsiolingvistikaning 
predmetini shunday izohlagan: “Sotsiolingvistika predmetini tilshunoslik va 
ijtimoiy fanlarning metodlaridan foydalanib: Kim kim bilan qaysi tilda, qanday 
ijtimoiy muhitda va qanday maqsadda gaplashyapti, nutq aktining oqibati qanday 
bo‘ladi? degan qator savollarga javob beruvchi tarzida tushuntirish mumkin”
9
.
D. Vunderlix sotsiolingvistikada alohida kommunikativ jarayonlarning ichida 
bevosita kuzatiladigan turli omillarning o‘zaro aloqasini tadqiq etilishi, ya’ni 
jamiyatning 
ijtimoiy 
differensiatsiyasining 
qandaydir 
asos 
sifatida 
o‘rganishilishini, uni nutqiy muomalaning rol, vaziyat va mavzu turlariga 
7
Брайт У. Введение: параметры социолингвистики // Новое в лингвистике. Вып. VII. – М., 1975. - С. 34-
41. 
8
Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. – М., 2001. – C. 9. 
9
Dittmar N. Soziolinguistik. Exemplarische und kritische Darstellung ihrer Theorie, Empiric und Anwendung. 
– Frankfurt: Main, 1973. – P. 389.


15 
ajraladigan sotsiologik o‘lchovlari bilan bog‘lanishini istiqbolli yondashuvlardan 
biri, deb hisoblagan
10

Amerika 
sotsiolingvistikasining 
tadqiqotchisi 
S. 
M. 
Ervin-Tripp 
kommunikatsiya jarayonidagi partner (muloqot ishtirokchi)larning verbal 
muomalasiga 
sotsiolingvistikaning 
asosiy 
predmeti 
sifatida 
qaraydi: 
“Sotsiolingvistika 
ishtirokchilarning 
holatga, 
mavzuga, 
o‘zaro 
ta’sir 
funksiyalariga, shakl va baholarga ko‘ra verbal muomalasi bilan ish ko‘radi. 
Mazkur ta’rifning markazi verbal muomala (so‘zlashuv va uning muqobillari) 
hisoblanadi. Bu o‘rinda sistemani to‘liq tavsiflash uchun lingvistik belgilarning 
funksional muqobillari sanalgan ishoralar va tasvirlarni ham kiritish lozim 
bo‘ladi. Biroq verbal muomala yuqori darajadagi to‘liq sistema sifatida o‘zini har 
joyda namoyon qiladi. Shunga ko‘ra, uni qulay boshlang‘ich nuqta deyish 
mumkin”
11
.
Buyuk Britaniya sotsiolingvistikasining predmeti, asosan, turli qatlamlar va 
sinflarning til qo‘llashini o‘rganish bilan cheklanadi. Binobarin, “til to‘siqlari”, 
“yoyiq va yig‘iq kod”, “kompensatsiyali ta’lim” kabi masalalar keng tadqiq 
etiladi. Mazkur muammolar sotsiolingvistik xususiyatga ega bo‘lsa-da, 
hodisalarning asl mohiyati ijtimoiy-iqtisodiy omillar bilan bog‘liq.
Yuqoridagi 
fikrlardan 
kelib 
chiqqan 
holda, 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin