Book · January 022 citations reads 484 author



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

Sotsiolingvistikaning 
fan 
sifatidagi 
mavqeyi

A. 
Keypel 
“sotsiolingvistika” atamasi o‘z-o‘zini belgilaydi, deb hisoblaydi. Nomidan ham 
ko‘rinib turibdiki, sotsiolingvistika sotsiologiya va tilshunoslik kesishgan joyda 
paydo bo‘lgan fandir. Sotsiolingvistikaning fanlararo bog‘liqligi ko‘pchilik 


13 
tadqiqotchilar tomonidan e’tirof etilgan (q.: Himes 1972, Kraus 1974 va 
boshqalar). Lekin bunday e’tirof bu fanda sotsiologiya ko‘pmi yoki tilshunoslik 
ko‘pmi? Sotsiolingvistikada sotsiolog ishtirok etadimi yoki tilshunoslarmi? – 
degan savollarga javob bermaydi. Shu o‘rinda zamonaviy sotsiolingvistika 
tilshunoslik 
sohalaridan 
biri 
ekanligini 
alohida 
ta’kidlash 
lozim. 
Sotsiolingvistikaning fundamenti shakllanayotgan davrda uning pozitsiyasi 
haqida bahslashish mumkin edi. Biroq bugungi kunga kelib sotsiolingvistikaning 
tadqiqot obyekti, maqsad va vazifalari aniqlanib qolmasdan, balki uning 
lingvistik tabiatini ochib beruvchi muhim natijalarga erishildi. 
Shuningdek, sotsiologlardan ommaviy tadqiqot usullari, so‘rovnomalar, 
og‘zaki usullar, og‘zaki so‘rov va intervyu usuli kabilarning sotsiolingvistlar 
tomonidan 
o‘zlashtirilganligini 
eslatib 
o‘tish 
maqsadga 
muvofiqdir. 
Sotsiolingvistlar bu metodlardan tilni o‘rganish vazifalaridan kelib chiqqan holda 
ijodiy foydalanish barobarida ular asosida til faktlari va til egalari bilan ishlash 
uchun mo‘ljallangan maxsus uslubiy metodlarni yaratishmoqda. 
Sotsiolingvistikaning obyekti
ni belgilashda tilshunoslarni ikki guruhga 
ajratish mumkin. Tilshunoslarning bir guruhi butun tilga tegishli bo‘lgan ijtimoiy 
jarayonlarni, til va jamiyat munosabatlarini o‘rganishadi. Biroq nutq 
so‘zlovchisiga, tilning kelib chiqishiga, uning umumiy xususiyatlariga munosabat 
bildirishmaydi. Boshqa bir guruh tilshunoslar esa turli tillarning individual 
variantliligiga va mikrojarayonlar (shaxslararo muloqot, kichik guruhlar 
muloqoti)ga e’tibor qaratishadi. 
Zamonaviy sotsiolingvistikaning asoschilaridan biri bo‘lgan amerikalik 
tadqiqotchi U. Labov sotsiolingvistikani “tilni uning ijtimoiy kontekstida” 
o‘rganadigan fan sifatida belgilagan. Boshqacha qilib aytganda, sotsiolingvistlar 
tilga ham, uning ichki tuzilishini o‘rganishga ham e’tibor qaratmaydilar. Ular, 
asosan, u yoki bu jamiyatdagi insonlarning tildan qanday foydalanishlarini tadqiq 
etadilar. Bunda tilga ta’sir qiluvchi barcha ijtimoiy omillar: muloqotga 
kiruvchilarning yoshi, jinsi, madaniyati va bilim darajasi, kasbidan tortib, to aniq 
nutqiy aktning xususiyatlarigacha hisobga olinadi
6
.
U. Brayt fikricha, sotsiolingvistik tadqiqotlar til va jamiyat munosabatlari 
bilan bog‘liq bo‘ladi. Biroq bunday qarash ham noaniqlikni keltirib chiqaradi. 
Agar biz bunga aniqlik kiritadigan bo‘lsak, unda til va jamiyat shunchaki 
qandaydir birliklarning majmuyi emas, balki ular struktura hisoblanadi. Mazkur 
holatda sotsiolingvistning vazifasi til strukturasidagi va ijtimoiy strukturadagi 
o‘zaro munosabatlar tizimini ochib berish bo‘ladi. Ya’ni sotsiolingvistlarning 
vazifasi lingvistik strukturaning sistematik qo‘shma variatsiyalashuvini ko‘rsatib 
6
Labоv W. Phonological correlates or social stratification. AA, 66 (6), part 2, 1964. – P. 170. 


14 
berish, hatto, u yoki bu yo‘nalishning tasodifiy aloqasini ochib berishdan 
iboratdir. Sotsiolingvistikaning asosiy vazifalaridan biri mazkur variatsiyalarning 
haqiqatan ham “erkin” emasligi, ularni sistematik, sotsial farqlar bilan o‘zaro 
aloqada ekanligini ko‘rsatib berishdir. Til farqliligini ana shunday keng planda 
tushunish sotsiolingvistikaning asosiy obyekti sanaladi
7

Fransuz tilshunoslarining fikriga ko‘ra, diskurs tahlili, til me’yori, 
variantlilik, diglossiya kabi muammolar sotsiolingvistikaning obyekti hisoblandi.
Sotsiolingvistika tilning ijtimoiy tabiatini, uning ijtimoiy funksiyalarini, 
shuningdek, ijtimoiy omillarning tilga ta’sirini o‘rganadigan fandir. Ikki yoki uch 
til amal qilayotgan jamiyatlarda sotsiolingvist quyidagi savollarga javob olishi 
uchun bir necha til funksiyalari mexanizmini ularning o‘zaro ta’sirida tadqiq 
qilishi lozim. Ular ijtimoiy hayotning qaysi sohalarida qo‘llaniladi? Mavqeyi va 
funksiyalariga ko‘ra ular orasidagi o‘zaro munosabat qanday bo‘ladi? Qaysi til 
“hukmronlik qiladi”, ya’ni qaysi til davlat tili yoki asosiy muloqot vositasi 
sifatida rasman qabul qilingan va qaysi tillar so‘zlashuv tili hisoblanadi? Ikki 
tillilik qanday sharoitlarda va qaysi shakllarda yuzaga keladi? Bunga o‘xshash 
savollarga javob berish sotsiolingvistikaning salohiyatiga kiradi
8
.
Demak, 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin