Book · January 022 citations reads 484 author



Yüklə 160,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/92
tarix19.12.2023
ölçüsü160,27 Kb.
#184457
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   92
Sotsiolingvistikauslubiyqollanma5.06.20213

Muhtaram yurtdoshlar!
Sizlarga ma’lumki, yaqinda Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuksak 
minbaridan turib, ijtimoiy-siyosiy hayotda va tadbirkorlik sohasida ayollarning 
rolini tubdan oshirishga qaratilgan ishlarni qat’iy davom ettirishimizni 
ta’kidladim. 
Bu yo‘ldagi muhim qadamlarimizdan biri sifatida shu yil yurtimizda 
Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollarining muloqoti va xotin-qizlarning 
mintaqaviy biznes forumini o‘tkazamiz. 
Bu boradagi ishlarimizni jadallashtirish uchun “2020-2030-yillarda 
O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi”ni qabul qilib, 
uni amalga oshirishga kirishmog‘imiz lozim. 
Qizlarimiz tarbiyasi, ularni mustaqil hayotga tayyorlash, zamonaviy bilim va 
hunarlarni egallashi, ish joyiga ega bo‘lishi, jamiyatda munosib o‘rnini topishiga 
alohida ahamiyat berishimiz zarur. 
“Ayollar daftari” bo‘yicha “mahallabay”, “xonadonbay” ishlash usuli orqali 
har bir mahalla va xonadon kesimida ularning muammolarini ijobiy hal etishimiz 
shart. 
Barchangizga yaxshi ayonki, joylarda yangi-yangi “IT-park”lar tashkil 
etyapmiz. Bu orqali mehnat bozorida “aqlli texnologiyalar”, innovatsiyalar 
asosida amalga oshiriladigan yangi xizmat turlari ko‘payib bormoqda. 


 102 
Bu joylarda kim ishlaydi? Bu bozorni kim egallaydi? Albatta, o‘zimizning 
bolalarimiz, qizlarimiz egallashi kerak. 
Ayniqsa, kitobxonlik, adabiyot, san’at va sportga mehr yoshlarimiz 
hayotining ajralmas qismiga aylanishi lozim. Xabaringiz bor, keyingi paytda 
jamiyatimiz hayotida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish bo‘yicha yangi 
qaror va dasturlar qabul qildik. Ularni to‘liq amalga oshirishda biz birinchi 
navbatda siz, hurmatli xotin-qizlarimizning faolligingiz, yuksak intellektual 
salohiyatingiz, bilim va tajribangizga tayanamiz. 
Qadrli vatandoshlar! 
Har yili ushbu qutlug‘ sana arafasida o‘qishda, ishda, jamoat ishlarida, 
o‘zining iste’dod va qobiliyatini namoyon etishda dastlabki yutuqlarga erishgan 
iqtidorli qizlarimizni Zulfiya nomidagi davlat mukofotlari bilan taqdirlash 
mamlakatimizda ezgu bir an’anaga aylanib qoldi. 
Bugun ana shunday qizlarimiz qatoriga yana 28 nafar iqtidorli yoshlarimiz 
qo‘shilmoqda. Ular kelgusida xuddi Zulfiya opamiz singari o‘qishda, mehnatda, 
shaxsiy hayotda, o‘z iste’dodi, bilim va qobiliyatini Vatanimiz ravnaqi yo‘lida 
safarbar etishda barcha yoshlarimizga o‘rnak bo‘ladilar, deb ishonaman. 
Ayni vaqtda bugungi bayram arafasida ko‘p yillar davomida o‘z sohasida 
katta natijalarga erishgan, davlat va jamiyat hayotida faol ishtirok etib kelayotgan 
opa-singillarimizdan 297 nafari “Mo‘tabar ayol” nishoni bilan taqdirlandi. 
Kuni kecha qabul qilingan Farmonga muvofiq, oila va jamiyatni 
mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi 
munosib xizmatlari uchun hurmatli ayollarimizdan katta bir guruhi yuksak davlat 
mukofotlariga sazovor bo‘ldilar. 
Kelinglar, ularning barchasini samimiy olqishlab, chin dildan tabriklaylik! 
Bugungi fayzli, unutilmas kunda Sizlar bilan birga opa-singillarimizning 
munosib vakillariga hamda Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlangan 
qizlarimizga ana shu faxriy unvon, orden va medallarni topshirish men uchun 
katta faxr va sharafdir. 

Yüklə 160,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin