Nutq
–
Реч
–
Speech
– Fikr bayon qilish vositasi bo‘lib, og‘zaki va yozma
shakllarga ega.
O
Orfografiya
–
Орфография – Spelling
– so‘zi yunon (grek) tilidan olingan
bo‘lib, “to‘g‘ri yozish” degan ma’noni anglatadi.
Ortiqchalik prinsipi
–
Принсип избыточности – Principle of
redundancy
– asosida voqe bo‘lgan hosila ma’nolar nomi mavjud narsalarni
qaytadan nomlaydi.
P
Proteza – Проте
́за – Prosthesis
– fonetik moslashtirish. So‘z boshida
tovushlar mosligi natijasida leksema variantlarining ortishi muammosi dastlab
Mahmud qoshg‘ariy tomonidan bayon qilingan edi. Xususan, u qipchoq, o‘g‘uz
tillarini hoqonicha turkcha tilga qiyoslar ekan, hoqonicha turkcha leksemalar
boshidagi [y] undoshi qipchoq tillarida doimo [j] ga, o‘g‘uz tillarida esa nolga
aylanishini bayon qiladi. Masalan, turkcha jinji, qipchoqcha jinji, o‘g‘uzcha inji.
Punktogramma
–
Пунктограмма – Punktogramma
– Muayyan yozuv
tizimining uzviy qismi bo‘lib, yozma nutqning ayrim yozuv belgilari (masalan,
raqamlar, harflar, diakritik va transkripsion belgilar kabi) bilan ifodalash mumkin
bo‘lmagan tomonlarini aniq belgilashda muhim ahamiyatga egadir.
Punktuatsiya
–
Пунктуация
–
Punktuatsiya
– so‘zi lotincha “punctum”,
yani
“nuqta”,
“o‘rin,
joy”
tushunchalarini
anglatadi.“Punktuatsiya”
tilshunoslikning tinish belgilari haqidagi bo‘limi bo‘lib, unda tinish belgilari
(punktogramma)ning qo‘llanish qoidalari o‘rganiladi. Punktuatsiya tilshunoslikda
nutq oqimidagi intonatsion-prosodik to‘xtamlarni, yozuvda ifodalanadigan shartli
belgilar yig‘indisini (
tinish belgilarini
) anglatadi.
Dostları ilə paylaş: |