Borland C++ Builder 6 tizimi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə6/10
tarix09.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#127754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Borland C Builder 6 tizimi

Height va Width ( Integer turida ) xossalari komponentaning mos ravishda vertikal va gorizontal o'lchamlarini piksillarda beradi .

Left va Top xossasi ( Integer turida ) komponentaning u joylashgan konteynerga ( forma yoki panelga ) koordinatalarini aniqlaydi . O'z o'rnida
forma ham komponenta va uning koordinatalari ekranning chap yuqori burchagiga nisbatan aniqlanadi .

HelpContext (THelpContext turida ) xossasi ma'lumotnoma tizimidagi kontekst nomerini beradi . Programma bajarilishida komponenta fokusda
bo'lgan holda < F1 > tugmasi bosilganda , aynan shu komponenta bilan bog'liq matn ekranga chiqadi .

Hint xossasi ( String turida ) kursor komponenta sohasida va bir necha soniya harakatsiz holatda bo'lganda ekranga yordamchi matnni chiqaradi . Yordamchi matn sariq fondda chiqadi va komponentaning ishlatilish maqsadini qisqacha yoritadi . Yordamchi matn ekranda paydo bo'lishi uchun boolean turidagi ShowHint xossasining qiymatini True deb aniqlash zarur .

PopupMenu xossasi suzib chiquvchi lokal menuga ko'rsatadi . Bu menyu sichqoncha ko'rsatgichi komponenta maydonida ( soxasida) turgan holda sichqonchaning o'ng tugmasi bosilganda paydo bo'ladi va bu xolat ro'y berish uchun AutoPopup xossasiga ( boolean turidagi ) True qiymatini berish kerak . Kelishuv buyicha uning qiymati False bo'ladi .
Text Xossai (TCaption turida ) Caption xossasiga o'xshab komponenta bilan bog'liq matnni o'zida saqlaydi . Caption xossasidan farqli ravishda Text sarloxa sifatida paydo bo'lmasdan komponenta elementining mazmunini aniqlaydi . Masalan , Edit , Memo komponentalarida Text xossasi ular ichida tahrirlanadigan belgi berilganlarni akslantiradi .
TabOrder xossasi ( TTabOrder turida ) konteynerdagi komponentalarning fokus olish tartibini aniqlaydi ( < Tab > tugmasi bosilganda ), ya'ni
komponentalar "aylanib " chiqish ketma - ketligini aniqlaydi . Kelishuv bo'yicha bu ketma - ketlik formani ko'rinishini yaratishda komponentalarning konteynerga joylashtirish tartibiga mos keladi : birinchi komponentaning TabOrder xossasining qiymati 0 , ikkinchisiniki -1 va hokozo . Tartibni o'zgartirish uchun komponentaning TabOrder xossasiga zarur qiymatni berish kerak . Har bir konteyner boshqalariga bog'liq bo'lmagan tabulyatsiya tartibiga ega bo'ladi . Ikkita komponenta bir xil tabulyatsiya tartibiga ega bo'lishi mumkin emas .

TabStop xossasi ( boolean turida ) TabOrder bilan birgalikda ishlatilib , komponentaning fokus olishi yoki yo'qligini aniqlaydi . Agar TabStop xossasining qiymati True bo'lsa komponenta fokus olishi mumkin , aks xolda yo'q. Vizual komponentalarning tabulatsiya tartibini Edit buyruqlar menu sida joylashgan Edit Tab Order ( Tabulyatsiya tartibini o'zgartirish ) dialog darchasi orqali amalga oshirish mumkin .

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin