DragMode ( TDragMode ) xossasi ob'ektlarni drag-and-drop ( ko'chirish va qoldirish ) usulida ob'ektlarni ko'chirish bilan bog'liq amallani programma ishlatadi va sichqoncha bilan ko'chirilayotganda boshqaruv elementini o'zini tutishini aniqlaydi . DragMode xossasi ikkita qiymat qabul qilishi mumkin : dmAutomatic va dmManual . Kelishuv bo'yicha dmManual qiymatga ega va shu sababli boshqaruv elementini BeginDrag metodi chiqarilmaguncha ko'chirib bo'lmaydi . Agar xossaning qiymati dmAutomatic bo'lsa , boshqaruv elementini ixtiyoriy paytda ko'chirish mumkin .DragMode xossasi qiymati o'rnatishdan tashqari boshqaruv elementi harakatini boshqaruvchi hodisani qayta - ishlovchisini kodini yozish kerak .
Action xossasi ( TBasicAction turida ) bir-biri bilan mazmunan bog'langan boshqaruv elementlari uchun yagona amalni ( protsedurani )
bajarish holatlarida ishlatiladi . Maxsus ActionList komponentasida amallar ro'yxati aniqlanadi va boshqaruv komponentasining Action xossasi
orqali ro'yhatdagi amallar bilan bog'lanadi . Odatda Action dan turli elementlarni markazlashgan xolda boshqarish uchun foydalaniladi . Masalan , Button1 tugmasi bilan MenuItem menyusining punktini yagona amal bilan bog'lash mumkin . Quyida amal ob'ekti bilan bog'lanish
tashkel qilishga misol keltirilgan .
procedure TForm1.FormCreate(Sender:TObject);
begin
Button1.Action:=Action1;
end;
Bu yerda Button1 tugmasi Action1 amal ob'ekti bilan bog'langan Button1 tugmasini bosganda OnClick xodisasi chaqirilmaydi , balki Action1 amal ob'ektidagi OnExecute hodisa qayta - ishlovchisi chaqiriladi .
Constraints xossasi interfeys elementlari o'lchamlarini cheklash uchun kiritilgan . Bu xossa TSizeContraints turida bo'lib , bu tur ham o'z xossalariga ega . Ular ichida eng muhimlari MinHeight , MaxHeight , MinWidth va MaxWidth xossalari hisoblanadi va ular mos ravishda boshqaruv elementining balandligi va enining maksimal va minimal qiymatlarini beradi . O'z navbatida boshqaruv elementining bo'yi va eni piksel o'lchamida Height va Width xossalarining qiymatlari orqali aniqlanadi . Boshqaruv elementi o'lchamlariga cheklov qo'yish uni ichida joylashgan boshqa elementlarni ko'rinmay qolishligini oldini olishga qaratilgan .
HODISALAR
Vizual komponentalar katta sondagi turli ko'rinishdagi hodisalarni yuzaga keltirish va qayta ishlashi imkoniyatiga ega. Eng umumiy hodisalar guruhlariga quyidagi kiritish mumkin :
Boshqaruv elementini tanlash Sichqoncha ko'rsatgichini harakatlantirish (ko'chirish) Hodisalar Vizual kompanintalar katta sondagi turli ko'rinishdagi hodisalarni yuzaga keltirishi va qayta ishlashi imkoniyatlariga ega. Eng umumiy hodisalar guruhlariga qo'yidagilar kiritish mumkun.
Boshqaruv elementlarini tanlash
Sichqoncha ko'rsatkichini harakatlantirish (ko'chirish)
Klaviatura tugmasini bosish
Boshqaruv elementi tomonidan qiymat kiritish fokusini olish va yo'qotish
Ob'ektlarni drag - and - drop usulida ko'chirish
Shuni eslatib o'tish kerakki hodisalar ham xossa hisoblanadi va u ma'lum tegishli bo'ladi. Aksaryat hodisalar xabar beruvchi xususiyatga ega va quo'yida e'loni ko'rsatilgan TNotifyEvef turiga tegishlidir:
Type TNotifyEvef = procedure (Sender:Tobject) of object ;
E'londan ko'rinib to'ribdiki, xabar beruvchi xodisa manbaini (Seuder parametiri ) ko'rsatadi va boshqa hech ma'lumotga ega emas . Boshqa xodisalar nisbatan murakkab va ular qo'yidagi paramitirlarini, masalan sichqpncha ko'rsatkichini ko'chirishini, uning koordinatalarini berishni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: |