ReadOnly xossasi boolean turida bo'lib , boshqaruv elementiga unda joylashgan matnni kiritish yoki taxrirlash bilan bog'liq amallarga ruxsat bor yoki yo'qligini aniqlaydi . Agar ReadOnly xossasi True qiymatga ega bo'lsa unda matnga faqat o'qish uchun murjaat qilish mumkin , agar ReadOnly xossasi False qiymati qabul qilsa , matnni taxrirlash mumkin bo'ladi. Masalan Edit satridan matnni faqat o'qish rejimida bermoqchi b'olsak ,
quyidagi amallar ketma - ketligi bajarilishi kerak :
Edit1.Text:=' O'zgarmas matn ';
Edit1.ReadOnly:=True;
Shuni ta'kidlash kerakki , ReadOnly faqat ilova ishlagan paytdagina amal qiladi va programma tuzuvchi ReadOnly xossasining qiymati True bo'lganda ham Text xossasining qiymatlarini o'zgartirishi mumkin .
Vizual komponentalar Color, Ctr3D, Font va Showhint xossalari uchun qiymatni ota boshqaruv elementining mos xossalarining qiymatini olishi mumkin . Ko'rsatilgan xossalarning qiymat manbaini boolean turidagi quyidagi xossalar aniqlab beradi :
ParentColor - Fon rangi uchun
Parent Ctl3D - Komponenta ko'rinishi
ParentFont - Matn shrifti uchun
ParentShowHint - Yordamchi matnni ko'rsatish uchun
Aksariyat xollarda kelishuv buyicha bu xossalar qiymatlari True bo'ladi . Agar programma tuzuvchi komponentadagi mos xossalarni o'zgartirsa , unga mos keluvchi Parent... xossasining qiymati False ga aylanadi .
Parent xossasi ( TWinControl ) komponenta uchun ota boshqaruv elementiga ko'rsatadi . Ota boshqaruv elementi sifatida konteyner keladi va o'z ichidagi vizual komponentalarni tasvirlanishiga javob beradi .
Formani loyixalashda va unga turli xil komponentalarni joylashtirishda komponentani qaysi konteynerga joylashishiga mos keladi Parent xossasi avtomatik ravishda to'g'ri qiymat qabul qiladi . Komponentalarni dinamik ravishda yaratish vaqtida komponentaning Parent xossasiga "qo'lda " qiymat berishga to'g'ri keladi . Masalan , tugma komponentasini dinamik ravishda yaratishni ko'raylik .
Procedure TForm1.Button1Click(Sender : TObject):
Begin
with Tlabel.Create( Self ) do begin
Caption:= ' Yangi yozuv ';
Parent :=Panel1;
Left :=20;
Top :=30;
end;
End;
Button1 tugmasi bosilganda Panel1 panelida Label1 yozuvi paydo bo'ladi . Agar Parent xossa qiymati berilmasa , Label1 yaratiladi , lekin ekranda ko'rinmaydi . Komponentalarda
Owner xossasi mavjud bo'lib , u komponentaning egasi bo'lgan elementga ko'rsatadi . Odatda komponentalar egasi ular joylashgan forma bo'ladi . Agar ega komponenta o'chirilsa , u egalik qiluvchi barcha komponentalar o'chib ketadi .
Dostları ilə paylaş: |