Mamedov Yoqubjon Olloxberdi o‘g‘li
Annotatsiya: Ushbu maqola asosan falsafa fanida borliq tushunchasining paydo bo’lishi, unga oid Sharq va G’arb allomalarning qarashlari, asarlari va fanga kiritgan nazariyalari keltirib o’tilgan.
Kalit so’zlar: falsafa, ontologiya, borliq, yo’qlik, tushuncha, qarashlar
Annotation: this article mainly cites the emergence of the concept of being in philosophy, the views of Eastern and Western allomas associated with it, their works and the theories they introduced into science.
Keywords: philosophy, ontology, being, absence, understanding, views
Аннотация: эта статья в основном посвящена возникновению понятия бытия в философской науке, взглядам на него восточных и западных ученых, трудам и теориям, которые они внесли в науку.
Ключевые слова: философия, онтология, бытие, небытие, концепция, взгляды
Faylasuflar “mavjudlik” va “yo‘qlik” to‘g‘risida qadim zamonlardan beri bahs yuritib keladilar. Ular borliqning paydo bo’lishi, mohiyati, xususiyatlari va shakllari haqida ko‘plab asarlar yozib qoldirganlar. Aslida borliq nima? To’g’ri bu savol judda oddiydek ko’rinadi ammo, hali hamma odamlarni qoniqtiradigan javob topilmadi. Bu holat borliq haqidagi turli nuqtai nazardan qarashlarning mavjudligi bilan izohlanadi. Masalan, ba'zi faylasuflar borliqni moddiylik, moddiy jismlar bilan o’zaro chambarchas deb o’ylashadi va shunday tushuntiradilar. Ularning fikricha, borliq faqat ob'ektiv voqelikni qamrab oluvchi tushunchadir. Tafakkur, inson tafakkuri va tasavvurimiz borliq tushunchasidan chetda qolsa, bunday tushunchalar obyektiv voqelikdan kelib chiqqan deb javob beradilar.
Falsafa fanining borliq haqidagi ta’limotini – o’rganuvchi bo’lim ontologiya deb ataladi. Ontologiya so’zi yunoncha ontos ( mavjudlik) va logos (ta’limot) so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, “mavjudlik haqidagi ta’limot”, ya’ni borliq haqidagi va uni o’rganuvchi fan ma’nosini anglatadi. Olam va borliq haqidagi fikr va masalalarni shu soha o’rganadi.
Bu tushunchani falsafa faniga birinchi bo’lib 1513 – yil R.Gokleniusning “Falsafa lug’ati” asarida, keyinchalik esa X.Volf (1679-1754) ning falsafa faniga oid darsligida qo’llanilganligiga qaramay, ulardan ham avvalroq Yunon faylasuflari ham ontologiyaga oid g’oyalarni ilgari surib kelishgan.
Yo’qlik – bu hech narsadir. Hamma bor narsani hech narsaga aylantiruvchi, hamma narsaning ibtidosi (boshlanishi) ham, intihosi (tugashi) ham bu yo’qlikdir. Ya’ni yo’qlik bu cheksizlik, tugallanmaslik va boqiylikdir. Yo’qlik tugallangan joyda borliq paydo bo’ladi. Xullas borliqni paydo qiluvchi ham, batamom yo’q qiluvchi ham bu yo’qlikdir. Borliq shunday mavjudlikki, u yo’qlikdan yo’qlikkachadir.
Tarixdan biz shuni bilamizki, borliq haqida olim va faylasuflar turlicha fikrlar yuritishgan. Markaziy Osiyo tuprog’ida yaratilgan zardushtiylik ta’limotida borliq quyosh va olovdan tashkil topgan hisoblanadi, alangalanib yonib turgan olov bu borliqning asosiy mohiyatidir, deb hisoblangan. Bu g’oya negizida asosan olov yotadi va u borliqqa borlik mavjudlik baxsh etadi.
Yevropa olimlari David Yum va Jorj Berkli borliqni sezgilarimiz majmuasi deb hisoblashgan. Xegel borliqqa mavhumlik, mutloq ruhning namoyon bo’lishi, deya ta’riflagan. Naturfalsafiy qarashlarda esa borliqni hozirgi zamonga bog’lab tushuntirishgan.
Borliq ancha keng doiradagi tushuncha hisoblanib o’zida butun mavjudlikni, uning oldingi, hozirgi va kelajagini ham qamrab olgan. Faylasuflar hammaga borliqni tushuntirish uchun uni yo’qlik tushunchasi bilan solishtirib, farqlarini aniqlab o’rganish orqali borliqning asosiy mohiyatini ochishga harakat qilishgan.
Materialistik adabiyotlarda esa borliqni ob’ektiv reallik bilan ya’ni materiya bilan o’xshatib aynanlashtirib tushuntiradilar.
Borliq shunday keng qamrovli umumiy tushunchaki, u o’zida ob’ektiv va sub’ektiv aniqlikni, paydo bo’lgan va hali paydo bo’lmagan olamlarni, moddiylik va ma’naviylikni, o’tmish va kelajakni, o’limni va hayotni, ruh va jismni kabi tushunchalarni jamlab olgan. Borliq tushunchasi kengligini yana bir belgilar orqali aniqlashimiz mumkin. Ular : olam, odam, g’oyalar, o’y-xayollarimizning barchasi birday mavjud va shular borliq tushunchasini tashkil etadi.
Borliq haqidagi muammo falsafada markaziy o’rin egallaydigan muammolardan biridir. Yana eng qiziq jihati shundaki, falsafa faniga tegishli bo’lgan barcha muammo va masalalar borliq falsafasining muammosi bilan o’zaro chambarchas bog’liqdir. Rostdan ham, borliq barcha falsafiy qarashlarda muhim ahamiyatga ega bo’lgan, uning muammosi falsafa fanidagi barcha dunyoqarash gnoseologik va metodologik muammolarning asosidir. Borliqning asosiy sohalari: tabiat, jamiyat va ong. Bu sohalarni birlashtirib turadigan umumiy birlik bu – ularning mavjudligida. Bu haqida A.G.Spirkin shunday deydi: “ Barcha mavjud narsalar borliqqa mansubdir. Ularga moddiy jismlar ham, barcha ( fizik, ximik, geologik, biologik, ijtimoiy, psixologik, ma’naviy) jarayonlar ham, ularning xossalari, aloqalari va munosabatlari ham kiradi. U chuqur hayolotning mevasi bo’lgan afsona va ertaklar, xatto bemorning alahsirashlari ham, borliqning qismi bo’lgan ma’naviy reallik sifatida mavjuddir”. Shunday qilib, “ruh va materiya, hech bo’lmaganda mavjudlik sifatida bir-birlaridan farq ham qilishadi. Agar moddiylik va ma’naviylikni bir-biriga solishtirib ko’radigan bo’lsak, moddiylik sub’ektdan alohida mustaqil ravishda mavjud bo’lsa, ma’naviylik esa unga bog’liq ravishda mavjud bo’ladi. Xullas, borliq bu tiriklik, mavjudlikning muayyan belgilarini o’z ichiga olgan tushunchadir.
QO’LLANILGAN ADABIYOTLAR:
Borliq falsafasi ( ontologiya) https://fayllar.org/borliq-falsafasi-ontologiya-reja.html
Ontologiya – borliq falsafasi. Dunyoni falsafiy tushunish. https://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-
ishi/item/13264-ontologiya-borliq-falsafasi-dunyoni-falsafiy-tushinish
Dostları ilə paylaş: |