Bosh miya katta yarim sharlari va uning funksiyalari. Рeja


Bosh miya po’stloq qismining tuzilishi va funksional jihatdan tashkiliy qismlari



Yüklə 25,44 Kb.
səhifə2/6
tarix16.12.2023
ölçüsü25,44 Kb.
#182370
1   2   3   4   5   6
Bosh miya katta yarim sharlari va uning funksiyalari. Рeja-fayllar.org

Bosh miya po’stloq qismining tuzilishi va funksional jihatdan tashkiliy qismlari.


Po’stloq arxitektonikasi. Arxitektonika – bu po’stloqni umumiy tuzilish rejasi va uning mikroskopik tuzilish xususiyatlaridir. Po’stloqni hosil qiluvchi nerv hujayralari va tolalari yetti qavatda joylashgan. Turli qavatlarda joylashgan nerv hujayralari shakli, o’lchami va joylanish xarakteri bilan farq qiladi.
I-qatlam –molekulyarli qatlam. Bu qatlamda nerv hujayralari juda kam, ular juda mayda. Bu qatlam asosan nerv tolalarining o’rimlaridan hosil bo’ladi.
II-tashqi donador qatlam. Bu qatlam juda mayda, donga o’xshash nerv hujayralaridan va juda mayda piramidalar shaklidagi hujayralardan tashkil topgan.
III-piramidal qatlam. Bu qatlam har ikkala birinchi qatlamlardan ham qalin bo’lib, asosan o’rta va katta piramidal hujayralardan hosil bo’ladi.
IV –gangliozli qatlam. Bu qatlam katta piramidal hujayralardan tashkil topgan bo’lib, po’stloqning harakat oblastidagi piramidal hujayralar eng katta o’lchamga ega bo’ladi.

Odam katta yarim sharlari po’stlog’idagi ayrim seziuvchi va harakat qismlarining joylanishi (chizma).
V – ichki donador qatlam. Bu qatlam ham II-qatlam singari turli shakldagi mayda donali hujayralardan tashkil topgan bo’lib po’stloqning turli oblastlarida bu qatlam bo’lmasligi mumkin (masalan, po’stloqning harakat oblastida).

VI – polimorfli qatlam. Bu yerdagi hujayralar uchburchak va duk shaklida bo’ladi. Bu qatlam miyaning oq moddasiga tutashgan bo’ladi.


Po’stloqning turli qismlarida faqat duksimon neyronlardan iborat bo’lgan VII-qatlam ham farqlanadi. Bu qatlam jiddiy darajada hujayralarga taqchil bo’lsa, shunchalik tolalarga boy bo’ladi.
Barcha qatlamlardagi nerv hujayralari orasida, ularning faoliyat jarayonlarida doimiy bog’lanishlar bilan birga, vaqtinchalik bog’lanishlar yuzaga keladi.
Hujayralarning tuzilishi va tarkibiy xususiyatlari bo’yicha katta yarim sharlar qator qismlarga bo’linadi va ularni po’stloqning maydonlari deb yuritiladi.

Yüklə 25,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin