Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Ustuvorlik 
Asosiy yo‘nalishlar
1. Kichik biznes 
korxonalarining global 
ishlab chiqarish zanjirida 
kengroq ishtirokini 
rag‘batlantirish
Kichik korxonalarning global ishlab chiqarish zanjiriga kirishni va ishtirokini kuchaytirish 
bo‘yicha ishlar.
Kichik biznesning yirik bizes bilan hamkorlik yo‘nalishlarini o‘rganish asosida global ishlab 
chiqarish zanjirida qatnashishini faollashtirish.
Asosiy xizmatlarni (logistika, moliya, elektron tijorat va boshqalar) qo‘llab-quvvatlash uchun 
manfaatdor tomonlarni birlashtirish.
2. Kichik biznes uchun 
raqamli iqtisodiyotda 
qulay biznes muhitini 
yaratish
Davlat va xususiy sektor hamkorligini mustahkamlash. 
Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorlik tashkiloti mamlakatlararo raqamli transformatsiya 
bo‘yicha tajriba almashish.
Axborot almashish, o‘qitish, konsalting xizmatlari va biznes hamkorlarni tanlashda qo‘llab-quv-
vatlash orqali kichik biznesning raqobatbardoshligini mustahkamlash.
3. Startap va innovatsion 
kichik korxonalarni 
rag‘batlantirish
Startaplar va innovatsion kichik korxonalarga yo‘naltirilgan barqaror ekotizimlarni rivojlantirish.
Kichik korxonalarning innovatsiyalar yaratish qobiliyatini rag‘batlantirish va raqobatbardosh-
ligini mustahkamlash.
Raqamli startaplar, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlovchi institutlar tarmog‘ini yaratish.
Eksportni qo‘llab-quvvatlash siyosatining yangi yo‘nalishlariga ahamiyat bersak, bu borada AQShning taj-
ribasi diqqatga sazovor, chunki milliy eksport tashabbusi (National Export Initiative, NEI)
11
doirasida qishloq 
xo‘jaligining yangi tarifidan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi eksportini rag‘batlantirish vositalari va choralari 
ishlab chiqilgan, qayta tiklanadigan manbalardan energiya ishlab chiqarish uchun ekologik yechimlar va quril-
malar eksportini qo‘llab-quvvatlash yo‘lga qo‘yilgan. Transport infratuzilmasiga keng sarmoya kiritish AQShda 
hukumat siyosatining muhim yo‘nalishiga aylandi–2010-yildan beri TIGER dasturi doirasidagi investitsiyalar 1.2 
milliard dollardan ortiqni tashkil etdi. 
Jahon Savdo Tashkiloti (JST) tomonidan e’lon qilinib boriluvchi kichik biznesning xalqaro savdodagi ishtiro-
ki to‘g‘risidagi hisobotlarida kichik biznes xalqaro bozorlarga chiqishda duch keladigan muammolar, shuning-
dek, ularning global savdodagi, xalqaro qo‘shimcha qiymat zanjiridagi ishtiroki, xalqaro elektron tijorat va kichik 
biznes bilan bog‘liq savdo siyosati muammolari yoritib boriladi.
12
Xorijiy mamlakatlar tajribasi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektori rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotida 
hal qilinishi kerak bo‘lgan qator muammolar – barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish, milliy iqtisodiyotning inno-
vatsiya salohiyatini shakllantirish, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish kabilarni hal qilish imkoniyatini 
berishini ko‘rsatadi. Shu sababli, rivojlangan mamlakatlarning aksari qismida kichik biznesni rivojlantirish va 
jahon xo‘jaligi tizimiga integratsiyasini ta’minlashni asosiy vazifalar qatoriga qo‘yadi.
13
X U L O S A VA TA V S I YA L A R
Kichik biznesning xalqaro-maydonga chiqishi uchun asosiy yo‘nalish biznesni faol kompyuterlashtirish va 
raqamlashtirishdir. Ishlab chiqarishdan oldingi bosqichda mahsulotning hayotiy sikli ortib borayotgan qismi vir-
tual sohaga o‘tishi sababli, yangi mahsulotlarni joriy qilish vaqti qisqaradi. “Raqamlashtirish” yo‘liga kirgan 
birinchi kompaniyalar tajribasi mahsulotlarni yetkazib berish muddatlarining 50% ga qisqartirishini ko‘rsatgan.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xorij tajribasini umumlashti-
rish asosida korxonalarning eksport salohiyatini rivojlantirish yuzasidan mamlakatimizda quyidagilarni amalga 
oshirish maqsadga muvofiq:

kichik biznes eksport faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi maxsus tizimni shakllantirish;

kichik biznes eksport faoliyatini kengaytirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish;

kichik biznes tashqi iqtisodiy faoliyatini rag‘batlantirishning qonuniy asoslarini yaratish;

biznes yuritishning yangi shakllarini (autsorsing, kraudsorsing, franchayzing, lizing, elektron tijorat) ilgari 
surish;
10 Сергиенко Е. Е. Опыт стимулирования малого предпринимательства в странах АТР //Проблемы социально-экономическо-
го развития Сибири. – 2018. – №. 2. – С. 71–76.; Пономарева О. Роль государственной поддержки в развитии МСП: опыт 
экономик АТЭС //Вестник АТЭС. – 2017. – №. 5. – С. 16–22.; Раджабова З. К. Опыт стимулирования и поддержки экспорта в 
условиях кризиса //Вестник Дагестанского государственного университета. Серия 3: Общественные науки. – 2016. – Т. 31. – 
№. 1. – С. 6–13. асосида тузилди.
11 National exsport initiative [Elektronnыy resurs]. URL: https://ustr.gov/nei 
12 World Trade Report 2019. Levelling the trading field for SMEs [Elektronniy resurs]. URL: https://www.wto.org/english/res_e/publica-
tions_e/wtr16_e.htm
13 Понамарева О. Роль государственной поддержки развития малого и среднего предпринимательства: опыт экономик АТЭС.// 
Вестник АТЭС. Издание Российского центра исследований АТЭС. 2017. №5. С.16–21.


133
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS

kichik biznesni davlat tomonidan moliyaviy, ma’muriy va axborot bilan ta’minlash, korxonalar tashqi alo-
qalarini raqamlashtirish tizmini yaratish.
Bu o‘rinda raqamli texnologiyalarning mehnat bozoriga ta’siri bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni keltirish o‘rinlidir. 
Jumladan, texnologiyalar rivojlanishining hozirgi darajasida turli kasblarning 30 % vazifalari avtomatlashtirilishi 
mumkin. Ish joylarini raqamli texnologiyalarni qo‘llash asosida avtomatlashtirish natijasida jahon YaIM 2030-yil-
ga kelib 9 trln. dollarga ortishi kutilmoqda va bunday texnologiyalarni qo‘llash natijasida jahon ishchi kuchining 
14 % o‘z kasbini o‘zgartirishga majbur bo‘ladi. Bu davrga kelib bank auditori, kredit muassasasi kabi kasblar 
deyarli to‘liq avtomatlashtirilishi mumkin. 
Jahonning eng mashhur kompaniyalari tajribasidan shuni ko‘rish mumkinki, ish o‘rinlarining avtomatlashti-
rilishi yoki robotlashtirilishi ularning qisqarishiga emas, ko‘proq yangilanishiga sabab bo‘ladi. Ko‘p xollarda tex-
nologiyalarning kirib kelishida infratuzilma, iqtisodiy, tartibga solish va ma’naviy to‘siqlar ham mavjud bo‘lishi 
mumkinligi hisobga olinmaydi. Jumladan, raqamli texnologiyalar tasvirni tanish, ovozni va boshqa biometrik 
ma’lumotlarni ajratish, bankrotlik extimolini baholash, texnikaning ishlashi jarayonida nosozliklarni aniqlash 
kabi tor doiradagi vazifalarni bajarmoqda. Raqamli tizimlar hozirgi paytda “qaytar aloqa”ni amalga oshirish 
qobiliyatiga ega emas, ya’ni foydalanuvchilarga u yoki bu qarorning mantig‘ini tushuntirib bera olmaydi, bu esa 
sog‘liqni saqlash, xavfsizlik va huquq kabi sohalarda insonning o‘rnini bosa olmaydi. 
Shu bilan birga texnologiya rivojlanishi bilan tarjimon, koll-markaz operatori, ekskursovodlar, notarius, ish 
yurituvchi, huquqiy maslahatchi, ma’muriy binolar qo‘riqchisi kabi kasblarning qisqarib borishiga olib kelmoqda. 
Ularning o‘rniga raqamli texnologiyalar sohasida qator yangi kasblar vujudga kelib, ta’lim tizimini mana shu 
kasb vakillarini tayyorlashga yo‘naltirilishi zarur. 
Texnologiyalarning rivojlanishi, kompaniyalarning raqamli o‘zgarishi, ish joylari uchun raqobatning o‘sishi 
va umr ko‘rish davomiyligining oshishi xodimlarni hayot davomida o‘z kasbiy faoliyatini bir necha bor o‘zgartiri-
shi, yangi malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zaruriyatini keltirib chiqaradi. Mehnat bozorida raqobatbardosh 
bo‘lish uchun inson yangi bilimlarni avvalgiga nisbatan tezroq egallashi kerak. O‘qitish uslublari qayta ko‘rib 
chiqilishi, ta’lim modellari o‘zgartirilishi zarur. Bugungi kunda ta’lim oldida turgan asosiy muammolarga dinamik 
ravishda o‘zgaruvchan mehnat bozori va inson extiyojlari talablariga javob beradigan ta’lim modelini yaratish, 
shuningdek, texnologiyalarni qo‘llash orqali xarajatlarni kamaytirish kiradi.
14
Shunday qilib, xorijiy mamlakatlarning tajribasiga tayangan holda kichik biznesning eksport faoliyatini rivoj-
lantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur:

Biznes yuritishning yangi shakllarini (franchayzing, lizing, elektron tijorat) ilgari surish; 

Kichik va o‘rta biznesni davlat tomonidan moliyaviy, ma’muriy va axborot bilan ta’minlash, ayniqsa biznes 
va tashqi iqtisodiy aloqalarni raqamlashtirishga urinishlarni faol qo‘llab-quvvatlash.

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin