Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə133/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–4947-sonli Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘pla-
mi, 2017 y., 6- son. 
2. Бреев Б.Д. Безработица в современной России. М.: Наука, 2005. С. 272. 
3. Белоус И. Опыт стран ЕС в сфере социальной поддержки населения. Мир финансов. 2006. № 4. С. 165–169. 
4. Дружинина В.В. Обеспечение сбалансированности местного рынка труда: зарубежний опыт. Научний Вестник 
Херсонского государственного университета. 2014. № 6. С. 124–128. 
5. Зайцева К.В. Управление трудовой занятостью в условиях смешанной экономики: монография. Донецк: МЧП 
“ВИК”, 2003. С. 294.
6. Олимова Н. Х., Ахунова О. Э. (2019). Научно-теоретические аспекты организации торговли текстилем. 
Тенденции развития мировой торговли в XXI веке.


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
172
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
AGLOMERATSIYA 
IQTISODIYOTI – 
HUDUDIY RIVOJLANINI 
HARAKATLANTIRUVCHI OMILI 
SIFATIDA
Raximbayev Akmal Azatboyevich
Urganch davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada aglomeratsiya iqtisodiyoti va uning zamonaviy yondashuvlari aniqlangan. Jahon aglome-
ratsiya iqtisodiyoti doirasida hal etilishi lozim bo‘lgan global va mintaqaviy muammolar aniqlangan. O‘zbekistonda sanoat 
aglomeratsiyalarini rivojlantirishga bo‘lgan yondashuv aniqlangan. Aglomeratsiya iqtisodiyotining fundamental asoslarini 
yaratishning hududiy rivojlanishga ijobiy ta’sirlari aniqlangan.
Kalit so‘zlar:
sanoat, hudud, mintaqa, aglomeratsiya, urbanizatsiya, klaster, integratsiya, sinergiya, hududiy sanoat, sa-
noat tarmoqlari.
Аннотация:
В данной статье определяется экономика агломерации и ее современные подходы. Выявлены гло-
бальные и региональные проблемы, которые необходимо решать в рамках мировой агломерационной экономики. 
Определен подход к развитию промышленных агломераций в Узбекистане. Определено положительное влияние 
создания фундаментальных основ экономики агломерации на региональное развитие.
Ключевые слова:
промышленность, территория, регион, агломерация, урбанизация, кластер, интеграция, синер-
гия, региональная промышленность, отрасли промышленности.
Abstract:
This article defines the economy of agglomeration and its modern approaches. Global and regional problems 
that need to be solved within the framework of the world agglomeration economy have been identified. The approach to 
the development of industrial agglomerations in Uzbekistan has been defined. The positive effects of creating the funda-
mental foundations of the agglomeration economy on regional development have been determined.
Key words:
industry, territory, region, agglomeration, urbanization, cluster, integration, synergy, regional industry, indus-
trial sectors.
K I R I S H
Aglomeratsiya nafaqat urbanizatsiya jarayonlarini aks ettiruvchi tushuncha, balki, sanoat va hududiy iqti-
sodiyotni tashkil etishning o‘ziga xos ilmiy yondashuvi sifatida shakllangan. Aglomeratsiyaning ta’siri mintaqa-
viy iqtisodiyot fanlarida bir asrdan ko‘proq vaqt davomida o‘z dolzarbligini yo‘qotmay keldi va bu boradagi 
tadqiqotlar haligacha amalga oshirilmoqda.
M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R N I N G TA H L I L I
Aglomeratsiyani iqtisodiy tushunishga bag‘ishlangan birinchi ilmiy ish 1890-yilda ingliz iqtisodchisi Alfred 
Marshall “Iqtisodiy fanlar tamoyillari” asarida keltirilgan. Unda aglomeratsiyalarni transport xarajatlarini tejash, 
ishlab chiqarish tajribasi va inson kapitalini firmalarning sanoat klasterlarida o‘zaro almashish usuli sifatida 
ta’riflagan
1
. Klassik iqtisodiy qarashlardan farqli ravishda amerikalik iqtisodchi olim Maykl Porter mintaqaviy 
klasterlarning o‘zaro ta’sirini ularning geografik, madaniy va tarixiy yaqinligidan kelib chiqqan holda aglomer-
atsiyaning raqobatdosh afzalliklarini oshirish usuli sifatida ko‘rib chiqdi va hududiy rivojlanishning aglomeratsi-
yalarga asoslangan klaster nazariyasini ilgani suradi.
2
Aglomeratsiya deganda ma’lum bir geografik hududda korxonalarning klasterlashuvi tushuniladi
3
. Aglome-
ratsiya iqtisodiyoti ishchilar va korxonalarning geografik jihatdan birgalikda joylashishiga olib keladigan mex-

Маршалл А. Принципы экономической науки. [Электронный ресурс]. – Режим доступа: ҳттп://www.либрарй.фа.ру/филес/
Маршалл.пдф .

Портер М. Конкурентная стратегия: методика анализа отраслей и конкурентов / М. Портер. – Москва: Альпина Бизнес, 2005. 
– 454 с.

Bolter K., Robey J. Agglomeration Economies: A literature review. – 2020..


173
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
anizm sifatida qaraladi. Aglomeratsiya iqtisodiyoti o‘xshash yoki bir-birini to‘ldiruvchi tovarlarni ishlab chiqa-
ruvchi bir qator firmalarning bir-biriga yaqin joylashuvi asosida yuzaga keladi, bu esa, o‘z navbatida, ushbu 
korxonalar uchun ijobiy tashqi ta’sirlarni keltirib chiqaradi
4
. Aglomeratsiya iqtisodiyotining ikkita asosiy turi mav-
jud: sanoat konsentratsiyasi (localization economiyes) va hudud iqtisodiy faoliyatni zichlashuvi (urbanization 
economiyes) natijasida yuzaga keladiganlar
5
. Geografik yondashuv nuqtayi nazaridan, aglomeratsiya aholini 
joylashtirish va hududiy tashkil etish tizimi sifatida qaraladi, u barqaror aloqalar bilan birlashtirilgan yirik marka-
zlardan iborat bo‘lgan aholi yashash punktlarining tayanch doirasi hisoblangan transport, logistika, siyosiy, 
madaniy va iqtisodiy makon sifatida qaraladi
6
.
2000–2010-yillarda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (keyingi o‘rinlarda OECD deb yuritiladi) 
a’zo bo‘lgan 23 ta davlatda yalpi ichki mahsulot o‘sishining qariyb 50 foizi shahar aglomeratsiyalari hissasiga 
to‘g‘ri keladi. 2020-yilga kelib dunyo aholisining 50% dan ortig‘i shaharlarda istiqomat qiladi, bu esa jahon yalpi 
ichki mahsulotining 80% ni tashkil qiladi. Prognozlarga ko‘ra 2030-yilga borib dunyo aholisining 33% aholisi 
500 mingdan ko‘proq bo‘lgan shaharlarda istiqomat qiladi. Dunyoning 600 ta eng yirik shaharlarida 2017-yil 
ma’lumotlariga ko‘ra jami aholining 22 foizi, ya’ni qariyb 1,5 mlrd. kishi istiqomat qiladi va 2025-yilga borib, bu 
ko‘rsatkich 2 mlrd. kishi yoki 25 foizga yetishi prognoz qilingan. Mazkur shaharlarning jahon yalpi mahsulotining 
2027-yilda qariyb 60 foizi to‘g‘ri keladi (2017-yilda 48 foiz)
7

Shu bilan birga, aglomeratsiyalar rivojlanishida muammolar mavjudki, ularning yechish jahon hamjamiyati 
oldida turgan ustuvor vazifalardir, jumladan: aglomeratsiyalarning infratuzilmaviy rivojlanish; mehnatga layoqat-
li aholining qisqarishi, o‘rta va kichik shaharlarda mahalliy byudjetlarni to‘ldirishning manbalari va ularni rivojlan-
tirish imkoniyatlarini qisqarib borishi, qishloq hududlarini rivojlantirish; ijtimoiy xizmatlar qishloqlarda narxining 
oshishi fonida aholining qarishi
8
.
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Umuman olganda aglomeratsiya iqtisodiyotda keng o‘rganiluvchi soha sifatida mintaqaviy iqtisodiy tizim va 
tuzilmalarning asosiy predmeti hisoblanadi. 
Aglomeratsiya iqtisodiyoti ta’sir doirasi va kuchi uni shakllanish darajasiga qarab belgilanadi. Misol uchun, 
firmalarning yaqinligi va o‘zaro ta’siridan (urbanizatsiya) kelib chiqadigan aglomeratsiyalarda masofa uzoqlash-
gan sari aglomeratsiya ta’sirining pasayishi kuzatiladi
9
. Urbanizatsiya iqtisodiyotida esa turli sohalarda boshqa-
larga yaqin joylashgan korxonalar uchun xarajatlarni qisqarishi tufayli sinergiya samarasi yuzaga keladi. Buning 
ma’nosi shundan iboratki, joyning kattaligi tufayli korxonalar o‘z sohalaridan tashqarida tovarlar va xizmatlarn-
ing keng portfelidan (ya’ni, buxgalteriya hisobi, dizayn, yuridik xizmatlar) foydalanish imkoniyatiga ega bo‘la-
di. Shuningdek, aglomeratsiya iqtisodiyotidagi yana bir asosiy mexanizm mahalliylashtirish hisoblanadi, uning 
asosiy afzalliklari sanoatning boshqa firmalari yaqinida joylashtirish orqali o‘zaro ta’sirini yuzaga chiqarish va 
qo‘shilgan qiymat yaratishni nazarda turtishdir. Buning ma’nosi shundaki, firmalar infratuzilmani bo‘lishish va 
o‘z sanoati uchun ixtisoslashgan ishchi kuchini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Aglomeratsiya iqtisodiyotining afzalliklarini uchta mexanizm orqali umumlashtirish mumkin: almashish, 
moslashish va o‘rganish. Firmalar obyektlarni, infratuzilmani, etkazib beruvchilarni va ishchi kuchini almash-
ishdan foyda oladi. Firmalar va ishchilar kattaroq yoki ko‘proq ixtisoslashgan mehnat fondida o‘z malakalari 
va ehtiyojlarini yaxshiroq qondirishga qodir. Bundan tashqari, firmalar kattaroq bozorda yangi texnologiyalar
va biznes amaliyotlarini osonroq o‘rganishlari mumkin
10
.
Postindustrial iqtisodiyotda “aglomeratsiya” tushunchasi va uning klassik ilmiy nazariy qarashlari shakllan-
gan va rivojlangan. Biroq, hozirgi kunda aglomeratsiya ishlab chiqarishda nafaqat tovarlar, xizmatlar va mehnat 
unumdorligini oshirishga shart-sharoit yaratish shakli, balki inson hayoti uchun qulay sharoitlar yaratish vositasi 
sifatida qaralmoqda. Ya’ni, iqtisodiyotni tashkil etish shakli emas, balki inson hayotini tashkil etish shaklidir
11

2019-yil oxiridan buyon boshlangan global pandemiya inqirozi global aglomeratsiya tendensiyalarining 
yangi davrini yuzaga chiqardi. 

Porter, M. E. (1998). Clusters and the new economics of competition (Vol. 76, No. 6, pp. 77–90). Boston: Harvard Business Review

Cohen, J. P., Coughlin, C. C., & Paul, C. J. M. (2019). Agglomeration, productivity and regional growth: production theory approaches. 
In Handbook of regional growth and development theories. Edward Elgar Publishing 

Merkuryev V. V. Organizatsionno-ekonomicheskie osnovы razvitiya aglomeratsiy munitsipalnыx obrazovaniy: teoriya i metodologiya. 
Dis. na sois. uch. st. D. e.n. Kemerovo – 2022. 21 str. 

https://goroda2030.ekaterinburg.rf/file/8344ee89e6e392bb9fd9958b1649c973 (data obraщeniya 15.08.2019).

McKinsey Global Institute, 2011 “Urban World: Mapping the Economic Power of Cities” repotr

Audretsch, D., & Feldman, M. (2004). Knowledge spillovers and the geography of innovation. In J. V. Henderson & J. -F. Thisse 
(Eds.), Handbook of regional and urban economics: Cities and geography (Vol. 4, pp. 2713–2739). Amsterdam: North-Holland
10 Duranton, G., & Puga, D. (2004). Micro-foundations of urban agglomeration economies. In Handbook of regional and urban econom-
ics (Vol. 4, pp. 2063–2117). Elsevier.
11 Merzlov D. I. Razvitie aglomeratsiy v krizisnыe periodы : dis. – Merzlov Dmitriy Ivanovich.-Sankt-Peterburg. SPbGEU. 2020.–180s, 
2020.


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
174
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
Agar ishlab chiqaruvchi kuchlarning global miqyosda taqsimlanishini ko‘rib chiqsak, unda jahon sanoat 
ishlab chiqarishi, elektr energetikasi, tog‘-kon sanoati, metallurgiya, to‘qimachilik sanoati va qishloq xo‘jaligi 
kabi asosiy yo‘nalishlarni baholash kerak.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon sanoat ishlab chiqarishidagi ulushini so‘ngi 70 yil ichida yuqorilab 
borish tendensiyasi kuzatilmoqda. Jumladan, 2018-yilda dami sanoat ishlab chiqarishining qarib 20–22% i 8 ta 
rivojlangan mamlakatlar hissasidir. 
Sanoat ishlab chiqarishi eng yuqori darajada rivojlangan birinchi TOP–5 mamlakatlar: AQSh – jahon sa-
noat ishlab chiqarishining taxminan 20%; Yaponiya – 11%; Xitoy – 9%; Germaniya – 6%; Rossiya – 4%. Bular 
asosan shimoliy mamlakatlar hisobnalanadi. Darhaqiqat, jahon ishlab chiqarish kuchlarining tuzilishi va taqsim-
lanishini tahlil qiladigan bo‘lsak, shimoliy mamlakatlari ilm talab qiladigan tarmoqlarda ustun ekanini, “janubiy” 
esa konchilik, yengil va oziq-ovqat sanoatiga ko‘proq e’tibor qaratganini ko‘rishimiz mumkin.
Jahon energetika sanoati sanoatning barcha turlarini rivojlantirish ko‘rsatkichi ekanligi e’tirof etilgan. Elektr 
energiyasi ishlab chiqarishning o‘sishi, mintaqaning sanoat rivojlanishiga doimiy yuqori korelyatsiyasi kuzatila-
di. Energiya iste’moli bo‘yicha yetakchi mamlakatlar hisoblangan Xitoy (6723 TVt/soat); AQSh (4585 TVt/soat); 
Hindiston (1526 TVt); Rossiya (1125 TVt); Yaponiya (1062 TVt/soat); Kanada (682 TVt/soat); Germaniya (671 
TVt/soat); Braziliya (582 TVt/soat); Fransiya (567 TVt soat); Koreya Respublikasi (558 TVt/soat).) ning umumiy 
ro‘yxatida g‘arb mamlakatlari asosiy iste’molchi va janubiy mamlakatlar esa uni ishlab chiqaruvchisi sifatida 
qatnashmoqda. 
MDH mamlakatlarida gaz sanoatining rivojlanishi tabiiy gazning katta zaxiralari (jahon zaxiralarining qariyb 
40%) bilan bog‘liq bo‘lsa-da, gaz sanoati rivojlanishida ikkinchi o‘rinni Yaqin Sharq mamlakatlari hisoblangan 
Shimoliy Amerika (4,5%), G‘arbiy Yevropa (4,5%) kabi 30 ga yaqin mamlakatlar hisoblanadi. 
Umuman olganda, sanoatning bunday notekis taqsimlanishi hududardagi salohiyat va resurs imkoniyat-
lariga emas, ko‘proq boshqa omillarga bog‘liq va bu aglomeratsiyalarning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini 
aniqlash lozimligini keltirib chiqarida
12
.
Yuqoridagilarni inobatga olganda, aglomeratsiya muammosiga bag‘ishlangan manbalarda quyidagi ilmiy 
nazariy qarashlar shakllanganligini aniqlash mumkin:


Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin