№ 7-son.
MAMLAKATDA DAVLAT
SOLIQ XIZMATI ORGANLARI
SOLIQ MA’MURIYATCHILIGI
FAOLIYATI TAHLILI
Tashmuxamedova Yayra Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tadqiqotchisi
Annotatsiya:
Maqolada mamlakatda davlat soliq xizmati organlari soliq ma’muriyatchiligi faoliyati tahlil qilinib, soliq
idoralarining soliq to‘lovchilarga sifatli davlat xizmati ko‘rsatish borasidagi ish samaradorligi o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar:
soliq, soliq ma’muriyatchiligi, soliq to‘lovchi, tashkilot, korxona, byudjet.
Аннотация:
В статье анализируется деятельность налогового администрирования органов государственной на-
логовой службы в стране, а также исследуется эффективность деятельности налоговых органов по оказанию
качественных государственных услуг налогоплательщикам.
Ключевые слова:
налог, налоговое администрирование, налогоплательщик, организация, предприятие, бюджет.
Abstract:
The article analyzes the tax administration activities of state tax service bodies in the country, and examines the
efficiency of tax offices in providing quality public services to taxpayers.
Key words:
tax, tax administration, tax payer, organization, enterprise, budget.
O‘zbekistonda soliq ma’muriyatchiligi va davlat soliq xizmati organlari faoliyatini isloh qilish soliq munosa-
batlarini tizimida ma’muriy bosimni kamaytirish hamda uning ishtirokchilari o‘zaro hamkorligini ta’minlashga qa-
ratilgan. Soliq ma’muriyatchiligi tizimini takomillashtrish borasidagi islohotlar samarasi o‘laroq 2015–2022-yillar
mobaynida respublikamizda faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxat-
dan o‘tganlar sonidagi ulushi 56,2 foizdan 60,5 foizgacha hamda iqtisodiyotda ish bilan band bo‘lganlar umumiy
miqdoridagi ulushi 74,8 foizgacha o‘sgan.
Soliq va yig‘imlarning undirilishi (yig‘iluvchanlik) soliq organlari faoliyati samaradorligining asosiy ko‘rsat-
kichlaridan biri hisoblanadi. Soliq va yig‘imlar yig‘iluvchanlik ko‘rsatkichi soliq organlari tomonidan undirilgan
soliq va yig‘imlar summasining byudjetga hisoblangan soliq va yig‘imlar summasiga nisbati sifatida aniqlanadi
(1-jadval).
1-jadval:
O‘zbekistonda soliq idoralari tomonidan soliq va to‘lovlarni 2018–2022 yillarda undirilish holati tahlili