Berdiyeva Janonaxon Jahongir qizi
“Uzauto Motors Powertrain” Aksiyadorlik jamiyati Jamoatchilik
aloqalalari va ma’muriyat masalalari bo‘yicha mutaxassis
Annotatsiya:
Ushbu maqolada raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirilishi, davlat
organlari va boshqa tashkilotlarda elektron hujjat almashinuvi hamda jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish
uchun elektron tijorat tizimlari bosqichma-bosqich joriy etishning iqtisodiy va huquqiy asoslari keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
raqamli iqtisodiyot, iqtisodiyot drayveri, elektron hujjat, samaradorlik, raqamli tibbiyot, aqlli shaxar, axborot-
lashgan jamiyat, investitsiya, raqamli dividentlar kapital, eksport, import, loyiha.
Аннотация:
В данной статье представлена экономическая и правовая основа для реализации последовательных
мер по развитию цифровой экономики, обмену электронными документами в государственных органах и других
организациях, а также постепенному внедрению систем электронной коммерции для предоставления услуг фи-
зическим и юридическим лицам.
Ключевые слова:
цифровая экономика, драйвер экономики, электронный документ, эффективность, цифровая
медицина, умный город, информированное общество, инвестиции, капитал цифровых дивидендов, экспорт, им-
порт, проект.
Abstract:
This article presens the economic and legal basis for the implementation of consistent measures for the devel-
opment of the digital economy, the exchange of electronic documens in government agencies and other organizations,
as well as the gradual introduction of e-commerce systems for the provision of services to individuals and legal entities.
Key words:
digital economy, economic driver, electronic document, efficiency, digital medicine, smart city, informed soci-
ety, investment, digital dividend capital, export, import, project.
K I R I S H
Iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish borasida davlat tomonidan keng ko‘lamli chora-tadbirlar
ko‘rilmoqda, elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilmoqda, elektron to‘lovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijo-
rat sohasidagi normativ-huquqiy baza takomillashtirilmoqda. Axborot-texnologik platformalarda faoliyat ko‘rsa-
223
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
tadigan raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda, bu esa shunday platformalarning yangi modellarini yaratish
zaruratini taqozo etmoqda
1
.
Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish
uchun shart-sharoitlar yaratish, investitsiya muhitini yaxshilash, shuningdek, “Raqamli O‘zbekiston–2030” va
“2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi”da milliy iqtisodiyot, sanoat
va umuman jamiyatda raqamli transformatsiyani amalga oshirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar ko‘zda
tutilgan. Raqamli iqtisodiyot milliy iqtisodiyotning samarali rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, shuning-
dek sanoat tarmoqlari hamda xizmat ko‘rsatishni samarali rivojlantirishni rag‘batlantiradi. Iqtisodiyotda axborot
kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash yirik va kichik korxonalar o‘rtasida teng imkoniyatlar yaratadi, bu
esa ularning faoliyati samaradorligini oshiradi va sohada raqobatni ta’minlaydi. Raqamli transformatsiyaning
belgilovchi omili uning sur’ati hisoblanadi. Texnologiya rivojlanishining tezligi va natijasi ijtimoiy-iqtisodiy, infra-
tuzilmaviy o‘zgarishlarning inson hayoti bilan bog‘liqligi rivojlanish tezligida sifatli pog‘onani ko‘rsatish imkonini
beradi, bu esa yangi davrga o‘tishni anglatadi.
[1]
Shuningdek, hozirgi kunda jahon mamlakatlarida raqamli iqtisodiyot hayotning barcha jabhalarini, xususan
fan-ta’lim, sog‘liqni saqlash, qurilish, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi, transport, geologiya, kadastr, arxiv va
boshqa sohalarini qamrab olgan va samara bermoqda.
2022-yilda jahon yalpi ichki mahsulotida raqamli iqtisodiyot 21 % ni tashkil etdi, 2025-yilga kelib bu ko‘rsat-
kich 24% ga yetishi kutilmoqda.
[2]
Xitoy o‘z iqtisodiyotini raqamli iqtisodiyot orqali rivojlantirish yo‘lidan bormoq-
da, 2022-yilda YaIMda raqamli iqtisodiyotning ulushi 36,8 foizni tashkil etdi
2
.
Sh. M. Mirziyoyev “Raqamli iqtisodiyotsiz mamlakat iqtisodiyotining kelajagi yo‘q”
[3]
deya ta’kidlab o‘tadi
3
.
Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni yanada rivojlantirishning maqsadida qo‘yidagi:
2023-yilda raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravarga ko‘paytirishni
nazarda tutgan holda, shu jumladan ishlab chiqarishni boshqarishda axborot tizimlari kompleksini joriy qil-
ish, moliyaviy-xo‘jalik faoliyatda hisobot yuritishda dasturiy mahsulotlardan keng foydalanish, shuningdek, tex-
nologik jarayonlarni avtomatlashtirish orqali uni jadal shakllantirish;
dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va texnologik-maydonchalar yaratish orqali “raqamli tadbirkorlik”ni
rivojlantirish, 2023-yilga kelib ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravarga oshirish va ularning eksportini 100
million dollarga yetkazish vazifalari belgilab
[4]
berildi4.
Shunday ekan, bunday islohotlarni davom ettirib borish ayni muddao. Yangi islohotlarga muvofiq iqtisodiy-
ot tarmoqlari va ishlab chiqarishni raqamlashtirish, ekspertlar hamjamiyati bilan hamkorlikda raqamli iqtisodiyot
va elektron hukumat sohasida yangi yo‘nalishlar va zamonaviy texnologiyalarni chuqur o‘rganish orqali ularni
davlat organlari va tashkilotlarida keng joriy etish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida “aqlli” va boshqa istiqbolli
texnologiyalarni, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi texnologiyalarni joriy etishning kon-
septual va uslubiy asosi shakllantirildi.
Iqtisodiyotning barcha sohalari raqamlashtirilsa korrupsiyani kamaytiradi, davlat boshqaruvidagi shaffoflik-
ni ta’minlaydi, xalq hayotining yengillashishiga, qulaylashishiga xizmat qiladi.
Jumladan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 19-fevraldagi PF5349 sonli “Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-iyuldagi PQ–3832 sonli “O‘zbekiston Respublikasi-
da raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-maydagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2018-yil 19-fevraldagi PF–4321 sonli “Raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmalarini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.
[5]
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi PQ4699-sonli “Raqamli iqtisodiyot va
elektron hukumatni keng joriy etish choratadbirlari to‘g‘risida”gi
[6]
( ko‘chirma) Qarori.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, raqamli iqtisodiyotga o‘tish islohotlardagi mantiqiy ketma-ketlikning
davomi va drayveri, deb atash mumkin. Raqamli iqtisodiyotni “drayver” sohaga aylantirish, IT xizmatlari ko‘lami-
ni oshirish, xizmat turlarining mobil ilovalarini yaratish doimiy e’tiborda.
1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 03.07.2018-yildagi PQ–3832-son
2
Новая инфраструктура как основа экономики. (https://pIus.rbs. ru)
3 https://teznews.uz/22–09–2020/shavkat-mirziyoyev-raqamli-iqtisodiyotsiz-mamlakat-iqtisodiyotining-kelazhagi-joq
4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4699-sonli qarori.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
224
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R TA H L I L I
Hozirgi vaqtga kelib, raqamli iqtisodiyot nazariyasi to‘laligicha hali shakllanmagan va ko‘pchilik iqtisodchilar
tomonidan keng miqyosda o‘rganilmoqda. Ilmiy adabiyotlarda hozirgi zamon “Yangi raqamli iqtisodiyoti” turli xil
atamalar bilan nomlanadi. Masalan, “postindustrial iqtisodiyot” (D. Bell), “axborotlashgan iqtisodiyot” (O. Toffler),
“megaiqtisodiyot” (V. Kuvaldin), “axborot va aloqaga asoslangan iqtisodiyot” (I. Niiniluto), “texnoiqtisodiyot va
raqamli iqtisodiyot” (B. Geyts), “bilimlarga asoslangan iqtisodiyot” (D. Tapskott). Ushbu tushunchalarni bog‘lab
turadigan omil – bu iqtisodiy jarayonlarning globallashuv jarayonida axborot texnologiyalarining birlamchi o‘rin-
ni egallashi bo‘lib hisoblanadi.
Fang Zhao, Joseph Wallis, Mohini Singh lar o‘z ilmiy qarashlarida “axborot texnologiyalari va hukumat
o‘rtasidagi munosabatlarga oid adabiyotlar uzoq vaqtdan beri nazariy rivojlanish va yempirik testlarning ka-
mligidan aziyat chekkib kelmoqda, ammo ta’kidlab o‘tish joizki raqamli iqtisodiyotning kirib kelishi mahalliy
boshqaruvni ham raqamlashtirishga ehtiyojni yuzaga keltirdi. Demak raqamlashtirish boshqarishdagi bir qator
muammolarni hal qilib berishi mumkin”
[7]
ligini aytib o‘tganlar.
Xitoylik olimlar Enji Li, Qing Chen, Xinyan Zhang, Chen Zhang boshqaruvda raqamli hukumatning rivojlan-
ishi axborot shaffofligini oshirishi, hukumat xatti-harakatlarini tartibga solishi, korxonalar faoliyatlarini nazoratini
ta’minlash va hududning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish uchun eng qulay raqamli vositadir”
[8]
deb keltirib
o‘tgan.
M. A. Shneps-Shneppe va Namiot D. E. o‘zining tadqiqotlarida hududlarda raqamli iqtisodiyotni rivojlanti-
rish orqali boshqaruvni takomillashtirish, AKT sohasini rivojlanishning asosiy bo‘g‘ini ekanligi va uning xususi-
yatlari to‘g‘risida nazariyalarini tadqiq etib o‘tishgan
[9]
.
L. V. Lapidus o‘z tadqiqotlarida raqamli texnologiyalar evolyutsiyasi ta’siri ostida mahalliy boshqaruvda
aholini biznesga yo‘naltirish, biznes modellarini yaratish nuqtayi nazaridan elektron biznes va elektron tijoratni
boshqarish bo‘yicha nazariy qoidalar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan
[10]
.
Rossiyalik professor M. L. Kalujskiy fikricha, raqamli iqtisodiyot internet faoliyati, shuningdek, shakllari,usul-
lari,vositalari va uni amalga oshirish aloqa muhitidir.
O‘zbekistonda akademik S. S. G‘ulomov rahbarligidagi iqtisodchilar tomonidan “Raqamli iqtisodiyotda
blokcheyn texnologiyalar. (S. S. G‘ulomov, R. X. Ayupov, O. M. Abdullayev, G. R. Boltaboyeva.), Raqamli iqti-
sodiyot va elektron tijorat asoslari. (S. S. G‘ulomov, R. X. Ayupov) nomli o‘quv qo‘llanmalarida
[11]
raqamli iqti-
sodiyotga o‘tishdagi muammolar va ularning mexanizmiga bag‘ishlangan5.
Raqamli iqtisodiyot haqida so‘z borar ekan, axborotlashgan jamiyatga ta’rif berib o‘tish ham o‘rinlidir.
Aka demik S. S. G‘ulomov raqamli iqtisodiyotga quyidagicha ta’rif bergan: Raqamli iqtisod-xo‘jalik yuritishning
zamonaviy shakli bo‘lib,unda ishlab chiqarish va boshqarishni asosiy faktori sifatida raqamli ko‘rinishdagi katta
ma’lumotlar majmui va ularni qayta ishlash jarayoni xizmat qiladi.
Professor Nodir Jumayevning fikricha – raqamli iqtisodiyot deganda,faqatgina Blokcheyn texnologiyasini
va ulardan xalqaro moliya bozorlarida foydalanish masalalarini yoki kriptovalyutalarni tushunish kerak emas.
Albatta, Blokcheyn texnologiyasi, kriptovalyutalar ham raqamli iqtisodiyotning bir bo‘lagi, lekin raqamli iqtisodi-
yot deganda, raqamli kommunikatsiyalar, IT yordamida olib boriladigan iqtisodiyot tushuniladi. Raqamli iqti-
sodiyot raqamli texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes, elektron tijorat bilan bog‘langan, raqamli tovar
va xizmatlar ishlab chiqarayotgan yangi iqtisodiy faoliyat hisoblanadi. Fikrimicha, raqamli iqtisodiyot alohida
faoliyat turini emas, balki ishbilarmonlik, sanoat obyekti, xizmatlarda axborot texnologiyalardan foydalanishni
anglatadi. Agar an’aviy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta
ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot va ma’lumotlar hisoblanadi. Demak raqamli iqtisodiyot yirik sanoat
obyektlari ish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishda o‘sish, faoliyat shaffoflini ta’minlab, korrupsiyaga qar-
shi vositasi hisoblanadi. Olimlar bu borada ilmiy izlanish olib borganlar.
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Ushbu maqolaning nazariy va uslubiy asosi sifatida umumiqtisodiy adabiyot hamda ilmiy maqolalar, iqti-
sodchi olimlarning ilmiy ishlari, milliy iqtisodiyotni boshqarishda raqamli iqtisodiyotni o‘rni va uni takomillashti-
rishda olimlar va soha vakillari bilan suhbat, ularning yozma va og‘zaki fikr-mulohazalarini tahlil qilish, ekspert
baholash, jarayonlarni kuzatish, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga tizimli yondashuv, muallif tajribalari bilan qiyo-
siy tahlil o‘tkazish orqali tegishli yo‘nalishlarda xulosa, taklif va tavsiyalar berilgan. Mavzuni o‘rganish jarayonida
umumiqtisodiy usullar bilan bir qatorda ma’lumotlarni tizimlash bo‘yicha mahsus yondoshuvlar, ya’ni taqqos-
lash, nazariy va amaliy materiallarni jamlash hamda tizimli tahlil kabi usullar qo‘llanilgan.
5
S. S. Gulyamov, R. H. Ayupov, O. M. Abdullayev, G. R. Baltabayeva. Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalar. O‘quv qo‘llan-
ma.T. : TMI, “Iqtisod-Moliya” nashriyoti, 2019, 447 bet.
225
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
TA H L I L VA N A T I J A L A R
Xususan, mamlakatimiz elektron hukumatining asosiy tizimi – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.
gov.uz) ishga tushirilgach, ushbu sohada, shuningdek, davlat boshqaruvida yangi texnologiyalarni joriy etish va
raqamlashtirishda salmoqli yutuqlarga erishildi. Natijada, 2022-yilning-yanvar oyi holatiga ko‘ra, davlat xizmat-
larining 56 foizi my.gov.uz orqali taqdim etilgan bo‘lsa, mazkur elektron hukumat platformasida davlat xiz matlari
soni 307 ga yetdi hamda elektron davlat xizmatlaridan 1,3 milliondan ortiq fuqaro foydalangan. Shu bilan birga,
O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilarning umumiy soni esa joriy yil boshida 27,2 million yetgan.
Bundan tashqari, o‘tgan davr mobaynida respublikaning AKT tizimlari va raqamli infratuzilmasini takomil-
lashtirish maqsadida sohaga katta miqdordagi investitsiyalar jalb qilindi. Natijada, O‘zbekiston Respublikasi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2017–2021-yillarda axborot va aloqa sohasida yalpi qo‘shilgan
qiymat 2 barobardan ziyod oshib, 2021-yilda 11,8 trillion so‘mga (1 milliard AQSh dollaridan ortiq) ga yetdi.
Shuningdek, O‘zbekistonda IT-parklar tashkil etilgandan buyon sohadagi eksport hajmi 50 barobar oshdi
va 46 million AQSh dollariga yetdi. Parkning doimiy rezidentlari soni 147 tadan 500 taga ko‘paydi, 300 dan ortiq
yangi kompaniya ochildi hamda 8500 ta yuqori haq to‘lanadigan ish o‘rni yaratildi. Hozirgi kunda IT-parklarda
11 mingdan ziyod yoshlar faoliyat yuritmoqda.
Mamlakatimizda optik tolali aloqa liniyalarining umumiy uzunligi 2017-yildan buyon sezilarli darajada o‘sdi.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ma’lu-
motiga ko‘ra, 2017–2022-yillarda bu ko‘rsatkich qariyb 6 barobar oshib, 2022-yilning-yanvar oyida optik tolali
aloqa liniyalarining jami uzunligi 118 ming kilometrga yetdi. Shuningdek, 2017-yildan boshlab xalqaro ma’lumo-
tlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati 28-martaga o‘sib, 64,2 Gbit/s dan 1800 Gbit/s gacha oshdi.
Ta’kidlash joizki, global pandemiya raqamlashtirish va raqamli transformatsiya zaruratini ko‘rsatib, IT so-
hasidagi dolzarb masalalarni bartaraf etish hamda barqaror rivojlanishni ta’minlash maqsadida O‘zbekistonning
raqamlashtirish strategiyasi qayta ko‘rib chiqildi va takomillashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 5-oktyabrdagi farmoniga asosan
“Raqamli O‘zbekiston–2030” strategiyasi,
[12]
shuningdek, 2020–2022-yillarda uni amalga oshirish bo‘yicha
“yo‘l xaritasi” tasdiqlandi. Strategiya ikki dasturni: hududlarni raqamlashtirish va tarmoqlarni raqamlashtirishni
nazarda tutib, raqamli infratuzilma, elektron hukumat, raqamli texnologiyalar milliy bozori, axborot texnologi-
yalari sohasida ta’lim va malaka oshirishni rivojlantirish kabi ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi.
“Raqamli O‘zbekiston–2030” strategiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirishning eng muhim shartlari sohan-
ing moliyaviy ta’minoti va aholining raqamli savodxonligini oshirishdan iborat. Shunday qilib, hujjatga muvofiq,
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqa tegishli
davlat organlari bilan birgalikda 2022-yil oxiriga qadar maktabgacha ta’lim, sog‘liqni saqlash va umumta’lim
maktablarini raqamlashtirish borasidagi ishlar amalga oshirib borildi.
Shuningdek, “Raqamli O‘zbekiston–2030” boshqa milliy strategik hujjatlar va dasturlarda nazarda tutilgan
vazifalar, xususan, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari bo‘yicha milliy vazifalar
hamda 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida belgilangan maq-
sadlarga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Taraqqiyot strategiyasida ham muhim sohalarni raqamlashtirilishga alohida e’tibor qaratilib, davlat xizmat-
lari, sud tizimi, huquqni muhofaza qilish organlari, yo‘l harakati boshqaruvi tizimi, sog‘liqni saqlash tizimi, ijtimoiy
xizmatlar, bank va qishloq xo‘jaligi tarmoqlari va milliy iqtisodiyotning boshqa asosiy sohalariga yangi texnologi-
yalarni joriy qilish belgilangan.
Xususan, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish,
[13]
elektron davlat xizmatlarining ulushini 100 foizga ye-
tkazish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish va ularning 20 foizini xususiy sektorga o‘tkazish, davlat xizmatlarini
ko‘rsatishda shaxsni identifikatsiya qilishning Mobile ID tizimini joriy qilindi, shuningdek, “Fuqarolarning raqamli
pasporti” va “Raqamli idora” loyihalarini amalga oshirish kabi bir qator vazifalar amalga oshirildi6.
Bundan tashqari, iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash orqali kelgusi besh
yilda aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulotni – 1,6 baravar va 2030-yilga borib aholi jon boshiga to‘g‘ri keladi-
gan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirish hamda “daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar” qatori-
ga kirish uchun zamin yaratish rejalashtirilmoqda.
Shu munosabat bilan raqamli iqtisodiyotni asosiy “drayver” sohaga aylantirib, 2026-yil oxiriga qadar uning
hajmini kamida 2,5 baravar oshirish, bunda dasturiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 baravar, ularning ek-
sportini esa 10 baravar oshirib, 500 million AQSh dollariga yetkazish, shuningdek, iqtisodiyotning real sektorida
hamda moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish va operatsion jarayonlarni raqamlashtirish darajasini 70
foizgacha oshirish belgilangan. Bundan tashqari, shaharlarni raqamlashtirish, qurilish va loyihalashtirish ishlari
sifatini oshirish va “Aqlli shahar” konsepsiyasi doirasida rivojlantirishga ustuvor ahamiyat berilmoqda.
6
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 16.07.2020-yildagi 444-son
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
226
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
Umuman olganda, raqamli texnologiyalar pandemiyadan keyingi tiklanishda, shuningdek, barqaror iqti-
sodiyotni qurishda markaziy rol o‘ynaydi. Shu bois raqamlashtirish va raqamli transformatsiya O‘zbekiston kabi
rivojlanayotgan mamlakatlar uchun asosiy ustuvor vazifa bo‘lishi lozim.
Keyingi yillarda O‘zbekistonda AKTni rivojlantirish va raqamlashtirish sohasida, ayniqsa, elektron davlat
xizmatlarini ko‘rsatishda yuqori natijalarga erishiladi. Shu bilan birga, Janubiy Koreya, Rossiya, Estoniya, Xitoy
bilan davom etayotgan hamkorlik bilan bir qatorda, Germaniya, Buyuk Britaniya, AQSh, Singapur, Yaponiya
kabi texnologik jihatdan rivojlangan davlatlarni mamlakatning IT-sektoriga jalb qilish, xalqaro hamkorlarning
geografiyasini diversifikatsiya qilish muhim ahamiyatga ega. Raqamli ekotizimga, IT infratuzilmasiga va elek-
tron xizmatlarga investitsiyalar milliy iqtisodiyotni yanada modernizatsiya qilish va barcha sohalarda inklyuziv
o‘sishni jadallashtirishga xizmat qiladi.
X U L O S A VA TA K L I F L A R
Dunyo iqtisodiyotining globallashuvi va texnologik rivojlanish sharoitida O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlan-
ishini raqamli iqtisodiyotni rag‘batlantirish raqamlashtirish va raqamli tijoratni rivojlantirishga to‘sqinlik qiladigan
to‘siqlarni olib tashlashni talab qiladi. AKT rivojlanishi indeksi bo‘yicha O‘zbekiston 170 dan ortiq davlat ichida
109-o‘rinni egallab turibdi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish kechiktirib bo‘lmaydigan strategiya hisoblanadi.
O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda quyidagilarni e’tiborga olish talab etiladi.
Respublikada axborot texnologiyalaridan keng foydalanishni rag‘batlantirish orqali raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish, har sohaga innovatsiyalarni joriy etish va mavjud normativ–xuquqiy va ma’muriy to‘siqlarni bar-
taraf etish iqtisodiyotni rivojlantirishda davr talabi. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot kommunikatsiya
texnologiyalarini keng joriy qilish va undan foydalanish borasidagi qonunchilikni yanada rivojlantirish ustuvor
yo‘nalishga aylanishi kerak. “Raqamli iqtisodiyot” to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qilinishi davlat organlari faoli-
yatining samaradorligini, tezkorligini, shaffofligini ta’minlash va aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan axborot
almashish, ularning biznes faoliyatini faollashtirish mexanizmlarini amalga oshirishga olib kelishi iqtisodiyotning
raqamlashtirishninng iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligiga olib keladi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda Xalqaro valyuta fondi va Jahon banki kabi xalqaro tashkilotlar tavsi-
yalariga amal qilish. Jahon bankining “Raqamli dividendlar” nomli tadqiqoti xulosalari mamlakatlar iqtisodiyotini
rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning naqadar dolzarb va muhim masala ekanligini ko‘rsatadi.
[14]
Xususan in-
ternet tezligining 10 foizga o‘sishi YaIMning o‘sishiga olib keladi. Rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich 1,21
foizni tashkil etsa, rivojlanayotgan mamlakatlarda 1,38 foizga teng. Demak, internet tezligi 2 barobar oshadigan
bo‘lsa, YaIM hajmi 13–14 foiz ortishiga erishish mumkin7. Internet tezligi bo‘yicha reytingda O‘zbekiston hozirgi
kunda 95-pog‘onani egallab turibdi (176 ta davlat qatorida) va bir yil ichida 36 pog‘onaga ko‘tarildi8. Raqamli
infrastrukturani yanada kengaytirishda keng polosali texnologiyalarga asoslangan uskunalarni o‘rnatish va in-
frastrukturani kengaytirishda qo‘shimcha loyihalarni amalga oshirishda nufuzli kompaniyalar bilan shartnomalar
tuzish. O‘zbekiston hududlaridagi raqamlashtirishning shahar va qishloq aholisiga, aholining boy va kambag‘al
qismiga nisbatan notekis taqsimlanishi raqamlashtirishni bir xil emasligini keltirib chikaradi.Barcha o‘quvchilar
va talabalar elektron va distatsion o‘qishga imkoniyati bir xil emasligi qisqa muddatli istiqbolda o‘quv jarayoni-
da ishtirok etishiga ta’sir ko‘rsatadi. Raqamlashtirishdagi tengsizlikni bartaraf etishda va uni ijobiy tomonidan
foydalanishda milliy “Raqamli iqtisodiyot” loyihasida xududlardagi raqamlashtirish tadbirlarini amalga oshirilishi
global pandemiya sharoitida elektron va masofaviy ta’lim instrumentlaridan ijobiy samaraga olib keladi.
[15]
Axborot-kommunikatsiya va internet texnologiyalarga asoslangan raqamli iqtisodiyot ulushini yalpi ich-
ki mahsulotdagi ulushini oshirish strategik vazifamiz bo‘lishi kerak. 2030-yilgacha axborot-kommunikatsiya
va internet texnologiyalariga asoslangan raqamli iqtisodiyot ulushini mamlakat yalpi ichki mahsulot tarkibida
10 foizga (hozirda 2 foiz) ko‘tarish kelajakdagi strategik
[16]
vazifalarimizdan biridir9. Raqamli iqtisodiyot bo‘yicha
eng ko‘p rivojlangan mamlakatlar AQSh va Xitoy tajribasidan foydalanish. Dunyo bo‘yicha blokcheyn texnologi-
yalariga doir patentlarning 75 foizi AQSh va Xitoy kabi davlatlarga to‘g‘ri keladi10. Xorij tajribasiga asosan
ishlab chiqarishni boshqarishda axborot tizimlari kompleksini joriy etish, dasturiy mahsulotlardan foydalanish,
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish orqali uni jadal rivojlantirish va sohada malakali mutaxassislar tayyor-
lash va ularni mehnatini amalda joriy etishdir
[17]
.
7
Raqamli iqtisodiyot nega kerak va u nima beradi? (https://review. uz)
8
O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha jahon reytingida bir oy ichida yana 7 pog‘onaga ko‘tarildi. (https://review. Uz)
9
Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyot odimlari. (https:// tfi. uz page. ilm marifat)
10 Raqamli iqtisodiyot: muammolar va imkoniyatlar ((https:// mininnjvation.uz)
227
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
Dostları ilə paylaş: |