Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə242/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Jumabayeve Akmole Sheraliyevich
DeVry Universiteti magistri
Annotatsiya:
Maqolada tijorat bankining aktivlari va passivlarini boshqarishning mohiyati va ahamiyati ochib berilgan, turli 
iqtisodchilar nuqtayi nazaridan menejment ta’riflarining qiyosiy tahlili berilgan. Tijorat bankining aktivlari va passivlari tarki-
bi tahlil qilinadi, xulosalar chiqariladi va aktiv va passivlarni boshqarishda likvidlikni oshirish va riskni kamaytirish bo‘yicha 
takliflar ishlab chiqiladi.
Kalit so‘zlar:
aktivlarni boshqarish, passivlarni boshqarish, balans tuzilishi, likvidlik, risk, GAP tahlili, majburiyatlar, foiz 
stavkasi riski.
Аннотация:
В данной статье представлена информация, направленная на развитие экспортной деятельности пу-
тем совершенствования услуг транспортной логистики в Узбекистане. Также были проанализированы процессы 
расширения транспортного обслуживания, оказываемого в Узбекистане с учетом опыта развитых зарубежных 
стран.
Ключевые слова:
транспортное обслуживание, логистическая инфраструктура, система электронного обмена, 
экспортная деятельность, международные транспортные коридоры, экспортные субсидии, экспорт сельскохозяй-
ственной продукции, экспорт легкой промышленности, зарубежный опыт экспортной деятельности.
Abstract:
This article provides information aimed at developing export activities by improving transport logistics services 
in Uzbekistan. The processes of expanding transport services provided in Uzbekistan were also analyzed, taking into 
account the experience of developed foreign countries.
Key words:
transport services, logistics infrastructure, electronic exchange system, export activities, international trans-
port corridors, export subsidies, agricultural exports, light industry exports, foreign experience in export activities.
K I R I S H
Mamlakat eksport faoliyatini takomillashtirish oqibatida yalpi ichki mahsulot hajmi oshib bu esa o‘z navbati-
da bo‘sh ish o‘rinlarini paydo bo‘lishiga va aholi daromadlarining oshishiga sabab bo‘ladi. Eksport faoliyatini 
turli xil yo‘llar bilan davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash mexanizmlari mavjud. Eksportga taransport logisti-
ka xizmatini ko‘rsatishni zamonaviy ko‘rinishga olib kelish, O‘zbekistonda ko‘rsatilayotgan taransport logistika 
xiz matlarini dunyo standartlariga moslashtirish, transport logistika xizmatini raqamlashtirish orqali ushbu xiz-
matlarni narxini ya’ni ta’rif stavkalarini pasaytirish natijasida eksport qiluvchilarning joriy xarajatlarini sezilarli 
darajada kamaytirish orqali ularni xalqaro bozorlarda raqobatbardoshligini ta’minlash kabi muhim jarayonlar 
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi zarur. Iqtisodiy tarqaqqiyotga erisha boshlagan Xitoy va Hindiston kabi 
davlatlarda eksportga ko‘rsatilayotgan transport logistika xizmati tajribasini O‘zbekistonga tadbiq etish bo‘yicha 
chora-tadbirlarni amalga oshirish orqali mamlakatimizdagi barcha hududlarni ichki imkoniyatlarini eksportga 
yo‘naltirish orqali mamlakat eksport hajimini oshirishga qaratish lozim. 
O‘zbekistonda eksport faoliyatini moliyalashtirish aynan eksport qiluvchilarni kreditlash jarayonida bir mun-
cha salbiy vaziyat mavjud bo‘lib, bugungi kunda tijorat banklarida savdo kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari va 
garov ta’minoti miqdorining yuqoriligi hamda kredit shartlarining murakkablikligi sababli ko‘plab eksport qiluvchi 
korxona va tashkilotlar uchun eksport faoliyatlarini moliyalashtirishda qiyinchiliklar saqlanib qolmoqda. 


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
350
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R TA H L I L I
Eksportni takomillashtirish va unga tarnsport-logistika xizmatlarini ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha 
MDH va xorijiy mamlakatlarda ko‘plab tadqiqot ishlari olib borilgan. Maqolani yozish davomida MDH mamlakat-
lari olim va mutaxassislaridan A.I.Prishepa, A.O.Petrov, N.N.Shekolinskiy, N.Petrakov , shuningdek xorijiy olim 
va mutaxassislardan Patrik Messerlin, Xideki Funatsu va A.Karter ning bu boradagi ilmiy ishlarini taxlil qildik. 
TA H L I L VA N A T I J A L A R :
Eksport faoliyatini rivojlantirish mamlakat iqtisodiy siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanib rivoj-
langan mamlakatlar tajribasi faqatgina importni jilovlamasdan eksport faoliyati samaradorligini oshirishni o‘zida 
aks ettirgan. Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan oqilona iqtisodiy siyosat-
ning muhim bir qismi Yangi O‘zbekistonning eksport salohiyatini yanada oshirish eksportga ko‘rsatiladigan 
xizmatlarni jaxon standartlariga moslashtirish va rivojlangan davlatlar tajribasini amaliyotga qo‘llashni qamrab 
oladi. Markaziy Osiyoda iqtisodiy taraqqiyotga erishayotgan davlat sifatida O‘zbekistonning geografik joylashu-
vi mamlakat eksport faoliyatini amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Dunyo tajribasiga ko‘ra eksport 
faoliyati moliyaviy va moliyaviy bo‘lmagan xizmatlar bilan takomillashtiriladi. Yangi O‘zbekistonda eksportga 
ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar bilan bir qatorda moliyaviy bo‘lmagan xizmatlarni takomillashtirish juda 
zarur. Eksport faoliyatiga ko‘rsatiladigan moliyaviy bo‘lmagan xizmatlarning asosiylaridan biri bu transport-lo-
gistika xizmatidir. Eksport faoliyati uchun transport-logistika tizimini takomillashtirish orqali yurtimizning eksport 
salohiyatini oshirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Eksport yuklari O‘zbekistonda asosan 
temir-yo‘l transporti orqali tashilishi biz yoritishimiz kerak bo‘lgan muammoning bir qismidir. Bilamizki O‘zbekis-
ton dengizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan davlatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatimiz-
da eksport yuklari asosan temir-yo‘l, avtomobil va aviatsiya transportlari orqali tashiladi. Aviatsiya transport 
xizmatini tashkil etish va uning xizmati dengiz va boshqa transport xizmatidan anchagina qimmatligi xalqaro 
raqobat bozorida eksport qiluvchilarni ustunligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Eksport faoliyatini amalga oshirishda eng arzon transport xizmati bu dengiz transporti xizmati hisoblanadi 
lekin O‘zbekistonning dengizga chiqish imkoniyatining yo‘qligi mamlakat uchun boshqa ichki imkoniyatlar eva-
ziga eksportni rivojlantirishni taqoza etadi. Eksport faoliyatini takomillashtirishda rivojlangan xorij tajribasidan 
foydalanib, xususan AQSH Kanada kabi davlatlardagi transport-logistika tizimini rivojlanish tajribasidan foyda-
langan holda mamlakat transport-logistika tizimini rivojlantirishni amalga oshirish zarur. Shuningdek O‘zbeki-
stonning geografik joylashuvini hisobga olgan holda avtomobil transporti xizmatini takomillashtirish orqali ek-
sport salohiyatini oshirish mumkin.
Eksport yuklarini tashish bo‘yicha O‘zbekistonda 2016-2022 yillarda olib borilgan faoliyat taxliliga e’tibor 
qaratsak. Havo transporti asosan “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan amalga oshirilib so‘nggi yillarda qat-
novlar hajmi kengaytirilgan. Havo transportida qatnovlar Istanbul, Urumchi, Ostrava, Shanxay, Seul, Dehli, 
Shitsyazyachjuan, Lej yo‘nalishlari bo‘yicha kengaygan.
Ushbu kengaytirilgan qatnovlar natijasida oylik yuk tashuvlar daromadi 1,3 mln. dollardan 5,7 mln. dollarga 
oshgan bo‘lsada ushbu xizmatdan faqat mamlakatimizda eksport faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yirik tadbirkorlik 
subyektlari foydalangan. Xitoy va Hindiston kabi eksport salohiyati yuqori bo‘lgan mamlakatlar tajribasiga ko‘ra 
eksport qiluvchilarning barcha qatlami ya’ni yangi eksportni boshlagan tadbirkorlar ham eksport xizmatlaridan 
bemalol foydalansagina samaradorlik oshishi mumkin. O‘zbekistonda 2021 yilda aviatsiya transporti orqali yuk 
tashuvlar hajmini yanada oshirish maqsadida Toshkent - Gonkong - Toshkent - Tel Aviv -Toshkent va Toshkent 
- Gonkong - Toshkent - Kiyev - Toshkent yangi yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlarni amalga oshirish orqali 2 ming 
tonna yuk tashish va 5,8 mln. AQSH dollari miqdorida qo‘shimcha daromad olingan.
Yuk tashishning yuqori narxlari temir yo‘l sektoriga ham xosdir. Jumladan, narxlarning qiyosiy tahlili shuni 
ko‘rsatmoqdaki, O‘zbekistonda ishlab chiqaruvchilar 500 kilometrlik masofaga 1 ta standart vagonda yukni 
(60 tonna to‘qimachilik mahsulotini) 1 kilometrga tashish uchun temir yo‘lchilarga 5,15 dollar to‘lamoqdalar. 
Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 0,93 AQSH dollarini, Qirg‘izistonda 2,65 AQSH dollarini, Tojikistonda 6,83 AQSH 
dollarini, Turkmanistonda 2,65 AQSH dollarini tashkil etmoqda. O‘zbekistonda 500 kilometrdan 1000 kilometr-
gacha masofaga tashish uchun yuk jo‘natuvchilar 2,51 AQSH dollari, Qozog‘istonda 0,68 AQSH dollari, Turk-
manistonda 2,60 AQSH dollari to‘laydilar .
O‘zbekistonda eksport yuklarini asosiy qismi temir-yo‘l transporti orqali tashiladi. “Innoprom-2021” xalqa-
ro sanoat ko‘rgazmasi doirasida “O‘zbekiston Temir yo‘llari” AJ va Rossiyaning “RJD Logistika” kompaniyasi 
vakillari o‘rtasida oziq-ovqat mahsulotlarini, shu jumaladan qishloq ho‘jaligi mahsulotlarini muzlatgichli maxsus 
refrejerator konteynerlarda tashish uchun Agro-Ekspress poyezdlarni tashkil qilishga kelishib olindi. Mazkur 
yangi yo‘nalish O‘zbekistonning eksport tashuvlari, ayniqsa meva-sabzavot mahsulotlari eksporti rivojlantirish-
ga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.


351
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
1-diagramma:
O‘zbekistonda eksport o‘sish ko‘rsatkichlari
O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi dengizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyati mavjud bo‘lmagan davlat-
lardan biri ekanligi logistika infratuzilmasini takomillashtirish imkoniyatlari birmuncha chegaralanishi, bu esa 
o‘z navbatida, tayyor mahsulotlar eksport qilinishida qo‘shimcha xarajatlarga sabab bo‘ladi. Mahalliy eksport 
qiluvchi korxonalar tashish xarajatlarining 50 foizigacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim 
etish mexanizmini tashkil etilishi oqibatida hududlarda eksport qiluvchi korxonalarning moliyaviy imkoniyatlari 
hamda ularning soni oshayotganligini ko‘rishimiz mumkin.
Mahsulot tannarxidagi transport xarajatlari ulushini kamaytirish eng muhim vazifalardan biridir, chunki sa-
noat mahsulotining tannarxida transport xarajatlarining oshishi mamlakatimiz tovarlarining raqobatbardoshligi-
ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmoqda. Mamlakat ichkarisida yuk tashish xizmatlarining qiymati xalqaro tashish 
xizmatlarining (shu jumladan tranzit xizmatlarining) qiymati kabi ko‘rsatkichlar nisbatan yuqoriligicha qolmoqda 
va oxirgi yillarda katta sur’atlarda oshib bormoqda.
Transport vazirligi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan MDH, Eron va Boltiqbo‘yi davlatlari temir 
yo‘l ma’muriyatlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar natijasida 2021 yil uchun bir qator chegirmalar olinishiga 
erishilgan. Bu esa, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini oshirishga va O‘zbekistonda ishlab 
chiqarilgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Transport vazirligi tomonidan davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yangi “Mozori-Sharif-Qobul-Peshavor” va 
“Xitoy - Qirg‘iziston -O‘zbekiston” transport va tranzit yo‘laklarini yaratish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. 
Xususan, “Mozori-Sharif - Qobul - Peshavor” temir yo‘lining qurilishi O‘zbekiston va O‘rta Osiyo mamlakatlariga 
dunyo okeaniga chiqishga eng yaqin yo‘l bo‘lib, Janubiy Osiyo temir yo‘l tizimini Markaziy Osiyo va Yevroosiyo 
temir yo‘llari bilan uzviy bog‘lash imkonini beradi. Bu o‘z navbatida, mamlakatimiz tranzit salohiyatining keskin 
oshishiga xizmat qiladi. Loyihani amalga oshirish natijasida Pokistondan O‘zbekistonga yuklarni tashish 35 kun 
emas, balki 3-5 kunni tashkil qiladi.
“Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” temir yo‘l qurilishi loyihasining amalga oshirilishi Osiyo Tinch okeani va 
Xitoydan Qirg‘iziston hamda O‘zbekiston orqali yuklarni Yevropa mamlakatlariga tashish uchun yangi xalqaro 
transport koridorini yaratadi. Qolaversa, yuklarni yetkazib berish vaqti keskin kisqarib, O‘zbekistonning tranzit 
salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda eksport faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish maqsa-
dida turli mexanizmalar yaratilgan bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksport faoliyatini yanada 
qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 7 maydagi PQ-4707-son qaroriga muvofiq Tashqi savdo, 
investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo‘yicha Hukumat 
komissiyasiga mahsulotlarni eksport qilishda transport xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiyalar taqdim etiladigan mahsulotlar ro‘yxatiga o‘zgartirish 
va qo‘shimchalar kiritish, subsidiyalar taqdim etish miqdorlarini belgilash, shuningdek, mahsulot turi, hajmi va 
eksport yo‘nalishiga qarab subsidiyaning qat’iy miqdorlari belgilangan.


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
352
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
Ushbu qarorga asosan eksport qiluvchi korxonalar ayniqsa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi-
lar uchun ularni tashish xarajatlarining 50 foizigacha bo‘lgan miqdorini davlat tomonidan subsidiyalash orqali 
hududlarda eksport qiluvchilar soni yildan-yilga oshmoqda. Bu ko‘rsatkichlar, o‘z navbatida, mamlakatimiz yalpi 
milliy mahsuloti hajmi oshishi va aholi bandligini ta’minlashga ijobiy ta’sir etadi. Eksport qiluvchi korxonalar soni 
oshishi, o‘z navbatida, barcha soha va tarmoqlardagi eksport qiluvchi subyektlar davlat tomonidan qo‘llab-quv-
vatlanayotganligini bildiradi. Shuning bilan birga davlat tomonidan logistika infratuzilmasini takomillashtirishga 
oid chora-tadbirlarning keng miqyosda amalga oshirilishi eksport qiluvchilar faoliyati samaradorligi oshishiga 
olib keladi.
Mamlakatimizda 2015 - 2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivo-
jlantirish hamda modernizatsiyalash dasturi amalga oshirildi, dasturda yuksak xalqaro talablar va standartlarga 
mos keladigan milliy transport tarmog‘ini rivojlantirish sohasida yagona kompleks strategiyani ishlab chiqish, 
O‘zbekistonda mahsulot ishlab chiqaruvchilarning o‘z mahsulotini mintaqa va jahon bozorlariga istiqbolda olib 
chiqish talab-ehtiyojlarini hisobga olgan holda uning xalqaro transport kommunikatsiyalariga keng miqyosda 
integratsiyalashuvini ta’minlash nazarda tutilgan.
Ushbu Dastur doirasida umumiy qiymati 1580 million AQSH dollaridan oshadigan temir yo‘l infratuzilmasini 
rivojlantirish va aviatransport sohasida bir qator loyihalar amalga oshirildi, shuningdek, umumiy uzunligi 695 
kilomertli avtomobil yo‘llari barpo etildi va rekonstruksiya qilindi.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining ortib borayotgan eksport salohiyati hamda mahalliy mahsu-
lotni sotish bozorlarini kengaytirish zarurligi tashqi savdo yo‘nalishlarini yanada diversifikatsiyalash uchun qulay 
shart-sharoitlar yaratish, O‘zbekiston Respublikasining eksport mahsuloti istiqbolli xalqaro bozorlarga chiqishini 
ta’minlaydigan maksimal darajada samarali, muqobil tranzit yo‘laklarini shakllantirish borasida qo‘shimcha il-
dam choralar ko‘rilishini taqozo etmoqda.
Eksport yuklarini tashish uchun mamlakatimizda mavjud salmoqli tranzit salohiyati to‘liq darajada ishga 
tushirilmagan. Vujudga kelgan tranzit va tarif siyosatidagi nomaqbullik qo‘shimcha ravishda tranzit yuk oqimini 
jalb etishga to‘sqinlik qilmoqda. Temir yo‘l transporti xizmati qo‘shni mamlakat Qozog‘iston Respublikasidagi 
tarifdan bir barobarga baland.
Eksport salohiyatini yangi transport-tranzit yo‘laklarini rivojlantirish bo‘yicha ikki tomonlama shartnoma-
viy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish va xalqaro ahdlashuvlarni amalda ro‘yobga chiqarish, yaqin qo‘shni 
mamlakatlarda O‘zbekiston Respublikasining yuklarini samarali tashish va ishlov berish uchun shart-sharoitlar-
ni shakllantirish ham eng muhim vazifa hisoblanadi.
Logistika markazlari va TIR-parklar tarmog‘ini tubdan rivojlantirish, avtotransport vositalari va havo ke-
malari parkini kengaytirish hamda ularni sifatli yonilg‘i-moylash materiallari bilan o‘z vaqtida va to‘liq hajmda 
ta’minlash talab etiladi”. 
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda eksport faoliyati davlat tomonidan samarali qo‘llab-quvvatlanmoqda, ek-
sport tarkibida qo‘shilgan qiymat mavjud bo‘lgan mahsulotlar salmog‘i oshmoqda. Ayniqsa qishloq xo‘jaligi 
mahsulotlari eksportiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar jumladan transport xizmatlari kengaytirilmoqda.
2022 yil yanvar-dekabr oylarida temir yo‘l, havo, avtomobil transportlarida jami yuk tashuvlari hajmi 1,34 
mlrd tonna (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 98,6 foiz), yuk aylanmasi 45,5 mlrd tonna/km ni (103,5 foiz) 
tashkil etgan. Barcha transportda yo‘lovchi tashish hajmi 6,17 mlrd yo‘lovchi (102,3 foiz), yo‘lovchi aylanmasi 
144,7 mlrd yo‘lovchi/km ni (105,6 foiz) tashkil etdi. Jami xalqaro yuk tashuvlari hajmi (eksport, import va tran-
zit) - 53,6 mln tonnani yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 108,2 foizni tashkil etdi. Bunda, eksport yuklari 
- 15,4 mln tonna (o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 98,0 foiz), import - 26,0 mln tonna (108,6 foiz) va tranzit 
-12,2 mln tonnani (123,2 foiz) tashkil etgan. 
X U L O S A VA TA K L I F L A R
O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, tashqi bozorlarga chiqish uchun eksport faoliyatining transport va boshqa 
o‘zgaruvchan xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar zarur, bu esa, ayniqsa birinchi yillarda, 
eksport oqimlari davomiyligining muhim omili bo‘lib, transport infratuzilmasini rivojlantirish, logistika komplek-
slarini rivojlantirish va xarajatlarni kamaytirish hamda takroriy eksport xarajatlari uchun mablag‘ to‘plash imkoni-
yatlarini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Shuningdek eksportni rag‘batlantirish orqali mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmi oshadi va mamlakatda 
bo‘sh ish o‘rinlari hamda eksportga yo‘naltirilgan infratuzilma yaratiladi. Eksportni davlat tomonidan qo‘llab-quv-
vatlanishi natijasida qulay makroiqtisodiy muhit va ishlab chiqaruvchilar uchun eksportga rag‘bat yaratish tizimi 
shakllanadi. Davlat tomonidan eksportni rag‘batlantirish chora-tadbirlari davlat darajasida ham hududiy bo‘lin-
malar doirasida ham amalga oshirilishi kerak. Davlat tomonidan turli xil xalqaro fondlardan olinayotgan tashqi 
qarzning ma’lum qismi albatta eksportga ko‘maklashuvchi institutlar tomonidan faqatgina eksport qiluvchilarga 
yo‘naltirilishi zarur.


353
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agen-
tligi tomonidan mahalliy eksport qiluvchi korxonalar tashish xarajatlarining 50 foizigacha miqdorda kompensat-
siya qilishga subsidiyalar taqdim etish mexanizmi yanada takomillashtirilishi lozim.

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin