Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Ko‘rsatkichlar
2005-y.
2010-y.
2015-y.
2017-y.
2018 y.
Mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish hajmi, mlrd. so‘m
100
100
100
100
100
Qoraqalpog‘iston Respublikasi
0,26
0,60
3,5
16,6
26,4
Andijon viloyati
67,78
52,05
3,7
8,9
33,3
Buxoro viloyati
0,20
0,71
3,0
2,0
0,5
Jizzax viloyati
0,92
0,59
1,6
0,3
0,9
Qashqadaryo viloyati
0,06
0,93
3,4
1,7
0,03
Navoiy viloyati
0,07
4,17
1,1
1,0
1,7
Namangan viloyati
0,46
1,29
1,3
1,4
1,5
Samarqand viloyati
1,71
4,57
5,0
4,0
2,3
Surxondaryo viloyati
0,00
0,03
0,0
0,0
0,004
Sirdaryo viloyati
0,02
0,08
1,0
0,7
0,3
Toshkent viloyati
2,17
5,63
9,6
8,5
4,5
Fargona viloyati
2,75
3,39
1,4
1,4
0,9
Xorazm viloyati
0,16
0,06
1,0
0,6
0,1
Toshkent sh.
23,45
25,90
64,1
52,8
27,7
Tahlil natijalaridan kelib chiqmoqdaki, Respublika viloyatlarida mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqar-
ish bo‘yicha mahalliy hokimliklar tomonidan samarali siyosat deyarli olib borilmagan. Asosan respublika doirasi-
da amalga oshirilgan yirik loyihalargina mahalliylashtirish dasturlarini olib borgan. 
Respublikada 2018-yilda jami mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar soni 297 tani 
tashkil etib, 2015-yilga nisbatan 12 taga, 2010-yilga nisbatan 93 taga, 2005-yilga nisbatan 167 taga ko‘paygan 
va jami maxalliylashtirilgan mahsulotlar soni 2000 dan ortiq turlari o‘zlashtirilgan. 
Mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar soni dinamikasidan ko‘rish mumkinki, deyarli 
200 ga yaqin korxonalar asosan avtomobil sanoati uchun mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishga 
ixtisoslashgan. Yuqorida qayd etilganidek, 2014-yildan boshlab “JM Uzbekistan” qo‘shma korxonasida mahsu-
lot ishlab chiqarish sur’atlarini pasayib borishi natijalari ko‘plab korxonalarning o‘z faoliyatini to‘xtatishini keltirib 
chiqargan. 
Respublikada sanoatni rivojlantirish yo‘nalishlarida 2017-yilda Mahalliylashtirish dasturi doirasida $512 
mln.lik yoki 2016-yilga nisbatan 20 % ko‘p mahalliylashtirilgan mahsulot eksport qilingan. 100 turdagi yangi 
mahsulot ishlab chiqarish o‘zlashtirilgani, bazaviy tarmoqlarda import $353 mlnga qisqartirilgan. Biroq “2017-yil-
da 948 ta mahalliylashtirish loyihasidan 176 tasi bo‘yicha ishlab chiqarish boshlanmagani, 218 tasi bo‘yicha esa 
ishlab chiqarish prognozi” bajarilmagan (2-rasm).
2-rasm:
O‘zbekiston Respublikasi mahalliylashtirilgan mahsulot eksporti hajmi, mln. doll.


155
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Respublikada mahalliylashtirilgan mahsulotlar eksporti 2006–2017-yillar tahliliga ko‘ra eng yuqori 
natija 2012-yilda kuzatilgan va uning hajmi 1030,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan. Eng past natija esa 
2014–2015-yillar oralig‘iga to‘g‘ri kelgan. Mahalliylashtirilgan mahsulotlar eksportining rivojlanish dinamikasiga 
ko‘ra, 2014-yildan boshlab, salbiy tendensiyaning pasayishi kuzatilgan (2-rasm).
O‘zbekiston Respublikasida mahalliylashtirilgan mahsulot eksportida 2017-yilda salmoqli ulush Qoraqol-
pog‘iston Respublikasi hissasiga to‘g‘ri kelib, jami 355,4 mll AQSH dollari yoki, 69 foizni, Andijon viloyatining 
hissasi esa 76,5 mll AQSH dollori yoki, 15 foizni, Toshkent shahrining hissasi esa 39,5 mll AQSH dollori yoki, 8 
foizni tashkil etgan etgan bo‘lib, boshqa viloyatlar hissasi deyarli bir foizdan ham kam.
Mamlakatning raqobatdoshligi milliy sanoatning doimiy ravishda rivojlanish hamda innovatsiyalarni ishlab 
chiqarishga qodirligi bilan belgilanadi. Uning negizida to‘rtta muhim jihat, ya’ni mehnat, tabiiy resurslar, infra-
tuzilma, bilim, kapital singari omillarga ega sharoitlar, ichki hamda tashqi talab, o‘zaro aloqador (texnologik 
jihatdan biri-birini to‘ldiradigan) va ko‘makdosh tarmoqlar (tarkibiy buyumlar, yarim tayyor mahsulotlar hamda 
boshqalarni yetkazib berish) rivojlanganligi va ichki bozordagi raqobat (bu omil istiqbolda firmaga tashqi bo-
zorda raqobatda ustunlik beradi) yotadi. Ishlab chiqarishdagi rivojlanish omili aksariyat hollarda import qilin-
adigan tarkibiy buyumlarni hamda yarim tayyor mahsulotlarni mahalliylashtirish yo‘li bilan ta’minlanishi muhim 
shart hisoblanadi. Ushbu holat esa sanoatni modernizatsiyalashning amaliy vositasi sifatida ham qo‘llanilishi va 
yangi mahsulot ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bo‘yicha mahalliylashtirishning eng kam chegarasi mamlakatda 
o‘rnatilishi belgilanishi lozim. 
Mahalliylashtirish sanoat siyosatining vositasi sifatida faqatgina rivojlanayotgan mamlakatlarda, faqat im-
port o‘rnini qoplash maqsadidagina foydalanilmayotgani bilan bir qatorda ularda eksportni kengaytirishga qa-
ratilgan maqsadlar ham asosiy strategiya sifatida belgilanishi lozim. Jahon mamlakatlarida “2008–2009-yillar-
dagi global inqiroz sharoitida jahondagi deyarli barcha mamlakatlar yirik mahalliylashtirish dasturlarini amalga 
oshirdi va natijalar ishsizlikni kamaytirish, tannarxni pasaytirish va jahon bozorlaridagi raqobatni ta’minlash 
imkoniyatini berdi. Shuningdek, sanoatda yangi tarmoqlarni rivojlantirish, yuqori texnologik ishlab chiqarishni, 
axborot texnologiyalarini, qayta tiklanadigan energiya manbalarini yo‘lga qo‘yishga keng imkoniyatlar yaratib 
berdi”.
[4]
Ushbu holatlarni inobatga olganda mahalliylashtirish shunchaki import o‘rnini qoplash siyosati emas, balki, 
o‘rinlarini yaratish, chet el investitsiyalari hamda texnologiyalarini jalb qilish va qo‘shilgan qiymat global zanjiri 
(tayyor mahsulot ishlab chiqarishning zamonaviy taqsimoti)ga kirishni ta’minlaydigan, eksport imkoniyatlarini 
oshiradigan samarali mexanizm hamdir. Qo‘shilgan qiymat global zanjiriga (yoki texnologik zanjir) kirish uchun 
to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish ham ana shunday vositalardan biri hisoblanadi. So‘nggi bir yarim yil 
mobaynida yangi texnologiyalarni joriy qilish, jumladan, ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini o‘tka-
zish, ta’lim tizimini rivojlantirish hamda klasterlar shaklida yangi sanoat komplekslarini yaratish bo‘yicha amalga 
oshirilgan siyosat aynan ushbu maqsadga qaratilishi lozim. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zbekistonda sanoat tarmoqlarini rivojlantirishda foydalanilayotgan mahalli-
ylashtirish dasturlari samadorligini yanada oshirishga qaratilgan maqsadli strategiyalarini belgilash, uning tash-
kiliy-iqtisodiy mexanizmini tubdan takomillashtirish maqsadga muvofiqligi asoslanmoqda. 
4 . N A T I J A L A R M U H O K A M A S I
Umuman, Respublikada sanoatini mahalliylashtirishni rivojlanishi asosan mashinasozlik, neft-kimyo, far-
masevtika, to‘qimachilik, kimyo va qora metallurgiya kabi tarmoqlar jadal o‘sishi bilan bog‘liq. Mintaqalarda sa-
noatni mahalliylashtirishni rivojlanishidagi farqlanishi asosan yirik sanoatning joylashuviga hamda boshqa ichki 
omillar hisoblangan tabiiy xom ashyo, mehnat va moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishda nomutanosiblikning 
mavjudligi bilan ifodalanadi. 
Respublika hududlarida mahalliylashtirish asosida mahsulotlar ishlab chiqarishda kichik biznes subyekt-
larining salohiyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, shahar va tumanlarning harakatlar dasturi orqali 
keskin oshirish chora-tadbirlari ishlab chiqilgan va amalga oshirilmoqda.
Hududiy mahalliylashtirishni rag‘batlantirish asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab 
chiqarishni rivojlantirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Budjet va iqtisodiy islohotlar 
masalasi qo‘mitasining 2017-yil 21-iyundagi 05–16/661-sonli topshirig‘i ijrosi bo‘yicha kichik biznes subyektlari 
bilan hududiy yirik sanoat korxonalari o‘rtasida mahalliylashtirish dasturlari asosida o‘zaro kooperatsion alo-
qalarni rivojlantirish bo‘yicha muammolar va tavsiyalar ishlab chiqilgan (2-jadval). 


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
156
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
2-jadval:
Kichik biznes subyektlari bilan hududiy yirik sanoat korxonalari o‘rtasida mahalliylashtirish dasturlari 
asosida o‘zaro kooperatsion aloqalarni rivojlantirish

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin