157
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Jumladan, “Xiva maishiy texnika” MCHJ tomonidan 1,9 mln. so‘mlik 1500 dona 215 “XINGX” turdagi mini
muzlatkichlar, vitrinali sovutkich va muzlatkichlar
ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz ko‘rsatkichi 149 foizga
bajarildi. “Eko kompani” XF tomonidan 8,6 mlrd.so‘mlik 220 dona suv tozalash filtrlari va 3,2 mlrd.so‘mlik 45
dona xloratorlar ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz ko‘rsatkichi 287,7 foizga, “Tabassum servis” XK tomoni-
dan 800 mln.so‘mlik 20 ming dona maktab o‘quvchilari uchun sumkalar ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz
ko‘rsatkichi 100 foizga, “Mini akkumulyator” MCHJ tomonidan 324,6 mln.so‘mlik 10 ming dona 6 ct–132 DIN,
6 st–190 DIN markali akkumulyatorlar uchun monobloklar ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz ko‘rsatkichi
100,7 foizga bajarilgan.
Shuningdek, “3,1 mlrd.so‘mlik 200 ming dona 6st–55MF J200 (yangi modifikatsiya) markali akkumulya-
torlar uchun monobloklar ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz ko‘rsatkichi (100,0 foiz) to‘liq bajarilgan, 1,6
mlrd.so‘mlik 100 ming dona 6st–60 DIN markali akkumulyatorlar uchun monobloklar ishlab chiqarilib,
belgilan-
gan prognoz ko‘rsatkichi 100,1 foizga bajarilgan bo‘lsa “LYUKS SPORT INVERTER” XK tomonidan 82,0 mln.
so‘mlik 50 dona sport inventarlari va trenajerlari ishlab chiqarilib, belgilangan prognoz ko‘rsatkichi 164,0 foizga
bajarilgan”.
[2]
Ushbu hududda 2016-yilda korxonalar tomonidan 6,3 mln. AQSH dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsu-
lotlar ishlab chiqarilib, 6 ta yangi ishchi o‘rinlari yaratilishiga erishilgan.
5 . X U L O S A VA TA K L I F L A R
Xulosa o‘rnida qayd etish joizki, mamlakatimizda mahalliylashtirish dasturi doirasida amalga oshirilayotgan
loyihalar tadqiq qilinganda hududiy nomutanosiblikni kuzatish mumkin. Buning asosiy sabablari quyidagilardan
iborat:
ishlab chiqarish korxonalarini mahalliylashtirish dasturiga kiritish jarayonlarini muayyan darajada sodda-
lashtirish
zarurligi;
sanoat kooperasiyasini rivojlantirishga hududlararo integrasiyalashuv quyi darajada bo‘lib, hududlararo
ma’muriy va iqtisodiy to‘siqlar mavjud;
hududlarning ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlanishida tabaqalanish yuqori;
ayrim hududlarda elektr energiyasi, gaz ta’minotidagi uzilishlar kabi muammolar mavjud;
Ushbu muammolarni hal etish, hududiy tasarrufdagi korxonalarning mahalliylashtirish dasturi
doirasidagi
loyihalarini shakllantirish uchun qator dolzarb vazifalarni amalga oshirish zarur. Xususan, mahalliylashtirish
dasturi bajarilishini monitoring qilish, dasturni shakllantirish jarayonlari va tartiblarini yanada soddalashtirish,
har bir mintaqadagi yirik hamda kichik korxonalar o‘rtasida sanoat kooperatsiyasi aloqalarini rivojlantirish lozim.
Shuningdek, tayyor mahsulotlar, materiallar va butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni amal-
ga oshirayotgan korxonalarni zarur kredit mablag‘lari bilan ta’minlash ham muhim vazifalardan biri sanaladi.
Dostları ilə paylaş: