Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Norov Akbar Ruzimamatovich
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i
Annotatsiya:
Maqolada oliy ta’lim muassasalarida mavjud moliyaviy resurslardan faydalanish samara-dorligini oshirishda 
davlat xaridlarining ahamiyati va roli masalasi yoritilgan. Oliy ta’lim muassasalarida byudjetdan tashqari moliyaviy re-
surslarning ahamiyati va uni tasarruf etishda davlat xaridlarining ahamiyati o‘zbek va xorij olimlarining tahliliy yondashu-
vlari o‘rganildi. Maqolada monografik va ekspert hamda tizimli tahlil natijalariga asoslanib, mavjud moliya-viy resurslarni 
samarali tasarruf etilishida davlat xaridlarining roli, uning OTM moliyaviy barqarorligini ta’minlashdagi ahamiyati ko‘rsatib 
berilgan.
Kalit so‘zlar:
oliy ta’lim, byudjetdan tashqari mablag‘lar, vaqt birligi, nomaqbul xo‘jalik yuri-tuvchi subyektlar, valyuta kurs-
lari, davlat xaridlari, xarid turlari, moliyalashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, narx parametrlari, moddiy texnika bazasi, 
moliyaviy erkinlik.
Аннотация:
В статье рассматривается значение и роль государственных закупок в повышении эффективности 
использования имеющихся финансовых ресурсов в высших учебных заведениях. Важность внебюджетных фи-
нансовых ресурсов в высших учебных заведениях и важность государственных закупок в управлении ими были 
изучены на основе аналитических подходов узбекских и зарубежных ученых. В статье по результатам монографи-
ческого и экспертно-систематического анализа освещена роль государственных закупок в эффективном управ-
лении доступными финансовыми ресурсами, их роль в обеспечении финансовой устойчивости высшего образо-
вания.
Ключевые слова:
высшее образование, внебюджетные фонды, единица времени, неблагоприятные субъекты хо-
зяйствования, курсы валют, государственные закупки, виды закупок, финансирование, субъекты хозяйствования, 
ценовые параметры, материально-техническая база, финансовая свобода.
Abstract:
In the article is discussed the public procurement importance and role in improving the efficiency of available 
financial resources using in higher education institutions. The importance of extra-budgetary financial resources in higher 
education institutions and the importance of public procurement management were investigated on the bases of analyt-
ical approaches to Uzbek and international studies. On the basis monographic, expert and systematic analysis’ results, 
there is highlights the role of public procurement in the effective management of available financial resources, its role in 
ensuring the financial stability of higher education.
Key words:
higher education, extra-budgetary funds, unit of time, unfavorable business entities, exchange rates, public 
procurement, types of procurement, financing, business entities, price parameters, material and technical base, financial 
freedom.
K I R I S H
Jahon tajribasidan ma’lumki, mamlakatlarni rivojlanishi va taraqqiy etishi bevosita ilm-fanga e’tibor, ta’lim 
sohaning rivojlanishiga bog‘liqligini ko‘rish mumkin.
Oliy ta’lim muassasalari ham iqtisodiy jarayonlarda bevosita ishtirok etadigan keng qamrovli iste’molchi 
va sotuvchi rolida namoyon bo‘ladigan subyektlardan biri sanaladi. Shundan kelib chiqqan holda, OTMlar ham 
o‘z ehtiyojlarini “xaridorlar” sifatida ishlab chiqaruvchilar va ta’minotchilar orqali tanlov asosida ehtiyojlari uchun 
tovarlar (ishlar, xizmatlar) ni sotib olish tizimiga bevosita kiradi. Mazkur tizim jahon amaliyotida tan olingan 
tizimlardan biri sanaladi.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasida “2019–2022-yillarda iqtisodiyotda o‘zlashtirilgan investitsiyalar ha-
jmi 2,1 barobarga, shu jumladan markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga 2,8 barobarga ortgan. Yalpi ichki 
mahsulot tarkibidagi investitsiyalar ulushi 2019-yildagi 21 foizdan 2022-yil yakuniga ko‘ra 38 foizdan ko‘proqqa 
o‘sdi. Ushbu davrda tashqi savdo aylan-masi hajmi 1,7 barobarga oshdi. Investitsiyalar va tashqi savdodagi 


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
148
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
yuqori faollik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarining 1,24 barobarga, qurilishning 1,44 barobarga 
o‘sishiga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatdi, ularning yalpi ichki mahsulot tarkibidagi ulushi esa 24,1 foizdan 33,2 
foizgacha o‘sdi” 
[1]

Bu raqamlardan ko‘rinib turibdiki, barcha soha va yo‘nalishlarda olib borilayotgan islohotlar natijasida o‘sish 
kuzatilmoqda. Mazkur islohotlar zamirida milliy iqtisodiyotni erkinlashtirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni 
qo‘llab-quvvatlash, eksport salmog‘ini ko‘paytirish, import tovarlar hajmini kamaytirish, ilm-fanni rivojlantirishga 
qaratilgan oqilona siyosat yotganligini ko‘rishimiz mumkin. Ta’lim tizimida olib boriladigan islohotlarning asosiy 
vazifalaridan biri bu o‘quv jarayonini isloh qilish va oliy ta’limning moddiy-texnik bazasini yaxshilashdir.
A D A B I Y O T L A R S H A R H I
Quyidagi xorijlik iqtisodchi olimlar davlat xaridlari sohasining rivojlanishi va takomillashtirilishining asosiy 
qoidalari, davlat xaridlari hisobini tashkil etish va ulaning oliy ta’lim tizimidagi samaradorligini baholash bo‘yicha 
ba’zi jihatlariga e’tibor bergan holda ilmiy tadqiqot olib borgan, jumladan I. I. Smotritskaya, S. A. Bordunova, 
A. I. Vorobiyeva, Y. A. Mizikovskiy, E. A. Orlova, S. V. Pankova, A. A. Piskunov, K. V. Razuvayeva, T. M. Rogu-
lenko, Y. V. Sokolova, I. A. Tulseva, A. E. Sheveleva, T. G. Sheshukova va boshqalarni keltirish mumkin. Mahal-
liy iqtisodchi olimlardan M. P. Yunusov, D. B. Qosimov, U. Urakov, U. Burxonov, Atamuradov 
[5]
va boshqalarning 
ilmiy ishlarida mazkur masalalarga to‘xtalib o‘tilgan.
Shuning bilan oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligining ahamiyati va moliyaviy resurslar sa-
maradorligini oshirish usullarini takomillashtirish borasida qator hal qilinmagan masalalarni yechish alohida 
ilmiy tadqiqotlarni talab qiladi.
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Tadqiqot olib borish davomida monografik tahlil hamda ekspert va tizimli tahlil usullaridan foydalangan 
holda oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligining ahamiyati va moliyaviy resurslar samaradorligini 
oshirish usullarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlandi.
TA H L I L VA N A T I J A L A R
Oliy ta’lim muassasalarining taraqqiy etishi va samaradorligining oshishi bevosita uning moliyaviy erkinl-
igiga, mavjud moliyaviy resurslarning to‘g‘ri, maqsadli hamda samarali ishlatilishi masalasiga bog‘liq ekanligi 
sir emas. Shu nuqtayi nazardan OTMlarda mavjud moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligi bugungi 
kunning dolzarb va e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlaridan sanaladi. Respublikamiz miqyosidagi OTMlarda 
byudjetdan tashqari to‘lov-kontrakt mablag‘lari va byudjetdan tashqari rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari 
asosiy moliyaviy manbalari sanaladi.
Mazkur mablag‘larni samarali tasarruf etish maqsadida, OTMlarning moddiy texnika bazasini mustahka-
mlashga, ta’limga raqamli texnologiyalarni keng joriy qilishga, bino va inshootlarni mukammal va joriy ta’mir-
lash ishlariga yo‘naltirishda bevosita o‘rnatilgan tartibda, respublika tovar xom-ashyo birjasi orqali savdolarda 
qatnashish belgilangan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–472-son 
Qonuni talablariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Shu bilan bir qatorda, davlat xaridlari turlari va ularni 
amalga oshirish bilan bog‘liq bir qancha normativ hujjatlar qabul qilingan.
1-jadval:
2022–11–15 – 2022–12–15-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan 
xorijiy valyutalarga nisbatan o‘zbek so‘mining rasmiy kursi 
[3]

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin