Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich


INNOVATSION MENEJMENTNI JORIY ETISHNI VUJUDGA KELTIRUVCHI ELEMENTLAR



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

INNOVATSION MENEJMENTNI JORIY ETISHNI VUJUDGA KELTIRUVCHI ELEMENTLAR
1-rasm:
Yirik sanoat korxonalarida mehnat samaradorligini oshirishda innovatsion menejmentni joriy etishni 
vujudga keltiruvchi elementlar


143
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Tashkiliy elementlar – boshqaruvga zamonaviy boshqaruv uslublarini qo‘llash, tartib-intizom va mas’uliyat-
ga asoslanadi. Sanoat korxonasida ishlab chiqarish va mehnatni to‘g‘ri tashkil qiladigan, xodimlarga qo‘yilgan 
vazifalarni o‘z vaqtida sifatli bajarishlari uchun doimiy nazorat, zaruriy boshqaruv qarorlari va ularning ijrosi 
bo‘yicha mas’uliyatni nazarda tutadi.
Iqtisodiy elementlar – sanoat korxonasida xodimlarning mehnat potensiali va motivatsiyasini oshirish im-
konini beradigan iqtisodiy vositalardan iborat bo‘ladi. Iqtisodiy elementlarning harakat samaradorligiga: sanoat 
korxonasining mulkchilik shakli, boshqaruv tizimi, tarmoq sanoat korxonasidagi o‘rtacha mehnat haqi kabilar 
ta’sir ko‘rsatadi.
Texnologik elementlar – xodimlarning mehnat sarfini qisqartirish, sifatli mahsulot yaratish, resurslardan 
oqilona foydalanish imkonini yaratadigan innovatsion texnologiyalarni qo‘llashni nazarga tutadi. Texnologik ele-
ment sanoat korxonasida zamonaviy texnologiyalar bilan ishlay oladigan kadrlar bilan ta’minlash va ishlab 
chiqarish quvvatlarini oshirishga qaratilgan.
Ijtimoiy-psixologik elementlar – sanoat korxonasida insonning shaxsiy potensialini namoyon qilishga, o‘z 
ustida ishlashga va jamoada iliq ijtimoiy-psixologik muhitni yaratishga qaratilgandir. Ijtimoiy-psixologik element 
jamoada xodimlarning tashabbusi, ixtidorini aniqlash, yakuniy mehnat natijasini oshirishda motivatsiyadan foy-
dalanish, mehnatdan mamnun bo‘lish, rahbariyat va xodimlar o‘rtasidagi uzviy do‘stona aloqani yaratish im-
konini beradi.
Yirik sanoat korxonalarida mehnat samaradorligini oshirishda innovatsion menejmentni joriy etilishi nafaqat 
mehnat samaradorligini oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi elementlaridan, balki elementlarni mehnat 
samaradorligini oshirish vositalari yordamida amalga oshirish kerak. Mehnat samaradorligini oshirish vositalari 
sifatida quyidagilarni keltirish mumkin, bunda:

moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni eng zarur sanoat tarmoqlarini rivojlantirish uchun yo‘naltirish, 
fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda sanoat tarmog‘ini rivojini rejalashtirish;

mehnat sifati va samaradorligini oshirish maqsadida sanoat tarmoqlarining barcha jabhalari faoliyatini 
baholash negizida bo‘lgan barcha ko‘rsatkichlar tizimini takomillashtirish;

fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini qo‘llash asosida mehnatning texnik qurollanganlik darajasini oshirish, 
iqtisodiy dastaklar asosida esa mehnatning moddiy asosini yaxshilash;

mehnat va maishiy xizmat sharoitlariga ta’sir etuvchi iqtisodiy va ijtimoiy choralarni kuchaytirish, mehnat 
huquqlarining amal qilinishiga erishish;

mehnatning yakuniy natijasi va ishchilar mehnatini baholash imkonini beradigan tizimdan foydalanish.
Mehnat samaradorligini innovatsion menejment asosida samarali oshirishda personal mehnat natijasi va 
faoliyat mehnatini baholash tizimini joriy etish muhim ahamiyatga ega. Personal mehnat samaradorligini ba-
holash birinchidan, ishchi-xizmatchilar qanday ishlayotganligi; ikkinchidan, ushbu holatda qanday natijalarga 
erishilganligi; uchinchidan, buning barchasi sanoat korxonasi faoliyatiga qanday ifodalanishi (namoyon bo‘lishi, 
ta’sir ko‘rsatishi) bilan aniqlanadi.
Personal mehnati samaradorligini baholash sanoat korxonasining inson resurslariga nisbatan bajariladi-
gan tashkiliy nazoratining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi va quyidagi maqsadni ko‘zlaydi: personal mehnati 
natijadorligini yaxshilash (mavjud mehnat salohiyatini qo‘llash va to‘liq foydalanish); ish bilan bog‘liq bo‘lgan 
qarorlarni qabul qilishda rahbar va ishchilarni zaruriy axborot bilan ta’minlash.
Yirik sanoat korxonalarida ishchilar mehnatini baholashda xususiy ko‘rsatkich hisoblangan personal 
mehnati faoliyatidagi majburiyat darajasidan foydalanildi. Personal mehnat faoliyatidagi majburiyat darajasi 
bo‘yicha baholash uslubini qo‘llashda, ISO 9001:2008 sifatni boshqarish xalqaro standart sertifikati bilan taqdir-
langan “Sho‘rtanneftgaz” MChJ misolida, undagi rahbar va ishchi-xodimlar mehnatini tahlil qilamiz hamda aso-
siy hisoblash ko‘rsatkichlarini belgilaymiz. Korxonada personal mehnatini baholashda alohida korxona faoliyati, 
rahbar va xodimlarga bog‘liq holdagi ko‘rsatkichlarni inobatga olgan holda sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazish 
orqali aniqlab topiladi.
Tadqiqotlarimiz natijasida aniqlangan ishchilar mehnatini baholashning majburiyat darajasi yordamida is-
honchli va sifatli ishchilar mehnatini baholashda bilish zarur hisoblanadi. Personal majburiyat darajasini aniqlash 
orqali, ishchilar mehnatini baholash asosida olingan natijalardan to‘g‘ri foydalanish imkoni paydo bo‘ladi va shu 
asosida personalning egallab turgan lavozimlari bo‘yicha majburiyat darajasi bilan ishchilar mehnatini baholash 
natijasi o‘zaro mos ravishdaligini ifodalash mumkin. Shunday qilib, har bir xodimning egallab turgan lavozi-
mida bajaradigan mehnat funksiyasi bo‘yicha majburiyat va mas’uliyat darajalarini bilish maqsadida tanlangan 
korxonada sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazildi va bu korxona personalining majburiyat tasnifini ifodalash imkonini 
berdi (2-jadval).
Xodimlarning mehnat faoliyatidagi funksiyalariga: rejalashtirish, mehnatni tashkil qilish, nazorat qilish, 
motivatsiya va o‘zaro muvofiqlashtirish (koordinatsiya)ni keltirish mumkin. Majburiyat tasnifi “Sho‘rtanneftgaz” 
MChJ sanoat korxonasidagi ma’muriyat personalining professionallik darajasini ifoda etadi.


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
144
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin