Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich


Yaxshi istiqbolga ega bo‘lgan aksiyalarni sotib olish strategiyasi



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Yaxshi istiqbolga ega bo‘lgan aksiyalarni sotib olish strategiyasi.
Bunda aksiya kursining o‘sishi va 
dividendar hisobiga foyda olish ko‘zlanadi.
Barqaror dividend to‘lanuvchi aksiyalarni maqsadli sotib olish strategiyasi.
Bunda domiy pul oqimini 
yaratish maqsadi ko‘zlanadi.
Dividend to‘lovlarini e’lon qilinishidan avval aksiyalarni sotib olish strategiyasi.
Bunda asosan 
spekulyativ maqsadlar ko‘zlanadi. 
Fikrimizcha, investorlar tomonidan ma’lum bir turdagi dividendlarga asoslangan strategiyalarni qo‘llashda 
aynan dividend aristokratlariga asoslangan holda portfel shakllantirish eng maqbul usul sanaladi. Shuning 
uchun ushbu tadqiqot ishimizda mazkur masalani chuqurroq o‘rganishni hamda mamalakatimiz fond bozorida 
qo‘llash imkoniyatlarini tadqiq etishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. 
Jahon iqtisodiyotida dividend aristokratlari aynan S&P500 Dividend Aristocrats indeksi tarkibiga kiritilgan 
bo‘lsada, oxirgi paytlarda shu yo‘nalishda boshqa indekslar ham paydo bo‘la boshladi. Masalan, S&P Europe 
350 Dividends Aristocrats indeksi shular jumlasidandir. Shunga qaramay, xalqaro amaliyotda S&P500 Dividend 
Aristocrats indeksi bozorda benchmark vazifasini bajarganligi sababli, uni alohida ahamiyatli deb hisoblaymiz. 
S&P 500 “Dividend Aristocrats” (S&P 500 “Dividend aristokratlari”) – aksiyadorlarga to‘lovlarni 25 yil davo-
mida barqaror ravishda oshirib boruvchi kompaniyalar asosida shakllantiriladigan maxsus indeksdir. Ushbu 
indeks 1989 yildan beri e’lon qilinib kelinmoqda. Uning tarkibidagi kompaniyalar har yilgi moliyaviy natijalar 
bo‘yicha qayta ko‘rib chiqiladi. Indeks tarkibiga kiritilishi uchun kompaniyalarga quyidagicha talablar qo‘yiladi:

Kompaniya S&P 500 indeksi tarkibiga kirishi;

Yillik dividendlar miqdorini 25 yildan kam bo‘lmagan muddat davomida barqaror o‘stirib borgan bo‘lishi;

Kamida 3 milliard AQSh dollari miqdoridadan kam bo‘lmagan bozor kapitalizatsiyasiga ega bo‘lishi;

Uch oy davomida o‘rtacha kunlik aylanmasi kamida 5 million AQSh dollaridan kam bo‘lmasligi kerak va 
boshqalar.
Shuningdek indeks tarkibini aniqlashda tarmoqlar bo‘yicha diversifikatsiya cheklovlari ham qo‘llaniladi va 
unga ko‘ra bir tarmoqda 30% dan ortiq bo‘lmasligi lozim. 
Indeks tarkibi har yili-yanvar oyining oxirida qayta ko‘rib chiqiladi. Kompaniyalar tomonidan bir marotaba 
dividend to‘lovlarining o‘sishini o‘tkazib yuborishning o‘zi ularni ushbu ro‘yxatdan chiqarib yuborilishiga yetarli-
cha sabab hisoblanadi. 2023-yil may holatiga ko‘ra ushbu indeks tarkibiga 66 kompaniyalar kiritilgan. 
Bunday kompaniyalar qatoriga Dover, Emerson Electric, Genuine Parts, Procter & Gamble, 3M, Coca-Co-
la, Johnson & Johnson, Exxon Mobil, PepsiCo, Colgate-Palmolive, Walmart va boshqa kompaniyalar kiradi. 
Telekommunikatsiya xizmatlari
Ko‘chmas mulk
Kommunal xizmatlari
Axborot texnologiylari
Energiya
Sog‘liqni saqlash
Iste’molchilar huquqlari nazorati
Materiallar
Moliya
Iste’mol tovarlari
Sanoat
Tarmoqlar
1-rasm:
S&P 500 “Dividend Aristocrats” indeksi tarkibidagi kompaniyalarning iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha 
joylashuvi
7

S&P 500 “Dividend Aristocrats “ indeksi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlangan.


137
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Shu bilan birgalikda mazkur “Dividend Aristocrats” indeksi yuqori diversifikatsiyalangan bo‘lib, iqtisodi-
yotning 11 tarmog‘i bo‘yicha keng yoyilganini kuzatishimiz mumkin. Ushbu tarmoqlar ichida sanoat va iste’mol 
tovarlari bo‘yicha tarmoqlar eng yuqori ulushga ega (1-rasm). 
Shu o‘rinda haqli bir savol tug‘iladi, kompaniyalarga bunday indeks ro‘yxatidan joy olish qanday naf kelt-
iradi? Kompaniyalar tomonidan aynan bu kabi agressiv dividend siyosatini yuritilishining sababi nimada? Bu 
savollarga oddiy javob qaytaradigan bo‘lsak, biz bilamizki, har bir kompaniya ham bunday uzoq muddat davo-
mida dividend to‘lovlarini o‘stirib borishga qodir emas. Bunday muvaffaqiyatga erishish uchun kompaniyalar 
birinchi navbatda barqaror va kuchli raqobatdoshlik xususiyatlariga ega bo‘lishi, shuningdek o‘z kapitalini mu-
kammal boshqara olishi kerak bo‘ladi. Kuchli fundamental natijalar esa bu faktorlarning ifodasi hisoblanadi. 
Va natijada dividendlar o‘sib boradi. “Dividend Aristocrats” borasida ushbu masalaning juda keskin tus olishini 
kuzatishimiz mumkin bo‘ladi. Chunki ular bozor ishtirokchilarining ishonchini oqlashliklari lozim bo‘ladi.
Yuqorida qayd etib o‘tganlarimizga qo‘shimcha ravishda dividend aristokratlaridan biri bo‘lgan, “Coca-Co-
la” kompaniyasi tomonidan dividend to‘lovlarining yillar davomida o‘sish grafigini keltirib o‘tishni lozim topdik 
(2-rasm). 
2-rasm:
“Coca-Cola” kompaniyasining dividend to‘lovlari tahlili
8
“Coca-Cola” kompaniyasi 1886 yilda tashkil etilgan bo‘lib, u choraklik dividendlarni to‘lash bilan birga so‘ng-
gi 58 yil davomida dividend to‘lovlarini barqaror oshirib ham kelmoqda. Fikrimizcha, kompaniyalar tomonidan 
dividendlarni yuqoridagi kabi dividend to‘lovlarini amalga oshirishda ushbu dividend siyosatining qay bir turiga 
amal qilinayotganligiga qarab dividend to‘lovlarining muntazamligini ta’minlashi lozimdir.
Olib borgan tahlillarimizda ushbu indeksi tarkibidagi kompaniyalarning dividend to‘lovlari davrini tahlil qil-
ganimizda ularning aksariyati choraklik dividend to‘lovlarini amalga oshirishini aniqladik (3-rasm). 
Yillik
Har oyda
Choraklik
3-rasm:
S&P 500 “Dividend Aristocrats” indeksi tarkibidagi kompaniyalarning dividend to‘lovlari davri bo‘yicha 
tarkibi
9
Jumladan, joriy davrda indeks tarkibidan o‘rin olgan 66 ta kompaniyalarning 64 tasi choraklik dividendlar-
ni to‘lamoqda, bu orqali ushbu kompaniyalar aksiyadorlarning daromadliligini muntazam ta’minlash hisobiga 
investitsion jozibadorligini oshirilishiga sabab bo‘lishi bilan birga kompaniya faoliyati haqida bozorga doimiy 
ravishda “signal” ham bermoqda. 

“Coca-Cola” kompaniyasining hisobot ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.

S&P 500 “Dividend aristokratlari” indeksi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
138
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
X U L O S A VA TA K L I F L A R
Yuqorida keltirilgan xalqaro dividend siyosatini yuritish amaliyoti tajribalari bo‘yicha fikr-mulohazalar, tahlil-
lar asosida mamlakatimizdagi aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatida dividend siyosatini optimallashtirishda qo‘llash 
mumkin bo‘lgan quyidagi tavsiyalarimizni keltirib o‘tishimiz mumkin: 
Birinchidan, biz tomonimizdan o‘rganilgan xorijiy kompaniyalarda dividend to‘lovlari asosan choraklik amal-
ga oshiriladi. Fikrimizcha, ushbu amaliyotni respublikamizdagi aksiyadorlik jamiyatlari dividend siyosatini yurit-
ish amaliyotida qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Bunda aksiyadorlik jamiyatlari rivojlanishining dastlabki yillarida 
yarim yillik dividendlarni, keyingi bosqichlarda esa choraklik dividendlarni qo‘llash orqali nafaqat emitentlarning 
moliyaviy holatini yaxshilash, balki mamlakatimizda keng amalga oshirish rejalashtirilayotgan xususiylashtirish 
amaliyotlarini samarali amalga oshirishga zamin yaratiladi deb, hisoblaymiz. 
Ikkinchidan, aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan amalga oshirilayotgan dividend siyosati barcha bozor 
ishtirokchilari uchun tushunarli bo‘lishi bilan birgalikda, ushbu siyosat fond bozori tomonidan axborotlarni yet-
kazuvchi ma’lum bir tizim sifatida qo‘llanilishini yoddan chiqarmaslik lozim. Shu munosabat bilan respublikam-
izdagi aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan investorlarning ishonchini qozonish va kompaniyalarning investitsion 
jozibadorligini oshirish maqsadida dividend to‘lovlari naqd pulda to‘lanishi maqsadga muvofiq deb, hisoblaymiz. 
Uchinchidan, bizningcha, aksiyadorlik jamiyatlari dividend siyosati ularning investitsion jozibadorligiga 
bevo sita ta’sir etish xususiyatidan kelib chiqqan holda respublikamizda ham aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan 
dividend to‘lovlarini to‘lash holatini aks ettiruvchi maxsus indeks joriy qilinishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuni 
alohida ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, mahalliy fond bozorining o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda 
to‘lanayotgan dividendlar bo‘yicha mahsus indeksni joriy etilishi orqali investorlarning fond bozoriga qiziqishlari-
ni ortishiga erishish bilan birga xususiylashtirish jarayonlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga zamin yaratilgan 
bo‘lar edi. 
Umuman olganda xulosa qilib aytganda, respublikamizdagi aksiyadorlik jamiyatlari korporativ moliyaviy 
boshqaruv faoliyatlarida dividend siyosatini takomillashtirishda xorijiy kompaniyalarda dividend siyosatini yuri-
tish tajribalarining mumkin bo‘lgan yo‘nalishlaridan foydalanilishi natijasida optimal dividend siyosatini shakllan-
tirish masalasida ijobiy natijalarga erishish mumkin bo‘ladi. 

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin