T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
136
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
TA H L I L VA N A T I J A L A R
Dividend siyosatini oqilona olib borish orqali korporatsiyalar o‘z aksiyalarining qiymatini oshirishlari yoki
barqaror tarzda saqlab turishlari mumkin bo‘ladi. Xorijiy korporatsiyalar tajribalariga nazar tashlaydigan bo‘lsak,
aksariyat korporatsiyalar ayrim hollarda yuqori yoki kutilgan miqdorda daromad ko‘rmagan holatda ham aksi-
yadorlarga to‘lanadigan dividend miqdorini kamaytirmaslikka harakat qilishadi.
Hozirgi kunda jahon amaliyotida fond bozori ishtirokchilari orasida dividendlarga asoslangan strategiyalar
juda mashhur bo‘lib, ushbu strategiyalarni qo‘llash natijasidan hosil qilingan portfel yuqori dividendlar to‘lay-
digan kompaniyalarning qimmatli qog‘ozlaridan iborat bo‘ladi. Biroq, bu strategiyalar hali mamlakatimiz fond
bozorida keng tarqalmagan. Mazkur strategiyalarning asosiy g‘oyasi sifatida nafaqat aksiyalar narxining o‘zga-
rishidan
foyda olish, balki yuqori dividendlar va ularni qayta investitsiyalash hisobiga maksimal rentabellikka
erishish nazarda tutiladi.
Dividendlarga asoslangan strategiyalarni bir qancha ko‘rinishlari mavjud. Bunda har bir strategiyani qo‘llash
o‘ziga xos xususiyatlari, algoritmi bilan bir-biridan farqlanadi:
Dostları ilə paylaş: