Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022-yildagi PF–60-sonli Farmoni.
2. Sherkuziyeva Nasiba Abrorovna. Rivojlangan korporatsiyalarda dividend siyosatini tashkil etishning o‘ziga xos xususi-
yatlari // Ekonomika i finansы (Uzbekistan). 2020. №1 (133). 
3. Шим Джей К., Сигел Джоэл Г. Финансовый менеджмент: пер. сангл.М.: Филинъ, 1996.400 с. 342 стр.
4. N. M. Rasulov. Korporativ boshqaruv – investitsiyalar samaradorligi kafolati, Monografiya, –T. : TDIU nashriyoti, 2011-
yil, 126 b.114-bet.
5. И.Я.Лукасевич. Финансовый менеджмент: учебник. 4-е изд., перераб. и доп. М.: Национальное образование, 
2013. 768 с.
6. F. Eugene Brigham, C. Michael Ehrhardt. Financial Management. Theory and practice. 12e.Thompson Learning, Inc. 
2008. P. 640–647.


139
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
YIRIK SANOAT 
KORXONALARIDA 
INNOVATSION MENEJMENTNI 
JORIY ETISH ASOSIDA 
MEHNAT SAMARADORLIGINI 
OSHIRISH YO‘LLARI
Tuxtabayev Jamshid Sharafetdinovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iqtisodiyot fanlari bo‘yicha 
falsafa doktori (PhD), dotsent
Saotaliyeva Nozima Isomiddinovna
Geologiya fanlar universiteti talabasi 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada yirik sanoat korxonalarida mehnat samaradorligini oshirishda innovatsion menejment usul-
larini joriy etish yo‘llari o‘rganilgan. Yirik sanoat korxonalarida innovatsion menejmentni joriy etish fan-texnika taraqqiyotini 
jadallashtirish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning aniq yo‘nalish va uslublariga amal qilish, mahsulot sifatiy 
strukturasini optimallashtirish, ishlab chiqarishning turli darajalarida xodimlarning ijodiy faolligini oshirish, mehnat natija-
sini baholash, xodimlarda o‘z mehnatlarining natijasiga nisbatan moddiy va ma’naviy qiziqishni oshirish, mehnat intizo-
mini mustahkamlash asosida mehnat salohiyatidan foydalanishning natijaviyligini oshirishni ta’minlashdan iborat bo‘lgan 
kompleks tashkiliy-iqtisodiy choralarni ishlab chiqishni talab etadi. Shu masalalarni ushbu maqolada o‘rganib chiqilgan va 
ilmiy-nazariy va amaliy takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
mehnat samaradorligi, innovatsiya, menejment, innovatsion menejment, mehnatni ilmiy tashkil etish, mu-
nosib mehnat sharoiti, moddiy rahbatlantirish, tashkiliy-iqtisodiy mexanizm.
Аннотация:
В данной статье рассматриваются пути внедрения инновационных методов управления для повы-
шения производительности труда на крупных промышленных предприятиях. Внедрение инновационного ме-
неджмента на крупных промышленных предприятиях заключается в ускорении научно-технического прогресса, 
следовании четким направлениям и методам организации производства и труда, оптимизации качественной 
структуры продукции, повышении творческой активности работников различных звеньев производства, оцени-
вать результаты труда, давать работникам материальное удовлетворение по отношению к результатам их тру-
да и требует разработки комплекса организационно-экономических мероприятий, направленных на повышение 
эффективности использования трудового потенциала на основе повышения нравственной заинтересованности 
и укрепление трудовой дисциплины. Эти вопросы исследуются в данной статье и вырабатываются научно-теоре-
тические и практические предложения.
Ключевые слова:
эффективность труда, инновации, менеджмент, инновационный менеджмент, научная организа-
ция труда, достойные условия труда, материальное стимулирование, организационно-экономический механизм.


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
140
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
Abstract:
This article discusses ways to introduce innovative management methods to increase labor productivity in 
large industrial enterprises. The introduction of innovative management at large industrial enterprises is to accelerate 
scientific and technological progress, follow clear directions and methods for organizing production and labor, optimize 
the qualitative structure of products, increase the creative activity of workers at various levels of production, evaluate the 
results of labor, give workers material satisfaction in relation to the results their labor and requires the development of a 
set of organizational and economic measures aimed at improving the efficiency of using labor potential through increasing 
moral interest and strengthening labor discipline. These issues are investigated in this article and scientific, theoretical 
and practical proposals are developed.
Key words:
labor efficiency, innovations, management, innovative management, scientific organization of labor, decent 
working conditions, financial incentives, organizational and economic mechanism.
K I R I S H
Innovatsion iqtisodiyotga o‘tish sharoitida sanoat korxonalarida mehnat samaradorligini oshirish obyektiv 
asoslangan jarayon bo‘lib, o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi, balki doimiy nazorat va boshqarishni talab etadi. 
Mehnat samaradorligini oshirish mezon kabi ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu maqsad boshqarish-
ning, xususan mehnat samaradorligini oshirishning iqtisodiy ishlab chiqarish maqsadi jonli mehnatdan minimal 
darajada foydalanib yuqori mehnat natijadorligiga erishish bilan belgilansa, ijtimoiy-iqtisodiy maqsad mehnat 
jarayonining amal qilishi uchun ijobiy ishlab chiqarish va moddiy-madaniy shart-sharoitlarni ya’ni munosib 
mehnat munosabatlarini yaratish bilan belgilanadi. Yirik sanoat korxonalarida mehnat samaradorligini oshirish 
oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda erishish vositalari tizimi bevosita innovatsion menejment tamoyillari 
va jamiyat rivojining ma’lum bosqichida xo‘jalik mexanizmining ishlash xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. “Innova-
tsion menejment tamoyillari boshqarish uslublari uchun boshlang‘ich asos hisoblanadi va boshqarish usullari 
sifatida amal qiladi” 
[1]
. Mehnat samaradorligini oshirish maqsadlariga erishish vositalari nafaqat kishilar foydali 
mehnat faoliyatining ijtimoiy-iqtisodiy va iqtisodiy ishlab chiqarish natijalarini amalga oshirishi, balki natijalarga 
minimal mehnat va vaqt sarflari yordamida erishishni ta’minlashi ham kerak. Mehnat samaradorligini oshirish 
maqsadlariga erishish vositalaridan kelib chiqqan holda, mehnat samaradorligini oshirishda innovatsion me-
nejmentni joriy etishning mohiyatiga qisqacha to‘xtalamiz. Yirik sanoat korxonalarida innovatsion menejmentni 
joriy etish fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning aniq yo‘nalish 
va uslublariga amal qilish, mahsulot sifatiy strukturasini optimallashtirish, ishlab chiqarishning turli darajalarida 
xodimlarning ijodiy faolligini oshirish, mehnat natijasini baholash, xodimlarda o‘z mehnatlarining natijasiga nis-
batan moddiy va ma’naviy qiziqishni oshirish, mehnat intizomini mustahkamlash asosida mehnat salohiyatidan 
foydalanishning natijaviyligini oshirishni ta’minlashdan iborat bo‘lgan kompleks tashkiliy-iqtisodiy choralardir.
M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R TA H L I L I
O‘rganilayotgan mavzu doirasida MDH davlatlari olimlaridan V. V. Adamchuk 
[2]
, A. A. Artyomenko 
[3]

A. V. Barыsheva 
[4]
, V. I. Brыlev 
[5]
, S. A. Valuyskin 
[6]
, O. E. Germanova 
[7]
, A. Y. Kibanov 
[8]
, M. A. Klimova 
[9]

L. A. Kostin 
[10]
, V. V. Novojilov 
[11]
, M. Y. Pitkevich 
[12]
, G. G. Rudenko 
[13]
, O. V. Stakanova 
[14]
, S. G. Strumilin 
[15]

L. V. Shamray 
[16]
, R. A. Elmurzayeva 
[17]
va boshqalar tomonidan mehnat samaradorligining nazariy va metod-
ologik asoslari, ishlab chiqarishda mehnat samaradorligini baholash, mehnat samaradorligini oshirish omil va 
zahiralari kabi masalalar ko‘rib chiqilgan. Uzoq xorijiy mamlakatlar olimlaridan S. L. Bryu 
[18]
, P. Samuelson 
[19]

G. Ford 
[20]
hamda G. Emerson 
[21]
tomonidan ishlab chiqarishda ijtimoiy mehnat munosabatlarining nazariy 
va amaliy jihatlari, mehnatni tashkil etish, mehnat samaradorligi va motivatsiyasi muammolari chuqur tadqiq 
etilgan. O‘z navbatida mamlakatimiz iqtisodchi olimlarining ishlari ham bu muammoni o‘rganishga o‘z hissasini 
qo‘shib kelmoqda. Jumladan, ustozimiz “Mehnat iqtisodiyoti” ilmiy maktabi asoschisi akademik Q. X. Abdurah-
monov tomonidan mehnat samaradorligini oshirishda mehnatni ilmiy tashkil etish va boshqarish 
[22]
, professor 
G. Q. Abdurahmonova tomonidan kichik biznesda munosib mehnat tamoyillarini joriy etish va samarali bosh-
qarish 
[23]
, professor Sh. N. Zaynutdinov tomonidan sanoat korxonalarida mehnatni tashkil etishni 
[24]
, professor 
M. L. Tursunxo‘jayev tomonidan sanoat korxonalarida mehnatga haq to‘lashni tashkil etishni 
[25]
, profeesor 
Z. Y. Xudoyberdiyev tomonidan sanoat korxonalarida ishchilar malakasini oshirish va foydalanishni 
[26]
, dotsent 
S. B. G‘oyipnazarov tomonidan kichik biznesda mehnatni muhofaza qilishni 
[27]
, K. S. Ismaylov tomonidan agro-
sanoat majmuasida mehnat resurslaridan oqilona foydalanishni 
[28]
keng o‘rganilgan. Shu bilan birga bevosita 
sanoat ishlab chiqarish korxonalarida mehnat samaradorligini oshirishda innovatsion menejmentni joriy etish 
asosida oshirish bo‘yicha tizimli asosda ilmiy va monografik tadqiqotlar yetarlicha amalga oshirilmagan. 


141
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Sanoat korxonalarida innovatsion menejmentni joriy etish asosida mehnat samaradorligini oshirish mexa-
nizmini takomillashtirishga oid nazariy bilimlarning shakllanish bosqichlarini tadqiqot qilish jarayonida tizimli 
tahlil, induksiya-deduksiya, kompleks baholash, guruhlash, mantiqiy va taqqoslama tahlil qilish kabi usullardan 
foydalanilgan.
TA H L I L VA N A T I J A L A R
Iqtisodiy choralar boshqaruvning barcha darajalarida mehnat samaradorligini oshirishni ta’minlovchi murak-
kab iqtisodiy tizim hisoblanib, motivatsiya, adolatlilik, uzluksizlik, rentabellik kabi tamoyillarni o‘z ichiga oladi. Ma-
salan, motivatsiya – personal mehnat natijasini oshirishni, uzluksizlik – ishlab chiqarish quvvatlarining darajasi, 
mavjud asbob-uskunalarning texnik holati va ta’minlanganlik darajasi, texnologik yangilanish, ishlab chiqarish ja-
rayonlarini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni nazarda tutadi. Mehnat samaradorligini oshirish-
ning tashkiliy choralari esa rejalashtirish va ilmiylik tamoyilini o‘z ichiga olib, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish 
va samarali boshqarishni nazarda tutadi. Bu tamoyillar (tashkiliy-iqtisodiy) yirik sanoat korxonalarida mavjud 
mehnat samaradorligini oshirish zahira manbalaridan foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi tamoyillarini 
ifoda etib, o‘zaro bog‘liqlikda mehnat samaradorligini samarali oshirish imkoniyatini kengaytiradi. Tadqiqotimizda 
har bir omil zahiralardan foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy maqsadi, tamoyili, vositalari va samaradorlik ko‘rsat-
kichlari ishlab chiqildi (1-jadval). Quyida ularning harakat mexanizmi va vositalarini ko‘rib chiqamiz.
1-jadval:
Yirik sanoat korxonalarida zamonaviy boshqaruvni joriy etish asosida mehnat samaradorligini 
oshirishning tashkiliy-iqtisodiy ko‘rsatkichlari

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin