T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
142
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
Innovatsion texnologiyalar asosida mehnat samaradorligini oshirish – yirik sanoat korxonalarida mehnat
samaradorligini ilg‘or innovatsion texnologiyalarni faoliyatga keng jalb qilgan holda oshirishni ko‘zlaydi. Bunda,
faoliyatga yangi ishlab chiqarish quvvatlari va texnologik modernizatsiya ishlarini amalga oshirish uchun faol
investitsiya loyihalarini amalga oshirishni, shuning zamirida innovatsion texnologiyalarni hamda zamonaviy
bilimlarga ega bo‘lgan kadrlarni jalb qilish bilan amalga oshiriladi.
Mehnatni samarali tashkil qilish asosida mehnat samaradorligini oshirish – bu insonning mehnat qilishi
bilan bog‘liq omil zahiralarni inobatga olib, mehnat samaradorligi oshishiga ta’sir qiluvchi, kadrlar malakasini
oshirish, ishni to‘g‘ri tashkil qilish, resurslardan oqilona foydalanish, xavfsiz mehnat sharoitini yaratishni inobat-
ga oladi. Bunda, kadrlar malakasi, resurslardan to‘g‘ri foydalanish va samarali boshqaruv asosiy o‘ringa ega.
Mehnat salohiyatini oshirish asosida mehnat samaradorligini oshirish – xodimlar o‘z mehnat imkoniyatlar-
ini namoyon qilishlari va ulardan samarali foydalanish imkonini beradigan choralardan iboratdir. Bu xodimlarni
adolatli rag‘batlantirish, ijodiy erkinlik, qulay mehnat sharoitini yaratilishida namoyon bo‘ladi.
Yirik sanoat korxonalarida mehnat samaradorligini oshirishda innovatsion menejment mavjud zahiralardan
foydalanishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmining har bir elementi harakatga kelishiga zamin yaratadi. Bunda,
mehnatni tashkil qilishdagi (iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy-psixologik, texnologik) elementlarni (1-rasm) hisobga
olish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Dostları ilə paylaş: