9
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
kirib kelishi G‘arb mamlakatlarida bo‘lganidek, fuqaroning tafakkur dunyosi jiddiy o‘zgarishiga va ijtimoiy faoll-
igiga olib keladi
2
.
Shu o‘rinda JST imkoniyatlaridan to‘liq foydalanayotgan davlatlardan biri sifatida
Xitoy tajribasini tavsiya
etish mumkin. Xitoyda XX asr ikkinchi yarmidagi amalga oshirilgan islohotlar davrida ikkita tadbir o‘tkazildiki,
ular mamlakat qishloq joylaridagi aholi bandligi katta ta’sir o‘tkazdi. Birinchidan, dehqonlarga kasbni tanlash
va xo‘jalik yuritishda mustaqillik berildi. Ikkinchidan, dehqonlarga shaharda tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga
imkon yaratildi. Natijada, birinchi tadbir 125 mln. kishining qishloq joylardagi korxonalarga ishga joylashishini
ta’minladi. Ikkinchisi taxminan 60–80 million dehqonlarning qishloq joylaridan shaharga ko‘chishiga olib keldi.
Islohotlarning 23 yillik (1978–2001-yy.) davrida qishloq xo‘jaligida band bo‘lganlar ulushi umumiy bandlar soni-
da 70,5 % dan 50 % ga tushdi
3
.
Dotsent T. Pardayev mamlakatimiz JSTga a’zo bo‘lishining istiqbollari haqida fikr yuritar ekan bir qator
qulaylik va afzalliklarga e’tibor qaratadi
4
. Jumladan, tashkilotning barcha a’zo mamlakatlari bozorlariga kirish
uchun teng huquqli imkoniyat paydo bo‘lishi, investitsiya barqarorligi ta’minlanishi, raqobat muhiti yaxshilanishi
va monopoliyaning oldi olinishiga erishilishi, inflyatsiya darajasi kamayishi, eksportyorlarning tashqi savdoda
huquqi himoya qilinishi, jahon miqyosidagi savdo siyosati bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida ishtirok etish
huquqi berilishi, ya’ni tashkilot yig‘ilishida ishtirok etadigan har bir davlat o‘z ovoziga ega bo‘lishi kabi afzalliklar-
ni qayd qilib o‘tadi.
Rossiyalik tadqiqotchi I. Busoedovning fikriga ko‘ra
5
xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishning
ahamiyati
shundaki, ular ushbu munosabatlar bilan bog‘liq bo‘lgan mamlakatning milliy iqtisodiyotiga ta’sir qila-
di. Xalqaro iqtisodiy munosabatlardan ajralib chiqish har qanday mamlakatga zararli ta’sir ko‘rsatadi, sog‘lom
iqtisodiyotning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Jahon savdo aloqalari ularda ishtirok etayotgan mamlakatlarni
xalqaro mehnat va ishlab chiqarish taqsimoti bilan birlashtiradi, ishlab chiqarishning o‘ziga xos usullari yoki
hududiy xususiyatlari tufayli ma’lum bir hududga bog‘langan ma’lum resurslar, tovarlar va xizmatlar yordamida
ularni bir-biriga bog‘lab qo‘yadi. Natijada, tovar ayirboshlash barcha tomonlar uchun foydali bo‘ladi va mam-
lakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy muvozanat saqlanadi.
M E T O D O L O G I YA S I
Fikrimiz tasdig‘i sifatida joriy yilning 2-iyunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Res-
publikasining Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi
6
PQ–181-son qarori qabul qilinganini alohida ta’kidlash mumkin. Ushbu Hujjat mamlakatimizning
JSTga a’zo bo‘lish borasidagi ishlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqishga asos bo‘ladi. Xususan, qaror bilan
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ja-
hon Savdo Tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili lavozimi joriy etilib, uning zimmasiga JSTga a’zo bo‘lish
jarayonini jadallashtirish, mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatining natijadorligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni mu-
vofiqlashtirish, JSTga a’zo davlatlar bilan ikki tomonlama muzokaralarni o‘tkazishga puxta va har tomonlama
tayyorgarlik ko‘rish hamda ularning samarali o‘tkazilishini ta’minlash, JSTga a’zo bo‘lish jarayonida O‘zbekiston
Respublikasi pozitsiyasini yetkazish maqsadida JST Kotibiyati va a’zo davlatlar hamda xalqaro tashkilotlarning
rasmiy vakillari bilan doimiy ishchi aloqalarni o‘rnatish, JSTga a’zo bo‘lish jarayonida donorlarning texnik ko‘ma-
gi va ular tomonidan ajratiladigan grant mablag‘laridan samarali foydalanishni muvofiqlashtirish va nazorat
qilish kabi vazifalar yuklandi.
Shuningdek, Adliya vazirligiga qo‘shimcha 5 ta shtat birligini ajratgan holda milliy qonunchilikni JST bitim-
lariga uyg‘unlashtirish
funksiyasini yuklash, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi markaziy apparati tuzil-
masida JST bilan ishlash va savdo muzokaralari departamenti, aksar vazirlik va idoralar markaziy apparati
tuzilmasida JST masalalari bo‘yicha bo‘linmalar, O‘zbekiston Respublikasining Jeneva shahridagi Birlashgan
Millatlar Tashkiloti bo‘linmasi va boshqa xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonasida JST masalalari
bo‘yicha birinchi kotib lavozimi joriy etildi. Bu islohotlar tez orada kutilgan samaralar berishi shubhasiz.
Shu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi: xo‘sh JST qanday tashkilot va unga a’zo bo‘lish O‘zbekistonga qanday naf
keltiradi? Zotan har qanday xalqaro birlashmaga integratsiya bo‘lish mamlakat mustaqilligini cheklashi mumkin
degan qarashlar ham mavjud.
Ma’lumki, JST (ingl. WTO – World Trade Organization) – mamlakatlararo savdo qoidalarini boshqarib
turuvchi yagona xalqaro tashkilot hisoblanadi. Uning asosiy maqsadlaridan biri jahon bozorida muvaffaqiyatli
2 https://xs.uz/uzkr/post/zhahon-savdo-tashkilotiga-azolik-ozbekistonga-nima-beradi
3
Чэн Вэй. Современный Китай: проблема занятости. // Вестник РУДН, серия
Международные отношения, 2009, № 3. стр.61–
75.
4
https://customs.uz/uz/news/view/6545
5
Бусоедов И. А. Рол Всемирной торговой организации в современном мире // Молодой ученый. – 2017. – № 10 (144). – С.
202–204. https://moluch.ru/archive/144/40286/
6
https://lex.uz/docs/6480161
10
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
faoliyat yuritishda tovarlar va xizmatlarni ishlab chiquvchilar, eksportyor va importyorlarga ko‘mak berishdir.
Tashkilotni jahon iqtisodiyotini mustahkamlash, butun dunyoda savdoni, investitsiyalarni kengaytirish orqali
aholi bandligini va daromadlar o‘sishini ta’minlashga hissa qo‘shish, mamlakatlar orasidagi savdo aloqalarini
rivojlantirish platformasi deb hisoblash mumkin. Xalqaro
savdoni liberallashtirish, savdo bitimlarining odilligini
ta’minlash ham JSTning asosiy funksiyalari qatorida sanaladi.
1995-yildan faoliyatini boshlagan bu tashkilotga ayni vaqtda 164 davlat a’zo hisoblanadi. Statistik ma’lu-
motlarga ko‘ra jahon tovar aylanmasining 95 foizdan ortig‘i tashkilot a’zolari bo‘lgan davlat tomonidan amalga
oshirilmoqda, jumladan, mamlakatimiz tashqi savdo aylanmasining 97 foizi JST davlatlari hissasiga to‘g‘ri kel-
moqda.
JST o‘z maqsadlariga erishish jarayonida a’zo davlatlarda ko‘plab muvaffaqiyatli islohotlar amalga oshiril-
di. Masalan, bojxona to‘lovlari keskin qisqartirildi (sanoatlashgan davlatlar 5% dan 3% gacha, Yevropa Ittifoqi
6,8% dan 4,1% gacha, Aqsh 6,6% dan 3,4% gacha). Ba’zi hollarda sanoati rivojlangan mamlakatlarda bojxona
to‘lovlari butunlay bekor qilindi. Bugungi kunda Yevropa Ittifoqi importining 40% dan ortig‘i bojsiz qayta ishlanadi.
TA H L I L VA N A T I J A D O R L I K
Ayon bo‘lmoqdaki, JSTga a’zolik O‘zbekistonga tashkilotga a’zo davlatlar bilan eng qulay rejim bo‘yicha,
ya’ni pasaytirilgan stavkalar asosida savdo qilish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga O‘zbekistondan ichki
bozorni erkinlashtirish talab qilinadi. JST qoidalariga ko‘ra chegaralarni ochish, bojlar va to‘siqlarni kamaytirish
kerak. Shubhasiz, bunday choralar mamlakatga import oqimini oshiradi. Arzon va sifatli mahsulotlar yetkazib
beruvchi xorijiy ishlab chiqaruvchilar bilan raqobatlasha olmagan milliy korxonalar inqirozga yuz tutishi aniq.
Shu sababli, O‘zbekiston korxonalari nafaqat narx, balki sifat jihatidan ham chet el korxonalari bilan raqobatla-
sha oladigan tarzda samaradorlikka erishishlariga to‘g‘ri keladi.
Har bir davlat uchun JSTga a’zo bo‘lish jarayoni o‘rtacha 10, hatto15–20 yil talab etadi. Masalan, Rossiya
Federatsiyasi 19 yillik kutishlardan keyin 2012-yilda, Qirg‘iziston 1998-yilda, Tojikiston 2012-yilda, Qozog‘iston
2015-yilda a’zolikka qabul qilingan. Ushbu tashkilotga a’zo bo‘lishda shoshilinch ish tutish o‘zini oqlamaydi.
Masalan, Qirg‘iz Respublikasi JSTga 1998-yilda a’zo bo‘lgan, lekin ekspertlar tahliliga ko‘ra bu a’zolik dastlab
kutilgan natijalar olib kelmagan. Chunki, JSTga qisqa muddatda a’zo bo‘lish endi rivojlanayotgan davlatlar milliy
iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi deb bo‘lmaydi. Shuning uchun Rossiya Federatsiyasi JSTga a’zo bo‘lishi
uchun 18 yil tayyorgarlik ko‘rgan va shu vaqt mobaynida o‘z imkoniyatlarini JST talablariga moslashtirib olishga
erishgan.
Ishonch bilan ta’kidlash mumkinki, JSTga a’zo bo‘lish O‘zbekiston uchun ortga qaytmas jarayondir. Zero
Prezident Sh. Mirziyoyev joriy yilda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishi-
da mamlakatimizda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, investorlarga yanada qulay sharoitlar
yaratishni yaxlit
tizim asosida amalga oshirish, tovarlar, xizmatlar, kapital va mehnat bozorlarini yanada erkin-
lashtirish siyosatini jadal davom ettirish, jumladan, dunyodagi ishlab chiqarish zanjirlariga qo‘shilish maqsadi-
da Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish zaruratini alohida ta’kidlab o‘tdi
7
. Davlatimiz rahbari mamlakatimiz-
da paxta tolasi eksportidan to‘liq voz kechilgandan keyin, tayyor kiyim-kechak eksporti 4 baravar ko‘paygani,
to‘qimachilik mahsulotlari eksporti 3 milliard 300 ming dollarni tashkil etgani, 2021-yilda O‘zbekiston GSP+
tizimiga qo‘shilgani natijasida Yevropa bozoriga tayyor mahsulot eksporti 1,5 baravar oshgani haqida to‘xtalib,
kelgusi uch yilda tayyor mahsulot eksporti 2 baravar oshirish rejalashtirilgani, bunga erishishning birdan bir
yo‘li – Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish hamda 164 ta davlat bilan adolatli savdo tizimini yo‘lga qo‘yish va
barqaror bozorlarni yaratish ekaniga urg‘u berdi.
X U L O S A VA TA K L I F L A R
Xulosa qilib aytganda, qator o‘tkir iqtisodiy masalalar hal etilishini talab qilishiga qaramasdan har qanday
holatda ham JSTga a’zolik O‘zbekiston uchun ko‘plab imkoniyatlar taqdim etadi. Ayniqsa, eng avvalo, iste’mol-
chilar manfaatiga xizmat qiladi. Ya’ni savdo to‘siqlari kamaysa, import qilinadigan tovarlar
narxi pasayadi ham-
da import resurslari xom ashyo bo‘lgan mahalliy mahsulotlar narxi ham arzonlashadi. Tovarlar va xizmatlarni
tanlash imkoniyati ko‘payadi. Bu o‘z navbatida bozor uchun kurashda mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsu-
lotlarining sifati ham o‘sib borishiga olib keladi. Qolaversa, eksport bilan shug‘ullanadigan mahalliy korxonalar
uchun xalqaro savdo-maydoniga yo‘l ochilishi tadbirkorlar daromadlarini oshiradi. Demakki, soliq tushumlari
ortadi va davlat byudjeti o‘sib boradi. Ish o‘rinlari soni ko‘payib, aholi turmush farovonligi ta’minlanadi.
Shuningdek, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi natijasida iqtisodiyotimiz lokomotivlaridan biri sanalagan
turizm rivojlanishi, integratsiyalashuv jadallashishi, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyati
ortishi, davlat monopoliyasining qisqarishi kabi ijobiy jarayonlar kechadi.
7 https://president.uz/uz/lists/view/6332
11
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
Biz mazkur jarayonlar kutilganidek samara berishi uchun quyidagi takliflarni ilgari suramiz:
JSTga a’zo bo‘lgan qo‘shni davlatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston iqtisodiyotidagi o‘zgarishlarni
chuqur tahlil qilish orqali milliy iqtisodiyotimiz tarmoqlari uchun alohida rejalar ishlab chiqish zarur.
Tashkilotga a’zolikning dastlabki yillarida – o‘tish davrida alohida sektorlar uchun farq qiladigan shartlar
ishlab chiqish va JST bilan kelishuvga erishish maqsadga muvofiq.
Sug‘urta va moliya bozorlari, bank tizimi uchun alohida rejalar
ishlab chiqilmasa, kelgusida past foizli kredit
liniyalariga ega xorijiy banklar mamlakatimizga kirib kelishi raqobat muhitini kuchaytiradi va milliy banklarim-
izning qiyin ahvolda qolishi ehtimolini oshiradi.
Hududlarda ishlab chiqilgan loyihalarni xorijiy investorlarga taqdimot qilish uchun har bir viloyatda investi-
tsiya forumlarini muntazam o‘tkazib borish va bu jarayonda konsalting kompaniyalari imoniyatlaridan samarali
foydalanish lozim.
Mahalliy agrosanoat majmuasini modernizatsiya qilish dasturlarini qayta ko‘rib chiqish va eksportni rivoj-
lantirish imkonini oshiradigan sohalar va tarmoqlarga ixtisoslashuvni jadallashtirish zarur.
Dostları ilə paylaş: