Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Respublika bo‘yicha
2018-y.
2019-y.
2020-y.
2021-y.
2022-y.
2018-yilga nisbatan 
2022-yilda o‘sish (%)
Soliq organida hisobda turgan soliq 
to‘lovchi XYuS (soni)
891695
900918
1007241 1055590 1185159
132,9
Shundan,
Korxon va tashkilot soni
616720
619958
647118
731536
826728
134,0
foizida (%)
69,2
68,8
64,2
69,3
69,8
hisobda turgan YaTTlar soni
274975
280960
360123
324054
358431
130,3
foizida (%)
30,8
31,2
35,8
30,7
30,2
Manba: Muallif tomonidan Davlat soliq qo‘mitasi rasmiy saytidagi ma’lumotlar asosida tayyorlangan.
Toshkent shahri soliq idoralari hissasiga ma’muriy boshqariladigan soliq va nosoliq daromadlarning eng 
ko‘p qiymati to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda hisobda turgan soliq to‘lovchilarning eng kam soni hamda ma’muriy 
boshqariladigan soliq va nosoliq daromadlarning eng kam summasi Sirdaryo viloyati soliq idoralariga to‘g‘ri 
keladi.
Hozirgi bosqichda soliq organlarining asosiy vazifalaridan biri soliq to‘lovchilarning qonunda belgilangan 
soliqlarni byudjetga to‘liq va o‘z vaqtida to‘lashini ta’minlashdir. Amaliyotda ushbu vazifani bajarish yo‘lidagi 
katta muammo soliq to‘lovchilarda, soliq agentlari va yig‘im to‘lovchilarda soliq qarzdorligining mavjudligidir. 
Soliq va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorlikni kamaytirish ham soliq idoralar faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri 
hisoblanadi. O‘zbekistonda byudjet tizimiga soliq va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorlikning kattaligi davlatning moli-
yaviy resurslari hajmini cheklab qo‘ymoqda. 
O‘zbekistonda soliq va to‘lovlar bo‘yicha viloyatlarda 2021-yilda katta miqdordagi qarzdorlik Qashqadaryo-
da 1 359,5 mlrd. so‘m, Andijonda 314,6 mlrd. so‘m, Toshkent 268,0 mlr.so‘m, Farg‘onada 240,2 mlrd.so‘m, 
Samarqandda 231,0 mlrd.so‘m va Toshkent shahrida 129,0 mlrd. so‘mga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 2022-yilda esa 
Toshkent viloyatida soliq va to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik 2 barbarga oshib, 540,4 mlrd. so‘mni. Toshkent shahri-
da 3,7 barobarga oshib, 488,7 mlrd. so‘mni tashkil etgan. 
2022-yilda faoliyat yuritayotgan 541554 ta soliq to‘lovchilar 45417 ta nazorat tadbirlari o‘tqazilgan. Ushbu 
tadbirlar natijasida 7,2 foizi soliq to‘lovchilarda kameral tekshiruvlar amalga oshirilgan. Kameral tekshiruvlar 
natijasida 1157 ta xavf darajasi yuqori bo‘lgan soliq to‘lovchilarda soliq auditi, 5297 ta soliq to‘lovchida esa 
sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan. Tekshiruvlar natijasida byudjetga qo‘shimcha 13,6 trln.so‘m soliqlar his-
oblangan va huquqbuzarlarga nisbatan 1,4 trln. so‘m moliyaviy jarima qo‘llanilgan.
Umuman olganda, Respublikamiz bo‘yicha 2020–2022-yillarda fuqarolarning 97 % soliq idoralarining xiz-
matini “yaxshi” va “a’lo” deb baholagan.
Baholarning o‘rtacha qiymati quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha quriladi 

umuman xizmatlarning sifati (baho SMS xabardan olinadi);

davlat xizmatlarini ko‘rsatish vaqti;

davlat xizmatlarini olish chog‘ida navbat kutish vaqti;

davlat xizmati ko‘rsatilayotgan vaqtda arizachi bilan muloqot qilayotgan xodimning hushmuomalaligi va 
bilimdonligi (kasb mahorati darajasi);

davlat xizmati ko‘rsatilgan xonadagi sharoitning qulayligi;

davlat xizmatini ko‘rsatish tartibi haqidagi ma’lumotlarning ochiqligi.
Soliq idoralarining soliq to‘lovchilar bilan hamkorligi bo‘yicha ishlardan ko‘zlangan maqsad soliq to‘lovchi-
ning soliq va yig‘imlarni to‘lash borasidagi majburiyatlarini bajarish darajasini oshirish, shuningdek soliq 
to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish va davlat xizmatlarini taqdim etish sifatini oshirishdir. 
Bizning fikrimizcha, davlat soliq xizmati organlari soliq ma’muriyatchiligi natijalarini yuqorida tavsiya etilgan 
asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha baholash tizimidan foydalanish soliq idorlari faoliyatining samaradorligini adolatli 
va haqqoniy baholash imkon beradi. Pirovard natijada bu soliq organlarining reytingiga ta’sir ko‘rsatadi.


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
212
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
Soliq organlari faoliyatining ko‘rsatkichlarini tahlil qilish doirasida quyidagi xulosalarga keldik:
1. O‘zbekiston Respublikasining hududiy soliq orgshanlari subyektlari ma’muriy boshqariladigan daro-
madlar summalari hamda soliq idoralarida hisobda turgan soliq to‘lovchilar soni bo‘yicha bir-biridan 
farq qiladi. Ayni vaqtda faoliyat samaradorligini baholashda soliq organlari mehnatining hajmi inobatga 
olinmaydi, chunki O‘zbekiston Respublikasi viloyatlarida ular har xildir. 
2. Soliq idoralarining soliq qarzdorligini kamaytirish borasidagi faoliyatini tahlil qilish jarayonida O‘zbekis-
ton Respublikasida soliq qarzdorligi sezilarli darajada katta hamda qarzdorligi kam bo‘lgan viloyatlar 
aniqlandi. Bu o‘z navbatida hududlardagi iqtisodiyot rivojlanishining xususiyatlariga hamda viloyatlarda 
soliq idoralarining soliq qarzdorligini kamaytirish borasidagi ishlarining samaradorligi bilan bog‘liq.
3. O‘zbekiston Respublikasining biz tahlil qilgan deyarli barcha viloyatlarida soliq idoralari ishining sifati-
ni ijobiy baholovchi soliq to‘lovchilar ulushi ko‘payib borayotgani kuzatilmoqda. Bu soliq idoralarining 
soliq to‘lovchilarga sifatli davlat xizmati ko‘rsatish borasidagi ish samaradorligidan dalolat beradi. Bun-
da soliq idoralari faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanilishi katta ahamiyatga ega 
bo‘lmoqda.

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin