285
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
foiz marjasi o‘zgarishsiz saqlanib qolgan holda kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari o‘zgarishida ham
depozit foiz
stavkalariga o‘xshash tendensiyaga ega bo‘ladi. Uzoq yillar davomida yig‘ilib kelgan kreditlarga bo‘lgan yuqori
talab so‘nggi 4–5 yilda yuzaga chiqib, iqtisodiyotga kredit qo‘yilmalari hajmining keskin o‘sishida o‘z aksini topdi
va so‘nggi ikki yilda biroz sekinlashgan bo‘lsada, chakana kreditlar bo‘yicha yuqori o‘sish sur’atlari saqlanib
qolmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, aholiga ajratilayotgan kreditlar bo‘yicha nisbatan yuqori foiz stavkalarining
shakllanishiga sabab bo‘lmoqda.
A D A B I Y O T L A R TA H L I L I
K. R. Makkonnell, S. Bryu va K. Eklund inflyatsiyani iqtisodiyotda baholarning o‘rtacha ko‘tarilishi sifati-
da
[2]
. aytishsa. P. Xeyni yesa pulning sotib olish qobiliyatining pasayishi yoki qiymatining yo‘qolishi yekanligini
ta’kidlaydi
[3]
. Mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan, professor Sh. Abdullayeva inflyatsiyaning iqtisodiy mohiyati-
ga: “Inflyatsiya so‘zining iqtisodiy mohiyati –muomalada mavjud bo‘lgan tovarlar va ularning bahosiga nisbatan
ko‘p pul chiqarish degan ma’noni anglatadi” deya ta’rif
beradi
[4]
.
L. Katao va M. Terronza 107 mamlakat bo‘yicha 1960 yildan 2001-yilgacha bo‘lgan davrda inflyatsiya va
byudjet defitsiti o‘rtasidagi bog‘liqlik masalasini tadqiq qilganlar va bu borada mavjud bo‘lgan tendensiyalarni
baholash imkonini beradigan muhim xulosalarni shakllantirganlar. Ana shunday xulosalardan biri, inflyatsiya
darajasi yuqori bo‘lgan mamlakatlarda Davlat byudjeti defitsitining qisqarish sur’ati bilan inflyatsiya darajasi
o‘rtasida bevosita bog‘liqlik mavjud, degan xulosa hisoblanadi. Ushbu xulosa aniq hisob-kitoblarga asoslan-
gan: inflyatsiyaning o‘rtacha yillik darajasi 50 foizga yaqin bo‘lgan mamlakatlarda Davlat byudjeti defitsitining
YaIMdagi salmog‘ini 1 foizli punktga qisqarishi inflyatsiyaning 8,75 foizli punktga pasayishiga olib keladi. Bunda
Davlat byudjeti defitsiti va inflyatsiya o‘rtasidagi sezilarli statistik bog‘liqlik nafaqat yuqori inflyatsiya sharoitida,
balki oqilona inflyatsiya sharoitida ham kuzatildi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, rivojlangan sanoat mamlakat-
larida va inflyatsiya darajasi juda past bo‘lgan mamlakatlarda Davlat byudjeti defitsiti va inflyatsiya o‘rtasidagi
sezilarli bog‘liqlik tadqiqot jarayonida kuzatilmagan. Bu esa, L. Katao va M. Terronzalarning fikriga ko‘ra, quy-
idagi omillar bilan izohlanadi:
●
hukumatga nisbatan ishonchning yuqori ekanligi;
●
markaziy banklar mustaqilligining institutsional jihatdan himoyalanganligi;
●
moliya tizimining rivojlanganligi
[5]
.
G. Xess va Ch. Morrislarning fikriga ko‘ra, baholarning sezilarsiz darajadagi o‘sishi ham iqtisodiy o‘sishga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi
[6]
. Ularning fikriga ko‘ra, baholarning unchalik sezilarli darajada bo‘lmagan o‘sishi ham
inflyatsiya dinamikasidagi noaniqlikni kuchaytiradi. Bu esa, o‘z navbatida, tijorat banklari kreditlari foiz stavka-
sining o‘sishiga olib keladi. Chunki kreditlarning foiz stavkasi o‘zida nafaqat kutilayotgan inflyatsiyani, balki risk
uchun qo‘shimcha ustamani ham aks ettiradi.
Natijada, mamlakatdagi iqtisodiy faollikka va aholining turmush
darajasiga nisbatan kuchli salbiy ta’sir yuzaga keladi.
O‘tkazilgan tadqiqot metodologiyasi: 2021-yilda Markaziy bank operatsiyalarining foiz koridori ±2 foiz
bandgacha kengaytirildi va joriy 14 foizlik asosiy stavka sharoitida overnayt REPO va SVOP operatsiyalari
16 foizdan (asosiy stavka+ 2 foiz) va overnayt depozit operatsiyalari 12 foizdan (asosiy stavka – 2 foiz) amal-
ga oshirilmoqda. Foiz koridorining kengaytirilishi banklarning pul bozoridagi faolligining pastligi (qatnashuvchi
banklar soni va kunlik amaliyotlar hajmining kamligi) va natijada banklar o‘rtasida umumiy likvidlikning qayta
taqsimlanish samaradorligining yetarli darajada emasligi bilan izohlanadi. Xalqaro amaliyotda asosiy stavka
darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan davlatlarda foiz koridorining kengroq bo‘lishi hamda inflyatsiya darajasining
muvozanatlashishi va asosiy stavkaning pasayishi bilan foiz koridorining torayib borishi kuzatiladi. Kengroq
foiz koridorining
joriy etilishi esa, banklarning pul bozoridagi operatsiyalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish (4 foiz
bandlik tafovut) va shu orqali pul bozorida faol ishtirok etishini ta’minlash hamda Markaziy bankning pul-kredit
operatsiyalariga bo‘lgan talabini qisqartirishga qaratilgan.
1-jadval:
O‘zbekiston Respublikasida monetizatsiya darajasi, inflyatsiya va YaIMning o‘sish sur’ati
[7]
Dostları ilə paylaş: